Javob: 380 g cho`kma; 44 %
Mustaqil yechish uchun masalalar
KNO3 ning 60°C dagi to`yingan eritmasida 52,4% tuz mavjud. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffisientini aniqlang.
Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng. Uning 250 g to`yingan eritmasini bug`latish natijasida olingan tuz massasini (g) va shu temperaturadagi eritmasida erigan tuzning massa ulushini toping.
Kaliy dixromatning 20°C dagi eruvchanligi 12,5 grammni tashkil etadi. Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan to`yingan eritmasining massasi necha (g) bo`ladi?
Kaliy bromidning 80°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 45 g cho'kma tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (80°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g) hisoblang. S(20°C)=60 S(80°C)=90
Kaliy sulfatning 50°C da to`yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug`latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang.
60°C da 200 g to`yingan eritmada 36,5 g suvsiz CuSO4 bor. Agar eruvchanlikning o`lchami sifatida to`yingan eritmada 100 g eruvchiga to`g`ri keladigan erigan moddaning massasi bo`lsa, mis kuporosi CuSO4 ∙ 5H2O ning shu temperaturadagi eruvchanligi qanchaga teng bo`ladi?
[Ar(Cu)=64], Ar(S)=32
80°C da natriy xloridning 600 g to`yingan eritmasi 0°C ga qadar sovutilganda, necha gramm tuz cho`kmaga tushadi? Osh tuzining 80°C dagi eruvchanligi 38 g ga, 0°C dagi -35,8 g ga teng.
80°C da 300 g to`yingan natriy nitrat eritmasi 20°C gacha sovutilganda
cho`kmaga tushgan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisobida toping. S(20°C)=88; S(80°C)=148
Kaliy bromidning 90°C dagi to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutiiganda, 120 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (90°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g) aniqlang.
Natriy sulfatning to'yingan (120°C da) eritmasi 25°C gacha sovutilganda 200 g tuz cho'kmaga tushg'an bo'lsa, ushbu to'yingan (120°C da) eritmaning va uning tarkibidagi natriy sulfat massalarini (g) hisoblang, S(25°C) =10; S(120°C) =50
100 g suvda 110°C da 160 g, 0°C da esa 110 g kaliy karbonat eriydi. Kaliy
karbonatning 1040 g to'yingan (110°C da) eritmasi 0°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kaliy karbonatning massasini (g) hisoblang.
Bir tuzning xona temperaturasidagi to`yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga
teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo`lgan 300 g eritmasi uy temperaturasigacha sovutilganda, qancha (g) tuz cho`kmaga tushadi?
Tarkibida 400 g suv bo'lgan ammoniy xloridning to'yingan (100°C dagi) eritmasi 0°C gacha sovutilganda necha gramm cho'kma tushadi? S(0°C)=40; S(100°C)=80
25°C da kaliy nitratning to`yingan eritmasida uning massa ulushi 34% ni tashkil etsa, uning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffisienti qanchaga teng bo`ladi?
Natriy nitratning 1440 g to'yingan (70°C dagi) eritmasi 15°C gacha
sovutilganda cho'kmaga tushadigan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisoblang. S(15°C]=80; S(70°C)=140
Agar ammoniy xloridning 100°C dagi to`yingan eritmasi tarkibida 50 ml suv
bo`lsa, bu eritma 0°C gacha sovutilganda, qancha ammoniy xlorid cho`kmaga tushadi? S(0°C)=37,0, S(100°C)=77,0
Kaliy dixromatning 80°C dagi 200 g to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushgan tuzning massasini (g) hisoblang. S(20°C)=12; S(80°C)=45
Kumush nitratning 600C dagi to`yingan eritmasi 200C gacha sovutilganda, 15 g
tuz cho`kmaga tushishi uchun zarur bo`lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping. S(200C)=222, S(600C)=450
100 g suvda 80°C da 520 g, 30°C da esa 220 g kumush nitrat eriydi, Kumush nitratning 80°C dagi 1240 g to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kumush nitratning massasini (g) hisoblang.
Kaliy bromidning 80°C dagi to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 120 g tuz cho`kmaga tushishi uchun zarur bo`lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping? S(20°C) = 60 S(80°C) = 90
Natriy nitratning 20°C dagi to`yingan eritmasidagi tuzning massa ulushi 85%
bo`ladi. Shu temperatura 200 g suvda qanday massadagi tuzni eritish mumkin? 224. Natriy sulfatning to'yingan (120°C dagi) eritmasi 25°C gacha sovutilganda
150 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan (120°C da) eritma va uning tarkibidagi natriy sulfat massalarini (g) hisoblang. S(25°C)= 10; S(120°C)=50
Kumush nitratning 20°C dagi eruvchanlik 228 g, 80°C dagisi esa 635 g bo`lsa, 80°C dagi 100 g to`yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda, kristall holda ajraladigan tuzning massasi (g) ni hisoblang.
0°C da vodorod bromidning eruvchanligi 171 g bo`lsa, shu temperaturada 1 litr suvda qanday hajmdagi (l) gaz eriydi?
100 g suvda 80°C da 520 g, 30°C da esa 220 g kumush nitrat eriydi, Kumush nitratning 800C dagi 930 g to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kumush nitratning massasini (g) hisoblang.
Litiy xloridning 80°C dagi to`yingan eritmasidan 645 g miqdorini 10°C gacha sovutilganda ajralib chiqadigan LiCl ∙ H2O kristallogidratidan necha gramm hosil bo`lishini hisoblang. (S10°=72 gr, S80°=115 gr).
Ammiakning 20°C dagi eruvchanligi 1 ml suvda 702 ml ga teng bo`ladi. To`yingan eritmadagi ammiakning massa ulushini (%) hisoblang. Ammiakning bosimini normal atmosferma bosimiga teng deb oling.
Kaliy bromidning 80°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 90 gr
cho'kma tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (80°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g hisoblang. S(20°C) = 60 S(80°C) = 90
80°C da kaliy yodidning 146 g to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, necha gramm kristall ajralib chiqadi? [S20,0=144 g, S80,0=192 g]
80°C da magniy sulfatning to`yingan eritmasidan 821 g miqdorini 20°C gacha sovutilganda, kristall holida ajralib chiqadigan MgO4 ∙ 6H2O cho`kmasining massasini hisoblang. [S20,0=44,5 g va S80,0=64,2 g]
Kumush nitratning 60°C da 1250 g to`yingan eritmasini 10°C gacha sovutilganda, kristall holida necha gramm cho`kma ajraladi? [S60,0=525 g, S10,0=170 g]
10°C da 1427,15 g ammiakning to`yingan eritmasini 50°C gacha qizdirilganda ajralib chiqadigan ammiak hajmini (l, n.sh) hisoblang.
[S50,0=22,9 g, S10,0=67,9 g]
Kaliy karbonat tuzining 25°C dagi eruvchanligi 112,3 ga teng bo`lsa, uning shu haroratidagi to`yingan eritmasining (ρ=1,567g/ml) molyar konsentratsiyasini hisoblab toping.
100 hajm dietil efirda 0,85 hajm suvda eritilganda to`yingan eritma hosil bo`ladi. Efirdagi suvning eruvchanligi (S) ni hisoblang (refir=0,71 g/ml).
30°C da KNO3 ning 50 gr 20% li eritmasining to`yinishi uchun yana 6,8 g KNO3 tuzi qo`shilishi kerak bo`lsa, shu tuzning eruvchanligini aniqlang.
Vodorod bromidning n.sh.da suvdagi eruvchanligi 221 g. Shunday sharoitda bir hajm suvda necha hajm vodorod bromid eriydi?
60°C dagi AgNO3 ning to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 15 g tuz cho`kmaga tushishi, uchun qancha tuzni qancha suvda eritish kerak?
[Э200С(AgNO3)=222, Э600C(AgNO3)=522]
20°C da 545 g bariy nitrat eritmasida 45 g tuz erigan bo`lsa, shu haroratdagi bariy nitratning eruvchanligini toping.
0°C da 50 g kaliy sulfat eritmasida 3,44 g tuz erigan bo`lsa, uning eruvchanlik koeffisientini va tuzning eritmadagi massa ulushini (%) hisoblang.
Agar 100°C da 100 g suvda 155 g, 0°C da esa 111 g potash erib, to`yingan eritma hosil qilsa, uning 770 g eritmasi 100°C dan 0°C gacha sovutilganda, cho`kmaga tushadigan tuzning massasini (g) hisoblang.
Tuzning to`yingan eritmasi 90°C dan 25°C gacha sovutilganda, 200 g tuz kristallandi. Agar 90°C va 25°C da tuzning eruvchanligi 42,7 va 6,9 gramni tashkil etsa, boshlang`ich eritmadagi suv va tuz qancha massadan (g) olinishi kerak?
100 g suvda 110°C da 160 g, 0°C da esa 110 g kaliy karbonat eriydi. Kaliy
karbonatning 390 g to'yingan (110°C da) eritmasi 0°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kaliy karbonatning massasini (g) hisoblang.
Mis (II) nitratning 60°C suvda eruvchanligi 64,2% ga teng. To`yingan eritma hosil qilish uchun 500 g mis(II) nitratni 60°C suvning qancha miqdorida (g) eritish kerak?
24°C da natriy nitratning molyar eruvchanligi 8,76 mol/l ga (ρ=1,2g/ml) teng. Shu moddaning 100 g suvga nisbatan eruvchanligini (%) toping.
Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng bo`lsa, uning 500 g to`yingan eritmasini bug`latish natijasida olingan tuzning qattiq qizdirilishi natijasida ajralib chiqqan gazning hajmini (l, n.sh.) toping.
Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng. Uning 500 g to`yingan eritmasidagi suvning massasini (g) toping?
Kumush nitratning 70°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda 30 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (70°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kumush nitrat va suvning massasini (g) hisoblang. S(20°C) = 200; S(70°C)=500
Do'stlaringiz bilan baham: |