A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet48/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

4.Mikrokredit Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan pul mablag’idir.
Boshlang’ich (start) sarmoyasini (kapitalni) shakllantirish uchun mikrokreditlar:
- yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik sub`yektlari uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda;
- mikrofirmalar va dehqon xoʻjaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda;
- fermer xoʻjaliklari uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda beriladi.
Byudjetdan tashqari jamg’arma kredit liniyasi - byudjetdan tashqari jamg’arma tomonidan kichik biznes sub`yektlarini maqsadli asosda kreditlash uchun tijorat banklariga ularning balansida uning summasini aks ettirgan holda ajratiladigan mablag’lar.
“Maxsus imtiyozli kreditlash jamg’armasi” - kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli kreditlar, shuningdek, mikrokreditlar berish maqsadida tashkil qilingan jamg’armadir. Imtiyozli kredit berish jamg’armasi hisobidan beriladigan mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkalari mikrokredit berilgan kundagi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 % dan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan kreditlash Markaziy bankning Adliya vazirligida 2006-yil 8-avgustda 1308-son bilan roʻyxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub`yektlariga byudjetdan tashqari jamg’armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻg’risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
5.Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ham ishtirok etishi mumkin.
Davlat qarz beruvchi sifatida moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa idoralar orqali iqtisodiyotning u yoki bu sohalarini jadal rivojlantirish maqsadida tijorat banklari va korxonalarga markazlashtirilgan kredit resurslari ajratadi. Bunday kreditlar, odatda, imtiyozli kreditlar boʻlib, juda past % larda yoki foizsiz beriladi.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida neft va gaz sanoatini rivojlantirishga, oltin va nodir metallar qazib olish va qayta ishlash korxonalariga, g’alla va paxta yetishtirishga markazlashtirilgan kreditlar ajratildi. Hozirda bunday kreditlar asosan, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ajratilmoqda.
Davlat oʻz xarajatlarini oʻz daromadlari hisobidan qoplay olmay qolgan taqdirda, ya’ni, byudjet kamomadini qondirish maqsadida banklar, korxonalar va aholidan qarz oladi. Davlat oʻz idoralari tomonidan davlat obligasiyalari va zayomlari, davlat xazina majburiyatlari, davlat qisqa muddatli obligasiyalari kabi qiymatli qog’ozlarni chiqarish va sotish orqali korxonalar, banklar va aholining pul mablag’larini yig’adi. Bu mablag’lar davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflanadi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish