Choriev G.O.
Maxtumquli dunyoqarashi. М., 1973; Maxtumquli — Firog‘iy
adabiy merosi. Uch kitob. Toshkent, 1973.
2 Maxtumquli she’riyatidan. Toshkent, 1976. 74, 79, 97, 98, 108, 112, 119 ,
128-betlar.
3 0 ‘sha asar, 84, 87, 88, 90-betlar.
4
Iskandarov B.
0 ‘ rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikming shakllanishi va
rivojlanishi tarixidan lavhalar. Toshkent, 1993, 81—86-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ХЕХ asrning birinchi yarmida barkamol inson haqidagi fikr-
mulohazalarni, andijonlik shoira Nodira (1792—1842-y.), maig‘ilonlik
shoira, muallima Jahon otin Uvaysiy (1779— 1845-y.), o‘ratepalik
maktabdor shoira Dilshod Bamo (1800—1905-y.) va uning sho-
girdi Anbar otinlar (1870—1915-y.) ijodida ko‘rish mumkin1.
XIX asming birinchi yarmida vatandosh shoiralar ijodini
e’tibor berib o‘rgansak, ularning asarlaridagi eng asosiy mavzu
— inson taqdiri, uning kelajagi, turli millatga, elatga mansub
kishilaming tengligi, erkinligi, birodarligi haqida qayg'urish
ekanligiga guvoh bo'lamiz. Insonning jismoniy kamoloti, ruhiy-
ma’naviy yetukligini ta’minlashda bilimning, ilmning, aql-zako-
vatning ahamiyati beqiyos ekanligini tushuntirib berishga hara
kat qilganliklariga ishonch hosil qilamiz. Jamiyatda ayolning rolini
oshirish, ayollar bilan erkaklaming haq-huquqlarini tenglash-
tirish yo'llarini izlaganliklarini darrov ilg‘ab olamiz. Shoiralar-
ning ta’kidlashlaricha, inson jamiyatda mavjud bo'lgan har qan
day muammolami bartaraf etishga, hatto o'zini o'zi o'zgartirishga
qodir bo'lgan qudratdir.
Tasawuf falsafasi bilan yaxshi tanish bo'lgan Nodira, Uvay
siy, Dilshod va Anbar otin kabi shoiralar, muallimalar o'z
asarlarida insonni har tomonlama e’zozladilar. Uni tabiat yarat
gan noz-u ne’matlardan bahramand bo'lishga chaqirdilar. In
sondagi do'stlik, vafo, sadoqat, halollikni kuyladilar. Barkamol
insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini xayolan yaratishga urindi
lar. Ulaming fikriga muvofiq, inson ma’naviy-axloqiy qiyofasini
ifodalovchi eng muhim fazilat — sof muhabbatdir. Shuning uchun
zohidlardan, qalandarlardan farqli o'laroq, haqiqiy vafodor,
muhabbatga sadoqatli kishi xislatlarini aniqlab berishga urinib
ko'rdilar. Mehrsiz, vafosiz, toshbag'ir, muhabbatni qadrlamay-
digan kishilardan nafratlandilar.
Ular muhabbatni keng ijtimoiy ma’noga ega bo'lgan, inson
ning insoniyligi, ma’rifatli ekanligini ko'rsatadigan mezon, deb
tushundilar. Chinakam insoniy muhabbatni ayrim zohidlar, qa-
landarlardek dinga qarshi qo'ymadilar, aksincha, muhabbat ziynati
bo'lgan vafo, sadoqatni, inson ichki dunyosida sodir bo'layotgan
o'zgarishlarni har tomonlama chuqur tahlil qilib, turli badiiy
bo'yoqlar yordamida tasvirladilar. Chinakam vafodor, sadoqatli,
1 Uch shoira. She’rlar. Toshkent, 1958; Uvasiy she’riyatidan. Toshkent, 1980;
Zebunniso, Dilshod, Anbar otin. Toshkent, 1981, Nodira. Devon. Ikki tomlik.
Toshkent, 1983 va hokazo.
www.ziyouz.com kutubxonasi
halol kishi bilan suhbat qurish insonga ma’naviy kuch-quwat
bag‘ishlashini tushuntirib berdilar. Ana shunday shirin xayollar,
hayotga muhabbat, kelajakka umid, yaxshi kunlar, farovon tur
mush istagi bilan yashagan shoiralar, afsuski, kundalik turmushda
batomom teskari odamlar bilan uchrashdilar. Bunday ikkiyuzlama
turmush tarzi ijodkorlar bag‘rini tilkapora qildi.
XIX asr sharoitida Nodira, Uvaysiy, Dilshod va Anbar otin
ayolning jamiyatda, ayniqsa, oilada tutgan o‘rnini tushuntirishga
harakat qildilar. Musulmon ayollarining jamiyatdan ajralib qol
gan hayotini, tenglikka boigan intilishlarini bayon qildilar. Ayollar
haq-huquqining erkaklar bilan teng bo'lishini talab qilgan shoi
ralar, awalo, onalar haqida fikr yuritdilar. Onalaming insoni
yat oldidagi buyuk xizmatlari, xususan, jamiyat kelajagi ular
bilan bog'liq ekanligini tushuntirishga urindilar.
Ular dinlarni hurmat qilar, ularni umuminsoniy qadriyat,
deb tushunar edilar. Barcha dinlarning olam bilan odam
o'rtasidagi o'zaro aloqadorligini tushuntirishdagi xizmatlarini o'ta
qadrladilar. Shunday bo'lishiga qaramasdan, bunday buyuk umu
minsoniy qadriyat obro'-e’tiborini tushirayotgan ba’zi dindorlar-
ni qattiq tanqid qildilar.
Xususan, tasawuf hurfikrliligidan ilhomlangan Dilshod o'zining
hajviy she’rlarida ayrim din rahnamolarining badkirdor qiliqlarini
fosh etdi. So'zi bilan ishi bir xil bo'lmagan dindorlar ustidan
kuldi. Ulami islom qoidalari musaffoligini ta’minlashga chaqirdi.
Uvaysiy, Dilshod va uning shogirdi Anbar otin o'z davri
ning mahoratli muallimalari edilar. O'z shogirdlariga nafaqat
diniy, balki dunyoviy, aqliy, axloqiy tarbiya, hayotga muhab
bat, kelajakka ishonch, umid, turmush quvonchlari-yu tash-
vishlariga sabr-toqat bilan bardosh berish malakalarini shakl-
lantirishga e’tiborlarini qaratdilar. Erkin fikrlash, chiroyli so'zlash
sirlarini o'rgatar, aql-farosatni peshlovchi topishmoqlardan us-
talik bilan foydalanardilar.
Ular jamiyat hayotidagi qoloqlik sabablarini xonliklar
o'rtasidagi o'zaro urushlardan, xon-u beklar o'rtasidagi toj-u
taxt uchun bo'lgan kurashlardan izladilar. Kishilar ma’naviy-
axloqiy qiyofasidagi qashshoqliklami ma’rifatsizlikdan qidirdilar.
Urushlaiga barham berishni, ijtimoiy qoloqlikni, ma’naviyatsizlikni
tugatishning birdan-bir yo'li — fuqarolami bilimli, ziyoli qilish-
dir. Bilim, ziyo odamlarni har qanday ijtimoiy baxtsizliklardan
qutqaradi, jamiyatni go'zal, farovon qiladi, deb hisobladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XIX asrning birinchi yarmida ijod etgan shoiralar orasida
Anbar otin o'zining falsafiy fikr-mulohazalari bilan boshqa
shoiralardan ajralib turar edi. Uning «Qoralar falsafasi» asarida
bayon qilingan inson to'g'risidagi falsafiy fikrlaming teranligi
buning yaqqol isbotidir.
Anbar otin fuqarolar turmush tarzidagi salbiy illatlami, in
son xulq-atvori, xatti-harakatidagi g'ayriinsoniy qiliqlarni jamiyat
hayotidagi turli noxushliklami aql-zakovat imkoniyatlari yorda
mida bartaraf etish mumkin, deydi. Chunonchi, uning fikriga
ko'ra, «Agar odamlar aqllarini vazir bilib, o'z vazirlarini o'zga
vazirlar ila hamkor qilib, mashvarat ila harakat qilsalar, aqlli
vazirlar dunyoni bosib yotgan qora zulmatni, hatto zulumotni
ham bartaraf etib, sof va olamni ravshan qilishga muyassar
o'lurlar»1.
Anbar Otin «Qoralar falsafasi» asarida jamiyatda odamlar
nasli-nasabi, millati, dini, irqidan qat’iy nazar, teng bo'lmoqlari
zamr, deb hisoblaydi. Odamlarni tani, rangi, irqiga qarab kam-
sitmaslikka da’vat etadi. Hindiston va Afrikadagi qora tanli xalqlar
hayotini aks ettiruvchi lavhalar bitar ekan, insonning inso
niyligi uning tashqi qiyofasining go'zalligi bilan emas, balki
ma’naviy-axloqiy fazilatlari, xususan, insonparvarlik g'oyalariga
sadoqati bilan o'lchanadi, degan g'oyani ilgari suradi. «Qoralar»
tushunchasi yordamida zulm, jabr-u jafolarga giriftor bo'lgan
mehnatkash xalqni har tomonlama ulug'laydi. Ulami jamiyatda
mavjud bo'lgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklaming bunyod-
kori, deb baholaydi.
Shunday qilib, XVI asrdan XIX asming birinchi yarmigacha
bo'lgan davrdagi musulmon faylasuflarining inson to'g'risidagi
qarashlari asosida, bir tomondan sunniylik har tomonlama
ulug'lagan insonparvarlik g'oyalari yotsa, ikkinchi tomondan,
ratsionalizm va sensualizm yotardi. O'z navbatida, barkamol
insonni ulug'lovchi insonparvarlik g'oyalarini targ'ibot va tash
viqot qilish Sharq ma’rifatparvarligining shakllanishi uchun asos
bo'ldi. Sharq ma’rifatparvarligining vujudga kelish arafasidagi o'ziga
xos xususiyat shundaki, bu davrda Sharq renessansi sharoitida
vujudga kelgan madaniy-ma’rifiy an’analar, chunonchi, barkamol
inson to'g'risidagi fikr-mulohazalar davom ettirildi, yangi dalil-
lar bilan boyitildi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |