A. Karimov, X. Xoshimov Umumiy kimyodan Masalalar va testlar to`plami Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o`quv qo`llanma so`z boshi


VIII. BOB VIII. Kimyoviy termodinamika elementlari



Download 0,92 Mb.
bet30/78
Sana29.11.2022
Hajmi0,92 Mb.
#874310
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
Kimyo yangi kitob KARIMOV

VIII. BOB
VIII. Kimyoviy termodinamika elementlari.
Termoximiya qonunlari.
VIII.1. Sistema, uning holati va parametrlari.
Sistema – bu tashqi muhitdan chegara sirti bilan ajralgan, moddalar yig`indisiga aytiladi. Sistema moddalar konsentrasiyasi – C, uning bosimi – P, hajmi – V, temperaturasi – T va energiyasi – E ga ega bo`ladi. Bu kattaliklar ayni sistemaning holati va parametrlari deyiladi. Sistema atrof muhit bilan ta`sirlashuviga qarab uch xil turga bo`linadi:

      1. Ochiq sistemalar – bunday sistemalar tashqi muhit bilan modda va energiya almashinuvi holatida bo`ladi. Tabiatdagi barcha jonli organizmlar ochiq sistemalarga misol bo`ladi.

      2. Yopiq sistemalar. Bunday sistemalar tashqi muhit bilan faqat energiya almashinuvida ishtirok etadi. Bunday sistemalarga sovutgichlarni misol qilib ko`rsatish mumkin.

      3. Izolirlangan yoki mutlaqo yopiq sistemalar. Bunday sistemalar atrof muhit bilan na massa, na energiya bilan almashinmaydi.

Bunday sistemalarga termosni misol qilish mumkin. Lekin shuni e`tirof etish lozimki, tabiatda absolyut izolirlangan sistemalar mavjud emas.
Agar sistemada barcha komponentlar bir xil fazada bo`lsa, bunday sistemalar gomogen, agar komponentlar turli fazada bo`lsa, geterogen sistemalari deyiladi.
Faza – deb sistemaning bir xil kimyoviy yoki termodinamik xossalarga ega bo`lgan va sistemaning boshqa qismlari bilan chegara sirti bilan ajralgan qismiga aytiladi.
VIII.2. Energiya va uning bir turdan boshqa turga o`tishi.
Energiya va ish o`rtasidagi bog`lanish.
Energiya – bu materyaning alohida bir turdagi xarakatining miqdoriy o`lchovi hisoblanadi.
Sistemaning holati va xossalari uning fizik kimyoviy parametrlari bilan xarakterlanadi. Miqdoriy jihatdan o`lchash mumkin bo`lgan parametrlarga bosim, temperatura hajm va konsentrasiya kiradi. Bu perametrlar o`zaro holat tenglamasi bilan bog`langan. Agar sistema o`z parametrlarini o`zgartirsa unda termodinamik jarayon sodir bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan sistema parametrlari o`z – o`zidan o`zgarmasa, sistemaning bunday holati uning muvozanat holati deb aytiladi.
Sistema energiyasining o`zgarishi yoki bir turdan boshqa turga aylanishini termodinamika fani o`rganadi. Har qanday termodinamik sistema ma`lum miqdordagi zaxira energiyaga ega bo`ladi. Bu energiya sistemaning ichki energiyasi deyiladi. Sistema ichki energiyasi uning holat funksiyasi deyiladi, ya`ni u sistema parametrlariga bog`liq bo`ladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish