Pul aylanishi - pulning, oʻz vazifalarini bajarish chog’idagi harakatlari yig’indisi. Pul aylanishi jarayonida jamiyatning barcha strukturaviy tuzilmalari - davlat muassasalari, mahalliy hokimiyatlar, korxonalar, tashkilotlar, banklar, birjalar, firmalar va aholining barcha guruhlari ishtirok etadi.
Pul birligi - mamlakatdagi toʻlov vositasi birligi boʻlib, asosan tovarlar qiymatini oʻlchash rolida va muomala vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pul massasi - har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institusional mulkdorlar (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid hamda toʻlov vositalari majmuidir.
Pul taklifi - bu muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir.
Pul tizimi - 1. Ma’lum bir mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qoʻllaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. 2. Davlat qonunlari asosida pul muomalasini tashkil qilish shaqlidir.
Pul emissiyasi - bu muomaladagi pul massasini ortishiga olib keluvchi pullarni chiqarishdir.
Pul-kredit siyosatining bevosita vositalar — Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalarini yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat boʻlgan ma’muriy usullari.
Pul-kredit siyosatining bilvosita vositalar esa Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya’ni, bozor orqali pulga boʻlgan talab va taklifni oʻzgartirish, muomaladagi pul massasi miqdorini va banklarning toʻlovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir.
Pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga boʻlgan talab va taklifni tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir.
Pulning qiymati - pul birligining xarid qilish qurbi-qobiliyati, ya’ni, unga qancha tovar va xizmatlar xarid qilish mumkinligi.
Real qiymat - bu aktivning joriy bozor qiymati yoki qonunchilikka muvofiq holda baholash faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega boʻlgan, mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlangan qiymatdir.
Real daromadlar - muayyan jamiyatdagi taqsimot qonunlari asosida va qonunlarga asoslanmagan usullar bilan vujudga keladigan jamiyat a’zolari yalpi ichki maxsulotdagi hissasining moddiy-ash’yoviy va xizmat ifodasi.
Revalvasiya - lotincha soʻzian olingan boʻlib, «ahamiyatga egaman», «arziyman» degan ma’noni anglatadi. Mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyuta kursiga nisbatan oʻsishi. Revalvasiya mamlakat iqtisodini izga solish vositalaridan biri boʻlib, mamlakat pul tizimini muvofiqlashtiradi, pulninig xarid qobiliyatini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |