A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Anbar Otin.
Risola — falsafai siyohon. She’rlar. Risola. Toshkent, 1972, 103— 
108-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. XVII-XVIII ASRLAR YEVROPA FALSAFASIDA
MA’RIFATPARVARLIК G‘OYALARINING
IFODALANISHI
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XVII asrda ishlab 
chiqarish jarayonida, xususan, mehnat taqsimotida tub sifatiy 
o‘zgarishlaming sodir bo‘lishi, ishlab chiqarish jarayonini rat- 
sionallashtirish talabining ortib borishi, ishlab chiqarishga ilm- 
fan yutuqlarini tatbiq etish ehtiyojini kuchaytirib yubordi. Bun­
day ehtiyojning ortib borishi, o‘z navbatida, diniy dunyoqa- 
rashning ta’sirini kundan-kunga kamaytira bordi. Ushbu holat 
falsafaning hayotdagi mavqeini ham o'zgartirdi. Agar o'rta asr­
larda falsafa dinshunoslik, Renessans sharoitida san’at va gumani- 
tar bilimlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi 
u fan yutuqlariga tayana boshladi. XVII—XVIII asrlar Yevropa 
faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qarashlariga, shubhasiz, ush­
bu tendensiya o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bunday kayfiyatni ilm-fan 
zudlik bilan rivojlana boshlagan Angliya, Fransiya, Germaniya 
faylasuflarining inson haqidagi qarashlarida ko‘rishimiz mumkin.
XVII 
asr ingliz faylasuflaridan Frensis Bekon, Tomas Gobbs, 
Jon Lokklar inson to‘g‘risidagi xristian dini qarashlarini tanqid 
qildilar, inson tanasining tuzilishi, uning moddiy-ma’naviy holati 
haqida yangicha fikr-mulohazalarni bayon etdilar. Ulaming tushun­
tirishicha, falsafaning, ayniqsa, uning eng muhim tarmog‘i 
bo'lgan gnoseologiyaning asosiy vazifasi — inson hayotini yax- 
shilashdan iborat bo‘lmog‘i lozimdir. Endilikda insonni alohida 
shaxs sifatida emas, balki jamiyat farovonligi ifodasi, jamiyat 
hayotining ta’rifi sifatida ko‘rish darkorligini tushuntirdilar. In­
sonning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini ta’minlashga qara­
tilgan bilimlarni yanada rivojlantirish lozimligini qayta-qayta 
ta’kidladilar. Bunday fikr-mulohazalarni XVII asrda ijod qilgan 
mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekon1 qarashlarida ko'rish 
mumkin.
Frensis Bekon 15 6 1-yilda Angliyada muhr saqlovchi lord oilasida tug‘ ilgan. 
Kembrij universitetini tugatgan. Angliya parlamentida muhr saqlovchi, davlat kansleri 
bo‘lib ishlagan. Umrining oxirida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan. 1626- 
yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘ risidagi qarashlari «Axloqiy va siyosiy ocherk- 
lar», «Yangi Organon» asarlarida bayon qilingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Frensis Bekonning ta’kidlashicha, insonning mohiyatini, tana 
bilan jonning birligi tashkil etadi. Inson joni tanadagi asablar, 
arteriyalar bo'ylab suzib yuradi, ya’ni harakatda bo‘ladi. Uning 
bir uchi, shubhasiz, miyaga borib taqaladi. Shuning uchun 
ham, inson tanasi bo‘ylab harakat qilib turgan jon — moddiy 
substansiyadir, ya’ni «haqiqiy materiya»dir. U bamisoli olov va 
havoga o'xshaydi.
Uning fikriga muvofiq inson, «tabiatning sharhlovchisi va 
xizmatchisidir»1, o'z turmushining chinakam egasi bo'lishi 
mumkin bo'lgan qudratdir. Frensis Bekon o'zining «Yangi 
Organon» (1620) asarida insonning tabiat ustidan hukmron 
bo'lishida fan yutuqlariga tayanish zarur ekanligini har to­
monlama isbotlab berdi. Fanni har tomonlama rivojlantirish
xususan, insonning tabiat ustidan hukmronligini ta ’minlamoq 
uchun fan tabiatda ro'y beradigan turli hodisalar sodir 
bo'lishining haqiqiy sabablarini payqab olishi darkor. Fan 
hodisalar, voqealar sodir bo'lishining haqiqiy mohiyatini ochib 
berish uchun uni yaxshi metod bilan qurollantirish, buning 
uchun tadqiqot uslublarini isloh qilish zarur, deb hisoblaydi. 
Olam to'g'risidagi turli ma’lumotlarni umumlashtirishning eng 
muhim vositasi induksiya, deb tushunadi. Bekonning fikriga 
ko'ra, hodisalar, voqealar, jumladan, insonning shakllanish 
jarayonini bilishda ham fan induksiya uslubi bilan qurollanishi 
zarur.
Bekonning fikriga ko'ra, inson analitik fikr yuritish, ya’ni 
har tomonlama tahlil qilish orqali olamdagi hodisalar, vo- 
qealaming haqiqiy mohiyatini bilib olmog'i zarur. Buning uchun 
esa, tajriba orqali olingan ma’lumotlarni o'zining fahm-farosati, 
fikr-mulohazasi chig'irig'idan o'tkazmog'i, ulardan umumiy 
hukmlar, xulosalar chiqara bilmog'i darkor. Shuning uchun ham, 
chinakam tadqiqotchi faqat turli fakt va raqamlar, dalillarni 
to'plash bilan chegaralanib qolmasligi, balki ulardan aniq 
hukmlar, xulosalar chiqarish malakasiga ega bo'lmog'i darkor, 
deb hisoblaydi.
Ma’rifatparvarlik g'oyalari xazinasiga munosib ulush qo'shgan

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish