tamoillari, uslublari va o‘quv jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni
o‘rganadi.
Didaktika termini dastlab nemis pedagogi Volfgang Ratke(Ratixiya) (1571-1635)
tomonidan o‘qitish san’atini ifodalovchi tushuncha sifatida ishlatilgan. XVII asrda
chex pedagogi YA.A.Komenskiy ham shu fikrni davom etirib, “hammani barcha
narsalarga o‘qitish, o‘rgatish universal ma’ati” deya talqin etgan. U “Buyuk
didaktika” asarida (1657-yil) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqqan.
XIX asr boshlarida nemes pedagogi I.F.Gerbart didaktikaga ta’lim olishni
tarbiyalovchi yaxlit nazariya tarzida qaragan.
Didaktika XIX asr o‘rtalaridan boshlab pedagogikaning alohida sohasi sifatida
o‘rganila boshlandi. O‘zbekistondadastlab jadid maktablarida didaktikaning
tamoillarini ishlab chiqishga harakat qilingan.
Mamlakatimizda didaktikaga tarbiyadan alohida qaralmaydi. U yoshlarni
tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. YOshlarga ta’lim
berish jarayoni jamiyat taraqiyoti, fan – texnika tarraqiyoti, jamiyatning o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadi bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni,
maqsadining o‘zgarishi didaktika tamoillari, uslublari va tashkiliy shakllarini ham
o‘zgarishiga, rivojiga sabab bo‘ladi.
Barcha fanlarni o‘rganishda didaktik tamoillar muhim urin tutadi. Didaktik
tamoillar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoillarga
o‘qitish va o‘qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur. Ular bir-biriga
bog‘lanib ketadi, o‘qitish va o‘qish jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha
qoidalar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan.
Tarbiya bilan chamchars bog‘liq ta’lim jarayoning tashkil etishiga asos bo‘ladi gan
etakchi qoidalar didaktik tamoillar hisoblanadi.
Har qanday fanlar di daktik
tamoillar asosida o‘qitiladi. Didaktik tamoillarga ta’limning tar biyalovchi
xarakteri, ilmiylik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, tizi miylik va izchillik,
kursatmalilik, onglilik va faollik, tushunarlilik,
na munalardan foydalanish,
bilimlarni qo‘llash,bilimlar, o‘quv topshiriqlarini va o‘quvchilarga tushunarli
bo‘lishi va ularning imkoniyat qurbi etadigan buli shi, kunikma va malakalarni
egalashning puxtaligi,natijalarni mustahkamlash kabilar kiradi. Didaktik tamoillar
o‘zaro bog‘liqdir. SHu sababli har bir aniq mashg‘ulotni utkazishda bir yula qator
didaktik tamo illarning talablarini hisobga olish va ular ning kompleks amalga
oshishi uchun sharoit yara tish kerak. Masalan, agar o‘quvchilar ta’limga nisbatan
ong li va faol munosabatda bo‘lsa lar, ta’limning ilmiylik saviyasini ta’minlash
oson bo‘ladi, aksincha agar ta’ limda ilmiylik tamoili ta’minlansa, talabalar
onglilik va aktivligiga oson erishish mumkin bo‘ladi. Agar nazariyani o‘rganish
amaliyot bilan uzviy bog‘lab olib borilsa, ta’limda kursatmaliylikni ta’minlash
uchun sharoitlar yaratila di, aksincha, ta’limda kursat malilik amalga oshirilsa,
nazariyani amaliyot bi lan bog‘liqligi tamoili ham amalga oshiriladi. Hamma fanlar
uchun didaktik tamoillar umumiydir, ammo har bir aniq holda ularni qullash o‘z
xususiyatla riga ega. Jumladan, oliy ta’limda meh nat ta’limi yunalishi buyicha
mutaxas sislik fanlarini ularga xos didaktik tamoillarning xususiyatlari
asosida
o‘qitiladi.
Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarini
o‘qitish didaktikasining asosiy tamoyillari qo‘yidagicha izoh lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: