A n V a r c h o r iy e V


Локк Дж. Педагогические сочинения. М., 1939. 126, 203-betlar.  Oksha asar, 1 1 2 —1 1 3-betlar. Локк Дж



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Локк Дж.
Педагогические сочинения. М., 1939. 126, 203-betlar. 
Oksha asar, 1 1 2 —1 1 3-betlar.
Локк Дж.
Сочинения. В трех томах. Том 1. М., 1985, 412-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni qabul qilishning zaruriy natijasidir. Ingliz mutafakkiri har 
bir kishining xususiy manfaatini huquqiy normalar himoya qilishi 
zarurligini alohida ta’kidlaydi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib shuni ishonch bilan 
aytish mumkinki, Jon Lokk Yevropada ma’rifatparvarlik g'oyalarini 
shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi. Uning vatani Angliya esa 
Yevropada ma’rifatparvarlik g‘oyalari vatani bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, XVII asr ingliz faylasuflari Frensis Bekon, 
Tomas Gobss, Jon Lokk asarlarida inson borlig'ining nafaqat 
tabiiy, balki ijtimoiy tomonlari ham har tomonlama tahlil qilindi. 
Ingliz mutafakkirlarining inson to‘g‘risidagi progressiv fikrlari- 
dan biri — barchaning tengligi, insonning grajdanlik huquqlari 
haqidagi mulohazalaridir. Shuningdek, inson farovonligi, baxt- 
saodatini ta’minlovchi jamiyat qurish haqidagi orzulari, bunday 
xayrli ishga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy illatlarning fosh qilinishi 
diqqatga molikdir.
XVII 
asr ingliz faylasuflarining barkamol inson to‘g‘risidagi 
qarashlarining Fransiyada targ‘ibot va tashviqot qilinishida fransuz 
ma’rifatparvarlaridan Fransua Mari Arue Volter va Etenna Bonno 
de Kondilyakning (1715— 1780-y.) xizmatlari yuksak bo‘ldi.
Jon Lokk qarashlarining jonkuyar targ‘ibotchisi Volterning1 
fikriga ko‘ra inson — ijtimoiy mavjudotdir. Insonning ijtimoiy 
mavjudot bo‘lishiga sabab, u hamisha odamlarning turli jamoa- 
lari orasida faoliyat ko'rsatadi. Shunday ekan, odamlar hamisha 
bir-birlari bilan teng bo‘lmoqlari zarur deb hisoblaydi. Tenglik 
deganda Volter, birinchi galda, kishilaming siyosat, qonun va 
huquq oldidagi tengliklarini tushunadi. Lekin u ijtimoiy va mulkiy 
tengsizlikni jamiyatning normal rivojlanishi va ijtimoiy muvoza- 
natini saqlab turuvchi asos, deb bilar edi.
Volterning fikriga ko‘ra, inson jamiyatdan tashqarida yashay 
olmaydi. Shuning uchun ham odamlar azal-azaldan jamoa bo‘lib 
yashashga intilganlar. Xuddi o‘sha intiiish odamning inson dara-

Mashhur fransuz adibi, publitsisti, faylasufi Fransua Arue Volter 1694-yilda 
tavallud topgan. BoshIang‘ ich ma’lumotni Parijda olgan. Uning falsafiy qarash­
larini shakllanishida Angliya ma’ rifatparvarlarining ta’siri kuchli bo‘ lgan. 1726— 
1729-yillarda Angliya bo‘ylab safar qilgan. 1734—1749-yillarda Lotarengiya yaqini­
dagi Sireda qal’asida yashagan. 1770—1773-yillarda Prussiya qiroli Fridrix 11 saroyida 
xizmat qilgan. 1758-yildan e’tiboran Shveytsariyada yashagan. 1694-yil Parijga qaytib 
kelgan va oradan ko‘p vaqt o‘tmay vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


jasiga ko‘tarilishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Insonning jami- 
yatdan ajralib qolishi uning ruhiy-ma’naviy tubanlashishiga olib 
kelgan. Jamiyatdan ajralib, yakka yashagan odamda, tuigan gapki, 
fikrlash qobiliyati ham bo'lmaydi, degan fikr-mulohazalarni 
bayon qilishi bilan fransuz mutafakkiri Volter ba’zi birovlar- 
ning, go‘yo odam aslida alohida yashash uchun tug‘ilgan, ja­
miyat ulaming haqiqiy tabiatini buzib yuborgan, degan bema’ni 
fikr-mulohazalariga zarba beradi.
Volter, inson ongi va shuurida Xudo to‘g‘risidagi tasawurlar 
qanday paydo bo'lganligi to'g'risida fikr-mulohaza yuritib, odam 
tug'ilgan vaqtida uning ongida Xudo to'g'risida hech qanday 
tasawur bo'lmaydi. Insonning umri o‘tishi bilan, unda Xudo 
to‘g‘risida tasawur hosil bo'ladi, degan g'oyani har tomonlama 
isbotlashga harakat qildi1.
Volter inson erkin bo'lmog'i zarur deb hisoblaydi. Lekin 
erkinlikni sof abstrakt, huquqiy va siyosiy ma’noda tushunar 
edi. Uning e’tirof etishicha, erkinlik deganda birinchi galda, 
ozodlikni tushunmoq zarur. Odamlarga ko'proq so'z erkinligi 
berishni talab qilar edi. Uning fikriga muvofiq, insonning ozodli- 
gi, erkin bo'lishi — mavjud tuzumga, o'sha tuzumni oqilona 
boshqarishga bog'liq. Volterning fikricha, oqilona davlat tuzumi 
tepasida ma’rifatli monarx (podshoh) turishi lozim.
Inson to'g'risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga munosib hissa 
qo'shgan XVIII asr fransuz ma’rifatparvar faylasuflaridan biri 
Jan Jak Russodir2. U odamlarning nasl-nasabidan qat’iy nazar, 
ulaming tengligini yoqlab chiqdi. O'z ijodining dastlabki payt- 
larida jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizlikning sabablarini 
fan va madaniyatning taraqqiyotidan izladi. Uning tushunti­
rishicha, fan taraqqiyoti odamlarning axloqiy qiyofasiga salbiy 
ta’sir etadi. Russo fan va madaniyatning rivojlanishi insoniyatga
Qarang: Вольтер. Бог и люди. В двух томах. Том 1. М., 1961, 549-bet.
Mashhur fransuz faylasufi, adibi, dramaturgi, inqilobchi Jan Jak Russo 
17 12-yilda Jenevada soatsoz oilasida tug‘ilgan. 0 ‘z kasbini tez-tez o‘zgartirib tur- 
ganligi uchun muntazam ta’lim ololmagan. 174 1-yilda Parijga kelgan. Didro tashkil 
etgan ensiklopediya ishida faol ishtirok etgan. 1762-yilda Shveytsariyada, 1766— 
1767-yillarda esa Angliyada yashagan. Uning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari 
«Odamlar o‘ rtasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohazalar» 
(1755-y.), «Ijtimoiy shartnoma» (1762-y.), «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida» (1762- 
y.) asarlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


biror yaxshilik olib kelmaydi, degan g'oyani olg'a surgan 
bo'lsada, turmushdagi turli ijtimoiy muammolar, ayniqsa, 
huquqsizlik ildizlarini boshqa jabhadan, ya’ni ijtimoiy taraqqiyot- 
dan qidirdi. Kundalik turmushda mavjud bo'lgan salbiy illatlar- 
ning manbai — ijtimoiy tengsizlikdir. Ijtimoiy tengsizlik esa, 
Russoning ta’kidlashicha, mulkiy munosabatlardagi notekislik- 
lardan kelib chiqadi. Odam bolasi tug'ilgan vaqtda hammasi 
teng bo'lib tug'iladi. Tengsizlik insonning umri o'tishi bilan 
vujudga keladi.
Russoning tushuntirishicha, ijtimoiy tengsizlik uchta asosiy 
bosqichda sodir bo'ladi. Mulkiy tengsizlik, xususan, boylar va 
kambag'allaming paydo bo'lishi — ijtimoiy tengsizlikning bir­
inchi bosqichidir. Tengsizlikning ikkinchi bosqichi — davlatning 
vujudga kelishi bilan bog'liq. Chunonchi, boylar hamda 
kambag'allar tinchlik va adolatni ta’minlovchi kafolat sifatida 
davlatni vujudga keltiruvchi shartnoma tuzadilar. Shunday qilib, 
boylar va kambag'allar orasidagi tengsizlik yangi bosqichga 
ko'tariladi va hukmdorlar bilan tobelar orasidagi tengsizlikka 
aylanadi. Tengsizlikning uchinchi bosqichi — qonuniy hokimi- 
yatning hokimi mutlaqqa aylanishi bilan sodir bo'ladi. Agar, 
awalo, xalq davlat va uning qonunlari yordamida aldangan bo'lsa, 
endi zo'ravon hokimiyat qonunni ham, xalqni ham aldaydi. 
Tengsizlikning bu bosqichi, o'z navbatida, yangi tengsizlikni 
vujudga keltiradi — zo'ravon hokimiyatga nisbatan barcha odam­
lar o'zlarining huquqsizliklari bilan barobar bo'ladilar. Russo 
tengsizlikning sababini, bir tomondan, mulkning notekisligidan 
qidirsa, ikkinchi tomondan, odamlarning bir-birlari bilan bog'liq 
ekanligidan qidiradi1.
Jan Jak Russo turmushdagi ijtimoiy tengsizlikning, xuro- 
fotning ildizini quritishning eng muhim yo'li tarbiya deb biladi. 
Tarbiya yordamida kundalik turmushda ijtimoiy o'zgarish yasamoq- 
chi bo'ladi. Uning tushuntirishicha, tarbiya jarayonida tarbiya- 
lanuvchida uch muhim omilning: tabiat, odamlar va jamiyat 
ta’siriga alohida e’tibor bermoq lozim. Tarbiya jarayonida har bir 
omilning o'ziga xos funksiyasi borligini unutmaslik lozim. Chu-
История философии. В кратком изложении. Пер. С чеш. И.И.Богоута. 
М., 1991 , 438-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


nonchi, tabiat tarbiyalanuvchidagi qobiliyat va hissiyotni rivo- 
jlantiradi, odamlar undan qanday rivojlanishni o‘rganadilar, 
predmetlar va voqealar tajribalarini boyitadi. Ulaming hammasi 
birgalikda tarbiyalanuvchining tabiiy rivojlanishiga olib keladi. 
Tarbiya beruvchining vazifasi — ushbu omillaming uyg‘unlashuvini 
ta’minlashdir.
Russo tabiiy tarbiya deganda, tarbiyalanuvchilarning yosh- 
larini hisobga olgan holda tabiat bag'rida tarbiyalanishini tushu­
nadi. Tabiat tarbiyalanuvchilarni jismonan baquwat qilishi, his­
siy organlaridan foydalana bilishni o'rgatishi, erkin rivojlanishini 
ta’minlashi darkor. Tabiiy tarbiya harakat jarayoni bo‘lmog‘i va 
bunday jarayonni tashkil qilishda, albatta, tarbiya oluvchilar- 
ning ehtiyojlari va moyilliklari hisobga olinishi lozim. Shuningdek, 
ushbu jarayon ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashini ham unutmas- 
lik lozim. Russo insoniy fazilatlaming shakllanishida kishining 
mustaqil hayotiy tajribasi katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. 
Bunday tajriba insonda 25 yoshlar atrofida to‘planishi mumkin. 
Uning fikricha, xuddi shu yoshda inson erkin shaxs sifatida 
kamol topadi va jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylanadi.
Jan Jak Russoda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g'oyalar inson shaxsi 
shakllanish jarayoni va uning mohiyati, muammolari bilan 
uyg'unlashib ketgan. Insondagi «tabiiylik» bilan «fuqarolik» (ijti- 
moiylik — A.Ch.) uyg'unlashuvi muammolarini yechishga harakat 
qilgan fransuz mutafakkirining ta’kidlashicha, insonning tabiiy asosi 
jamiyatdan ma’lum darajada ziyon ko'rgan bo'lsada, ijtimoiy muhit 
insonning ikkinchi fuqarolik tabiatini shakllantiradi. Mabodo, jami­
yatda axloqsizlik hukmron bo'lsa, insonning ikkinchi fuqarolik tabi­
atida ziddiyatlar vujudga keladi va uni badbashara qiladi1.
Inson tabiatini o'zgartirish mumkinligi to'g'risidagi yangi 
fikrlar nafaqat fransuz ma’rifatparvarlari, balki XVIII asr fran­
suz mexanik — naturfilosoflarining qarashlarida ham o'z ifoda­
sini topdi. Uning namoyandalari inson tabiatini o'zgartirishda 
ijtimoiy shart-sharoitlarning rolini tahlil qildilar. Fransuz me­
xanik—naturfilosoflari inson bilan jamiyat, individ bilan madani­
yat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini o'rganishga alohida 
e’tibor berdilar.


Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish