Fransuz mexanik naturfilosoflariga xos xususiyatlardan biri —
inson muammosini o'rganishga mexanik yondashuv edi.
Bunday
yondashuvni Jyulen Ofre de Lametrining1 «Inson-mashina» (1747-
y.) asarida ko'rish mumkin. Uning ta’kidlashicha, «inson shun
day murakkab mashinaki — u haqida o'zingcha aniq tasawur
hosil qilib va undan so'ng aniq ta’rif berib bo'lmaydi»2. Inson
qalbini esa moddiylik deb tushunadi. O'sha moddiy qalb — tirik
organizmni harakatga keltiruvchi kuch, deb hisoblaydi.
Inson va
hayvon o'rtasida faqat miqdoriy tafovut mavjud, xolos. Chunon
chi, ular miyalarining hajmi va tarkibi turlichadir, deb ta’kidlaydi.
Lametrining fikriga ko'ra, inson tanasi bamisoli soat mexa-
nizmidek o'zi harakatga keluvchi mashinaga o'xshaydi. Tashqi
olam inson miyasi ekranida o'z aksini topadi. O'sha aks, o'sha
sadoni o'rganayotganda,
olamdagi barcha hodisalar, voqealar-
ning yagona moddiy substansiyasi borligini unutmaslik darkor.
O'sha yagona moddiy substansiyaga xos eng muhim xususiyat
sezish va fikrlashdir. Bunday holatni tashqi olamning inson
miyasiga ko'rsatgan ta’sirida, o'sha ta’sir ostida shakllangan turli
qobiliyatlami, malakalami o'zida mujassamlashtirgan «yagona tana
sida» yaqqol ko'rish mumkin.
Fransuz ma’rifatparvarining e’tirof
etishicha, inson hayvon-
dan o'zining ehtiyojlarining ko'pligi, o'sha ehtiyojlarni aql-za-
kovat yordamida boshqarish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib
turadi. Shuning uchun ham, inson tanasidagi
ehtiyojlarni boshqara
bilish qobiliyati «aqlning mezoni» bo'lib xizmat qiladi.
XVIII
asrning mashhur faylasuflaridan biri Klod Adrian
Gelvetsiy3 inson tabiatini o'zgartirishga doir fikrlarini o'zining
Mashhur mexanik-naturfilosof Jyulen Ofre de Lametri 1709-yilda Fransiya-
ning San-Malo shahrida tug‘ilgan. Xudojo‘ylik, fizika va meditsina fanlarini mu
kammal o‘ rgangan. Polk vrachi bo‘lib ishlagan. 1745-yildan e’tiboran Gollandiyada
yashagan. 1748-yilda Pruss qiroli Fridrix-II taklifiga asosan Berlinga kelgan. Berlin
fanlar akademiyasiga a’zo qilib saylangan. 17 5 1-yilda vafot etgan.
Uning inson
to‘g‘risidagi qarashlari «Jon haqida traktat» (1745-y.), «Inson - mashina» (1747-
y.), «Inson — o‘simlik» (1748-y.), «Epikur sistemasi» (1751 -y.) asarlarida bay
on etilgan.
2 Антология мировой философии. В четырёх томах. Том 2. М., 1970, 610-bet.
Fransuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy 17 15-yilda Parijda tug‘ ilgan. Xristian
faylasuflarining asarlarini mukammal o‘rgangan. Monteske va Volter bilan maslak-
dosh boMgan. 1751-yildan e’tiboran o‘zining butun ongli faoliyatini ilm-fanga
baxshida etgan. 17 7 1-yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘ risidagi qarashlari «Aql
haqida» (I758-y.), «Inson haqida» (1793-y.) asarlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Inson haqida»1 asarida bayon etgan. Uning fikriga ko'ra, inson
— tabiatning bir bo‘lagi, «sof fizik mavjudot»dir. «Inson —
tabiat yaratgan nodir asardir, u tabiatda mavjud bo'ladi va
uning qonunlariga bo'ysunadi»2. Gelvetsiy insonda axloqiy fa
zilatlar va intellektual qobiliyatlarni
shakllantirishda ijtimoiy
muhitning yetakchi rol o'ynashi haqidagi o‘z zamondoshla-
rining ta’limotlarini yanada rivojlantirdi. Tug‘ma axloqiy fazi
latlar haqidagi xristian dini aqidalarini tanqid qilib, inson
dagi ruhiy va axloqiy fazilatlarning shakllanish jarayoniga,
ularning mustahkamligini ifodalovchi mezonlarni aniqlab be
rishga harakat qildi.
Gelvetsiyning fikriga ko'ra, inson axloqining asosiy mezo-
ni «foyda»dir. Lekin u «foyda»ni bir
kishiga taalluqli fazilat
emas, deydi. Foyda — bir kishi, ya’ni individning jamiyat
ning boshqa a’zolariga nisbatan haddan ortiq boyib ketishini
ifodalovchi ko'rsatkich emas, deb tushunadi. Ezgulikka qara
tilgan inson faoliyatining asosida individual va ijtimoiy man
faat o'rtasidagi kelishuv yotmog'i zarur, deb hisoblaydi. Ijti
moiy manfaat — jamiyat a’zolarining ko'pchiligi manfaati-
ning yig'indisidir.
Fransuz faylasuflarining tushuntirishicha,
moddiy sohada
bo'ladigan o'zgarishlar ma’lum qonuniyat asosida sodir
bo'lganidek, insonning ongi va faoliyatida bo'ladigan o'zgarishlar
ham qudratli tabiiy qonun — «manfaatlar qonuniga» bo'ysunadi.
«Manfaat» inson faolligini vujudga keltiruvchi barcha asosiy
omillami birlashtiradi. Manfaatlar bir tomondan, tabiiy fizik
manfaatlar, ikkinchi tomondan esa dahshatdan iborat bo'ladi.
Fizik manfaatlar deganda ochlik va jismoniy kasallik tushuniladi.
Ushbu manfaatni Gelvetsiy insonni
harakatga keltimvchi kuch
deb biladi. Dahshatlar ichida esa eng ahamiyatlisi — o'ziga haddan
tashqari ortiq bino qo'yishdir, deb tushunadi.
Gelvetsiyning e’tirof etishicha odamlar yashayotgan ijtimoiy
muhit, ular shaxsining vujudga kelishida hal qiluvchi rol o'ynaydi,
kishilar ruhiyatida va axloqidagi tafovutlami vujudga keltiradi.
1 Gelvetsiyning «Inson haqida» asari uning vafotidan so‘ng 1793-yilda chop
etilgan.
2
Do'stlaringiz bilan baham: