A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Bilim, kunikma, malaka, uquv mahorati



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

4. Bilim, kunikma, malaka, uquv mahorati 
Bilim olish jarayoni kishilik jamiyatida bo‘lgan muhim intilishlardan hisoblanadi.
Insoning hodisa yoki jarayonlar haqidagi tassavurlari bilimga aylanadi va kunikma 
va malakalar uchun zamin bo‘ladi. Bilimlar o‘rganilayotgan asosiy jihatlarni 
mantiqiy ketma-ketlikda qamrab olishi, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va har bir 
o‘rganilayotgan tushunchadagi barcha ahamiyatli jihatlarni ochib berishi, ya’ni 
izchil bo‘lishi lozim. O‘zlashtiriladigan bi limlarning asosiy sifati - ularning 


anglanganlik, tushunilganlik daraja sida ifodalanadi. Ular ning buyum va 
hodisalarni nafaqat tavsiflab bera olishi, balki o‘rganilayotgan dalillarni asoslay 
olishida namoyon bo‘ladi. SHuningdek, bilimlar o‘rganilayotgan buyum va 
hodisalar mazmuni va qarash kulami kengligiga xizmat qiluvchi mukammallikka 
ega bo‘lishi lozim.
Bilimlar adekvat xarakterga ega bo‘lib, jamiyat xayotida, tasdiqlangan moddiy 
borliqni ifodalaydi. Bilimlar qotib qolgan, o‘zgarmas hodisa emas, jamiyat 
hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar ham uzluk siz rivojlanib, 
aniqlanib, chuqurlashib va ba’zan jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, takomillashib 
boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo‘l gan ushbu omilni hisobga 
olgandagina ta’lim mazmunining ilmiyligi ta’ minlanadi. O‘quv predmeti doirasida 
taqdim etiladigan bilimlarni ikki guruxga ajratish mumkin: muvofiq tarzdagi fan 
asoslarini ifodalovchi il miy bilimlar hamda dolzarblik va turg‘unlik jixatidan 
o‘zgaruvchan bo‘lgan axborotlar kurinishdagi mahsuli 31 sifatida yuzaga keladi. 
Bu bilimlarni ng muntazam jamlanishi hozirgi fanning muayyan xolatini 
ifodalovchi de duktiv tizimdagi axborotlar hajmining ortib borishiga olib keladi, le 
kin mazkur fan negizini tashkil qiluvchi bilimlar tizimiga xech qanday o‘zgartirish 
kiritmaydi. Bu xolda yangi ma’lumotlarning faqat bir qismi gina ilmiy 
nazariyaning asosiy xolatlarini o‘zgartirib borish uchun xizmat qiladi. Bunday 
holda bilimlar qanchalik umumlashgan bo‘lsa, ular shunchalik turg‘un xaraktarga 
ega bo‘ladi.
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va 
oliy ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi 
dars mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mahsulot yaratish 
texnologiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali mazmuniga kura 
bilimlarni o‘zlashtiradilar. Urganuvchilarni dars mashg‘u loti mobaynida mavzuga 
oid mahsulot yoki materiallar, ularga ishlov beradi gan moslama va jihoz hamda 
mashinalar, qaralayotgan shu mahsulot yoki mate rialga shu moslama va jihoz 
hamda mashinalar orqali ishlov berish texnolo giyalari haqidagi tassavurlari
ularning o‘zlashtirgan bilimlari bo‘ladi lar. Misol uchun, yog‘och, polimer, metal 
va gazlamalarga ishlov berish jara yonidagi yog‘och, polimer, metal va gazlama 
materiallarini olinishi, ishla tish sohalari, xossa va xususiyatlari haqida, bu 
materiallarga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama va jihozlarni hamda 
mashinalar vazifasi, tuzilishi, ishlatilishi haqida, shu materiallarga shu jihozlar 
bilan sovuq layin, issiqlik bilan, mexanik, ke sib, qirqib, bosim ostida, qulda yoki 
mashinalarda ishlov berishni texnologik usullari haqidagi tassavurlari 
o‘rganuvchilarni o‘zlashtirgan bilimlari hisoblanadi. Aniqrog‘i, sodda qi lib 
aytsak, o‘rganuvchini quliga topshiriq uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan. 


Berilgan yog‘ochni olinishi va ishlatish sohasi, uni xossa va xususiyati, bol g‘ani 
vazifasi, u qanday materialdan tayyorlangani, ishlatish tamoillari, mixni qanday 
materialdan tayyorlangani, nima maqsadda ishlatilishi, qan day ishlatilishi 
haqidagi tassavurlari o‘rganuvchilarni o‘zlashtirgan bilim lari bo‘ladi. Har xil 
o‘rganuvchilarni o‘zlashtirish lari har xil bo‘ladi. 
O‘zlashtiriladigan bilim hosil qilinadigan kunikma va egalanadigan malakalar 
uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Kunikma va malakalarning maz muni va o‘zaro 
nisbati haqida bir qancha yunalishdagi qarashlar mavjud. Didaktikada mavjud 
bo‘lgan an’anaviy nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo‘l sak, kunikma malakadan 
ilgari hosil bo‘ladi va mashq natijasida kunikma malakaga aylanadi. CHunonchi, 
«Pedagogik ensiklopediya»da «Kunikma ishlash ga to‘g‘ri keladigan sharoitlarga 
mos harakatlarni samarali bajara olish» deb ta’riflanadi. Kunikmalar ham amaliy, 
ham nazariy xarakterga ega bo‘ ladi. 
M.A.Danilov kunikmalarni harakatlarni bilish deb, malakani esa hara katning 
ayrim avtomatlashgan qismini ifodalaydi deb yozadi. Kasb maktab lari uchun 
tavsiyanomada kunikmaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: «Kunik ma faoliyatning 
shunday turiki, undagi harakatlar etarli darajada fikrlab avtomatlashuvsiz 
bajariladi, malaka esa avtomatlashgan harakatni ifoda laydi. Ko‘zda tutilgan qar 
qanday operatsiya juda oz o‘ylab amalga oshirila di»4.
K.K.Platonovning fikricha, «Kunikma ilgari shakllantirilgan bilim va malakalar 
asosida hosil bo‘ladi; malaka - bu maqsadli faoliyat davomida uni tashkil etuvchi 
harakatlarni avtomatlashgan holda, unga nisbatan maxsus yu naltirilgan diqqatsiz, 
biroq aqliy nazorat ostida bajarilishidir». Pla tonov o‘z fikrini davom ettirib, shu 
adabiyotning boshqa joyida yana shunday yozadi: Har qanday malaka, bilim va 
kunikmalarni uz ichiga olib, mavjud bi lim va kunikmalar asosida shakllanadi, 
ularni yangi sharoitlarda etishmay digan elementlarini qayta shakllantiradi.
Psixologiya sohasidagi adabiyotlarda kunikma va malakalarga oid quyida gi 
fikrlar bildirilgan: «Maqsadli harakatlarning inson tomonidan qis man avtomatik 
ravishda bajarilishiga malaka deyiladi». So‘ngra «kunikma» atamasi bilan subekt 
ega bo‘lgan bilim va malakalar faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish uchun 
zarur bo‘lgan pedagogik va psixologik harakatlar tizimini ifodalaydi5.
Malakalarni shakllantirish fandan olinadigan bilim va ma’lumotlarni qayta 
ishlash buyicha hamma operatsiyalar tizimini bu ma’lumotni aniqlash, uni 
harakatlar bilan taqqoslashni o‘rganishdir. Subektiv maxsus faoliyat sifatida 
malakalarga mustaqil o‘qitish jarayoni mavjud emas, degan fikrni K.K.Platonov 
tanqid qilib, quyidagicha ta’kidlaydi: «Malakalarga albatta o‘qitish kerak, bundan 


chiqadiki kerakli metodika to‘g‘risida uylash kerak». «Malaka» deb - odamning 
bilim va oddiy tajriba asosida egallagan muayyan harakatlarni ongli bajarish 
qobiliyati tushuniladi. Bilimlar bajarilayot gan harakatlarning nazariy asosidir. 
Bilimlar tufayli harakatlarning ay rim davrlari va ularning ketma-ketligi tushunarli 
bo‘ladi. Har qanday ma lakalarni egallash bilimlarga asoslangan aniq faoliyat, 
amaliyotni talab qiladi, ularsiz umuman malakalar bo‘lishi mumkin emas. 
Malakani psi xologik asosi deganda faoliyat maqsadi, sharoit va uni bajarish 
usullari orasidagi o‘zaro aloqadorligi tushuniladi. Bundan shu xulosa kelib chi 
qadiki, malaka bilimlarga tayanadi. Bilimsiz malaka yo‘q. Kunikma va mala 
kalarni shakllantirish jarayoni ilmiy tadqiqot ishlarida turlicha talqin qilingan. 
Ko‘pchilik adabiyotlarda kunikma va malakalarni shakllantirish jarayoni 
quyidagicha qabul qilingan:
BILIM - KONIKMA - MALAKA
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u bizni ng 
fikrimizcha ilmiy jiqatdan ko‘pchilik olimlar tomonidan asoslab beril gan. Demak: 
«Kunikma - harakatlarni samarali bajarish imkoniyatidir; kunikma ma’lum 
darajada fikrlab bajariladigan harakatlar; kunikmalar – qandaydir harakatni yangi 
sharoitlarda bajarish usulidir; kunikma – murak kab tizimli psixik va amaliy 
harakatlarni egallashdir»6.
K.K.Platonovning kunikma va malakalarni shakllantirish jarayonini ketma-
ketligi buyicha fikrini davom ettirib, bilim, kunikma va malakalar o‘zlashtirilib, 
shaklanib borib oxirida uquv mahoratiga aylanishi va priovardida urganuvchini 
tuplangan tajribasini hosil qiladi deb aytishi miz mumkin. Natijada 
K.K.Platonovning shakllanish ketma-ketligi qo‘yida gi kurinishda bo‘lishi 
mumkin:
BILIM - KUNIKMA - MALAKA – MAHORAT - KASB TAJRIBASI 
Umumkasbiy hamda umumtexnologiya bilim va kunikmalarni shakllantirish 
metodikasiga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, shuningdek, yoshlarni 
texnologiya faoliyatiga tayyorlashda ularning hal qiluvchi ahamiyatiga doir kuplab 
ishlar nashr etilgan, qimmatli ma’lumotlar va nazariy xulosalar jamlangan. Biroq, 
bozor munosabatlari qaror topayotgan bir sharoitda tex nologiya bozorida yuzaga 
keluvchi keskin raqobatga bardoshli, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta 
o‘zlashtirgan, yuqori kunikma hamda malakaga ega, muayayn vaziyatlarni to‘g‘ri 
baholay oluvchi, shuningdek, ushbu vaziyatlarda muvaffaqiyatli harakatni tashkil 
etish layoqatiga ega mutaxassislarni tay yorlash borasida hal etilishi zarur bo‘lgan 
muammolar o‘zining tulaqonli echimiga ega bo‘la olgani yo‘q. Darhaqiqat, 


bo‘lajak mutaxassisning chuqur bi lim va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga 
ega bo‘lishi ma’lum muta xassislik fani asoslari borasida unga etarli nazariy va 
amaliy bilim larni berish hisobiga kechmaydi. SHu bois bulajak mutaxassisni 
tayyorlash da o‘quv va mutaxassislik fanlarni o‘qitish jarayonida fanlararo 
aloqador lik, nazariya va amaliyot birligi, nazariy bilim, shuningdek, amaliy kunik 
ma va malakalarning dinamikasini inobatga olish, ta’lim jarayonida yangi 
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishga qaratilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Insonning jamiyatda tutgan o‘rnini belgilash muammosi sharq mutafak 
kirlarining doimiy diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammolarni hal qilish yo‘llari 
insonning ma’naviy rivojlanishi to‘g‘risidagi tarixiy asarlarda, jumladan sharq 
mutafakkirlari va ularning falsafiy me’rosida keng yoritilgan. SHarq mutafakkirlari 
o‘zlarining ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi asarlarida barkamol insonni 
shakllantirish masalasini baxtga erishish uchun sharoit yaratish g‘oyasi bilan 
bog‘laganlar. Qomusiy olimlar insonning shakllanish jarayonini uning aqliy, 
axloqiy, jismoniy va estetik rivojla nishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda qaraganlar.
Mutaxassislarni bulajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda umummutaxassis lik va 
umumtexnologiya bilim va kunikmalar muhim ahamiyatga egadir. SHu sababli 
K.K.Platonov, V.Txorjevskiy, U.Nishonaliev va boshqalarning tex nologiya psixo 
logiyasi to‘g‘risidagi; A.I.Vorobev, S.Y.Batishev va boshqalar ning texnologiya va 
kasb ta’limi didaktikasi hamda metodikasi borasidagi ilmiy izlanishlari diqqatga 
sazovordir. 7 Nishonaliev U.N. Formirovanie lichnosti uchitelya trudovogo 
obucheniya: problemi i perspektivi. – T.: FAN, 1995. – 85 b.
SHu paytgacha kunikma va malakalar muammosi pedagoglar, psixologlar, fizi 
ologlar tomonidan, turli ilmiy guruhlar va ilmiy maktablar tomonidan tadqiq 
qilinar edi. SHu sababli bu boradagi ilmiy ma’lumotlar ma’lum ma’noda tarqoq 
holda yig‘ilgan. Lekin, tadqiq etilayotgan muammoning turli qirralarini hal 
qilishning navbatdagi bosqichlarida ular faoliyatini umumlashtirish talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalarning umumtexnologiya bilim va 
kunikma hamda malakalarini shakllantirishda mustaqil ta’limni samarali tashkil 
etish ijobiy natijalar berishi mumkin. 
YUqoridagi keltirilgan olimlar va tadqiqotchilarni kunikma va mala kalarga 
berilgan ta’riflarini umumlashtirgan holda oldin kunikmaga sungra malaka va uquv 
mahoratini mazmuniga tavsivnoma berishga harakat qilamiz.
Kunikma - insonni o‘zlashtirilgan bilimlari asosida hosil qilina digan etarli 
darajada fikrlab, murakkab tizimli aqliy psixik va amaliy harakatlarni yangi 


sharoitlarda samarali bajarish usullar majmuasiga asos langan faoliyat hisoblanadi. 
O‘zlashtiriladigan bilimlar xosil qilinadi gan umum kasbiy va umumtexnologiya 
kunikmalari uchun asos bo‘lib xizmat qi ladi. Kunikma dastlab amaldagi aqliy 
nazorat ostida bajariladi. SHartli reflektor aloqalari mustaxkamlangach, ushbu 
nazorat susayib boradi. SHunga kura aytish mumkinki, inson faoliyatidagi 
kunikma ma’lum darajadagi aq liy nazorat ostida amalga oshiriladi. Bu esa 
kunikmaning, o‘z navbatida psi xologik pedagogik moxiyatini anglatadi. 
Individual xarakatlarida mashq lar natijasida shunday xolat yuzaga keladiki, bunda 
xarakatning bajarili shida aqliy nazorat talab qilinmaydi, faoliyat avtomatik tarzda 
bajarila di, natijada kunikma malakaga aylanadi28. Insondagi ilgaridan mavjud 
bo‘lgan umumkasbiy bilim va kunikmalarga yangilarining qo‘shilishi nati jasida 
murakkab kunikmalar shakllanadi. Masalan, avtomobilni boshqarish kunikmasi, 
xususan mashina eshigini pedallarini bosish va bushatish, uzat malar sonini 
almashtirish va uchirish, faralarini ulash, rul chambaragini boshqarish kabi kuplab 
elementar kunikma va aloqalarni qo‘shilishi nati jasida takomillashadi. SHartli 
reflektor aloqalarining mustaxkamlanib borishi bilan ba’zi kunikmalar tezkorlik 
bilan malakalarga aylanib bo radi. 33
Kunikma tushunchasini sodda qilib, texnologiya ta’limi yunalishi buyi cha 
tushuntirishda oldin keltirilgan bilimlarni tushuntirishda qaralgan dars 
materiallaridan foydalanamiz. 
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy 
ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi dars 
mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mahsulot yaratish texno 
logiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali mazmuniga kura o‘z kunikma 
larini hosil qilishadi. Urganuvchilarni dars mashg‘uloti mobaynida mavzuga oid 
mahsulot yoki materiallarni ishlatish sohalariga muvofiq farqlash, taqqoslash, ish 
latish joyiga nisbatan muvo fiqini tanlash, shu mahsulot va materiallarga ishlov 
beradigan moslama va jihoz hamda mashinalarni vazifasi, tuzilishi,ishlatilish tamo 
illariga kura farqlash, taqqoslash, ularni ishlov berish mohiyatiga kura muvofiqini 
tanlash, qaralayotgan mahsulot yoki materiallarga shu moslama va jihoz ham da 
mashinalar orqali ishlov berishning texnologik usullarini turlari, od diy yoki mura 
kabligi, ishlov berish ususlarni afzalligi va kamchiliklari, ishlov berish usullarini 
muvofiqini tanlash buyicha urganuvchilarni yaku niy xulosaga kelishlari ularda 
kunikmalarni hosil bo‘lishini anglatadi. Misol uchun, yog‘och, polimer, metal va 
gazlamalarga ishlov berish jarayonidagi yog‘och, poli mer, metal va gazlama mate 
riallarini olinishi, ishlatish soha lari, xossa va xususiyatlari buyicha farqlash, taq 
qoslash, mahsulot tayyorlash uchun muvofiq mahsulot yoki material tanlash, bu 
mate riallarga ishlov be rishda ishlatiladiganmoslama, jihozlar va mashinalarni 


vazifasi, tuzi lishi, ishlatilishi buyicha farqlash, taqqoslash, yangi mahsulot tayyor 
lashda ulardan eng muvofiqini tanlash, berilgan mahsulot yoki materiallarga shu 
jihozlar bilan sovuqlayin, issiqlik bilan, mexa nik, kesib, qirqib, bosim ostida, qul 
da yoki mashinalarda ishlov berishni texnologik usullarini farq lash, saralash, taq 
qoslash, muvofiq usulini tanlash buyicha o‘rganuvchilari ning muvofiq qarorga va 
natijaviy xulosa larga kelishi ularda mahsulot yaratish buyicha ortirgan amaliy 
bilimlari ularning o‘zlarida hosil qili nadigan kunikmalar hisoblanadi. Boshqacha, 
sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, o‘rganuvchini quliga o‘quv topshirig‘ida ama 
liy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan. Berilgan yog‘ochni olini 
shi va ishlatish sohasi, xossa va xususiyati buyicha farqlash, taqqoslash, saralash, 
ishlatish uchun mu vofiqini olish, shuningdek bolg‘ani vazifasi, u qanday material 
dan tayyor langani, ishlatish tamoillari asosida farqlash, taqqoslash, saralash, mix 
ni qanday materialdan tayyorlangani va nima maq sadda ishlatilishi hamda qanday 
ishlatilishi buyicha farqlash, saralash, taqqoslash orqali eng muvofiqi ni tanlash 
buyicha tuplangan tajribalari asosida qabul qilgan natijaviy xulosalari ularda
hosil bulgan va shakl langan kunikmalari bo‘ladi.
Pedagogik ensiklopediyada ―malaka yuqori darajadagi harakat sifatida ta’rif 
lanadi‖. Ushbu bosqichda harakatlar avtomatlashadi, aqliy boshqaruv bir daraja 
kamayadi. Malaka amaliy faoliyatini shu qadar tez bajarilishi dirki, bunda harakat 
o‘z-o‘zidan amalga oshirilayotgandek bo‘ladi.
Malakalar quyidagicha ta’riflanadi: «Malaka - yuqori o‘zlashtirilganlik daraja 
siga ega bo‘lgan harakatlar majmuasidir; malaka - mashqlar natijasida mustah 
kamlangan harakat usulidir,malaka bilim va kunikmalar zami nida shakllanadi. 
Inson faoliyatining turli-tumanligi va u qo‘llaydigan umumkasbiy hamda 
umumtexnologiya bilim va kunikmalarining xususiyatini xisobga olib, didaktikada 
―kunikma‖ va ―malaka tushunchalari pedagogik, psixologik xamda ijtimoiy-
tarixiy ma’nolarda qullaniladi. Bu shunday izoxlanadiki, birinchidan, talaba 
psixologik pedagogik ta’sir obekti hi soblanib, bu ta’sir natijasida egallangan 
bilim, umumkasbiy hamda umum texnologiya bilim va kunikmalar ta’sirida 
ijtimoiy axamiyatli malakalar shaxsning u yoki bu extiyojlarini qondirish uchun 
xizmat qiladi27. Malaka ning psixologik asosi, bir tomondan, faoliyat maqsadida, 
ikkinchi tomondan ushbu faoliyatining dastlabki xolat bilan o‘zaro aloqasida 
ifodalanadi. Malakalar shakllanishida mashqlarni vaqt buyicha taqsimlash muhim 
ahami yatga ega bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida uzluksiz bajariladigan mashqlar nati 
jasi toliqish tufayli kutilgan samarani bera olmaydi. Demak, mashqlarni boshqa 
turdagi ishlar va dam olish bilan almashtirib olib borish lozim. 35 Texnologiya 
ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy ta’limning 
texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlarda texnolo giya ta’limi dars 


mashg‘ulotlarida mahsulot va material larga ishlov berib mah sulot yaratish 
texnologiyasi buyicha utilayotgan mav zuni dars materiali maz muniga kura o‘z 
malakalari shakllanadi. Urganuv chilarni dars mashg‘u loti mobaynida mavzuga 
oid mahsulot yoki materiallarga aniq ishlov bera digan moslama va jihoz hamda 
mashinalar bilan ishlov berishining texno logik usullari orqali ishlov bera olishlari
ularda shakllangan malakalar hisoblanadi. Misol uchun, yog‘och, poli mer, metal 
va gazlamalarga ishlov be rish jarayonidagi yog‘och, poli mer, metal va gazlama 
materiallariga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama, jihozlar va ma shinalar bilan 
ishlov be rishningqaysidir bir usulida bajarish jarayonidagi bajarish harakatla rini 
ravon va sifati buyicha ularda shakl langan malakalar hisoblanadi. Boshqacha, 
sodda qilib tushuntiradigan bo‘l sak, o‘rganuvchini quliga o‘quv topshirig‘ida 
amaliy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan. Beril gan yog‘ochga 
bevosita mixni olib qoqish jara yonidagi harakatlarni aniq va ravon hamda sifatli 
bajarilishi ularda shakllangan malakalar bo‘ladi. 
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy 
ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi dars 
mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mah sulot yaratish texno 
logiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali maz muniga kura o‘z uquv 
mahoratlariga ega bo‘ladilar. Urganuvchilarni dars mashg‘uloti mobaynida mav 
zuga oid mahsulot yoki materiallarga aniq ishlov beradigan moslama va jihoz 
hamda mashinalar bilan ishlov berishining tex nologik usullari orqali mahsulot 
yaratish jarayonini tez-tez mashqlar asosi da qaytarilishi natijasida ularda o‘quv 
mahoratlari tuplanib boradi. Ma’ lum bir vaqtdan keyin o‘rganuvchi mahsulot 
yaratishning shu operatsiyasi bu yicha uquv mahoratiga ega bo‘ladi. Misol uchun, 
yog‘och, polimer, metal va gaz lamalarga ishlov berish jarayonidagi yog‘och, 
polimer, metal va gazlama mate riallariga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama, 
jihozlar va mashinalar bilan ishlov berishusullarida bajarish jarayonidagi harakat 
larni mashq lar asosida kup marotaba qaytarilishi ularning uquv mahoratlariga ega 
bo‘ lishiga olib keladi. Boshqacha, sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, o‘rganuv 
chini quliga o‘quv topshirig‘ida amaliy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a 
berilgan. Berilgan yog‘ochga bevosita mixni olib qoqish jarayonidagi hara 
katlarni mashqlar asosida kup marotaba aniq va ravon hamda sifatli qayta rilishi, 
bu jarayonda tuplangan tajribalarb ularda egalangan uquv mahora ti bo‘ladi.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish