A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Yuzlashtirish psixologiyasi va uning o‘ziga xosligi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

11.8. Yuzlashtirish psixologiyasi va uning o‘ziga xosligi 
 
Yuzlashtirish  – tergov harakati bo‘lib, aynan vaqtda shaxsni so‘roq 
qilishdir. Bu harakatning maqsadi jinoyatga oid muhim holatlar to‘g‘-
risida avval olingan ko‘rsatmalarda mavjud bo‘lgan qarama-qarshilikni 
yo‘q qilishdan iboratdir. Bu tergov harakati ikkita ayblanuvchi (gumon-
lanuvchi), ayblanuvchi (gumonlanuvchi) va guvoh, ayblanuvchi (gumon-
lanuvchi) va jabrlanuvchi, ikkita guvoh, jabrlanuvchilar o‘rtasida 
o‘tkazilishi mumkin. 
Yuzlashtirish ma’lum ma’noda ruhiy xususiyatlarga ega bo‘lib, 
boshqa so‘roq qilish harakatlaridan quyidagilari bilan farq qiladi.  


 246 
1) yuzlashtirish paytida murakkab ruhiy munosabatlar vujudga 
keladi. Tergov ziddiyatli tus oladi, chunki shaxsning birinchi bergan 
ko‘rsatmalari yuzlashtirish paytida to‘g‘ri kelmasligi mumkin;  
2) yuzlashtirishda so‘roq qilinuvchilardan biri haqiqiy ko‘rsatma 
bersa, ikkinchisi yolg‘on ko‘rsatma beradi; 
3) yuzlashtirishda jinoyat hodisasi va so‘roq predmetiga aloqador 
ikkita shaxs uchrashadi. 
Yuzlashtirish qatnashchilari ruhiy jihatdan unga tayyor bo‘lishlari 
lozim. Yuzlashtirishdan avval tergovchi quyidagi tayyorgarlik harakat-
larini o‘tkazishi kerak: 
– ko‘rsatmalardagi ziddiyatlarga baho berib, ular ish bo‘yicha 
ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlashi kerak
– ish bo‘yicha katta ahamiyatga ega ziddiyatlarni bartaraf etish uchun 
yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish va uni o‘tkazish to‘g‘risida taktik 
qarorga kelishi lozim (ziddiyatlar boshqa tergov harakati asosida yo‘q 
bo‘lishi mumkin emas); 
– yuzlashtirish vaqtini va joyini belgilash
– yuzlashtirishda qatnashuvchilarning shaxsini o‘rganish va ular 
o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash
– yuzlashtirish rejasini tuzish lozim va unga yuzlashtirish predmeti, 
unda ishtirok etuvchi shaxslarning yuzlashtirishda qiladigan xatti-harakat 
variantlarini tahlil qilish, so‘roqning, savollarning shakli va ketma-
ketligini belgilash; 
– yuzlashtirishda ishlatiladigan qayd qiluvchi vositalarni (qalam, 
qog‘oz, bosma-mashinka, magnitofon, videoyozuv asboblarini, yoritkich-
larni va h.k.) tayyorlab qo‘yish; 
– yuzlashtirishga chaqiriladigan shaxslarning tegishli sanada va vaqtda 
kelishi, shuningdek, yuzlashtirishda boshqa shaxslarning ishtirok etishi zarur 
deb topilsa (masalan, voyaga yetmagan ayblanuvchining himoyachisi) bunday 
shaxslarni yuzlashtirishga chaqirish choralarini ko‘rish. 
Yuzlashtirish o‘tkazilgani to‘g‘risida bayonnoma tuziladi va unda 
tergovchining savollari va qatnashchilarning javoblari ketma-ketlikda 
qayd etiladi. Yuzlashtirishda ko‘rsatmalarni qo‘shimcha qayd qilish 
uchun magnitofon yoki video yozuv uskunasi ishlatilishi mumkin va bu 
to‘g‘risida bayonnomada tegishli belgi qo‘yiladi va ularning ishlatilishi 
haqida qatnashuvchilar yuzlashtirishdan avval ogohlantiriladilar.  
Yuzlashtirish jarayoni boshlanishida avval yuzlashtirilayotgan 
shaxslarning bir-birlarini qanchalik bilishlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar o‘rganiladi. Shundan so‘ng ular navbatma-navbat sodir 
etilgan voqea, hodisa  yuzasidan o‘zlarining ko‘rsatmalarini beradilar. 


 247 
Tergovchi haqiqatni aniqlash maqsadida so‘roq qilinayotganlarning bir-
birlariga savol berishlariga ruxsat beradi.  
O‘z-o‘zidan ma’lumki, so‘roq jarayonida yuzlashtirilayotgan ikki 
shaxs bir-biriga qarama-qarshi fikrda, nizoli vaziyatda bo‘lishadi. Shu 
o‘rinda tergovchi birinchi navbatda diqqatini aniq va to‘g‘ri ko‘rsatma 
berayotgan shaxsning ko‘rsatmalariga  qaratishi taktik jihatdan to‘g‘ri 
hisoblanadi.  
Shuningdek, yuzlashtirish jarayonida tergovchi o‘z ruhiy, emotsio-
nal-hissiy holatini to‘liq boshqarishi va murakkab, nizoli vaziyatlarda 
tinchlik va xotirjamlikni saqlashi hamda so‘roq qilinayotgan shaxsni 
chuqur o‘rganishi natijasida uning shaxsiy xarakteridagi «nozik joylarini» 
bilishi zarur.  
Yuzlashtirish jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy-psixologik 
 
effektlar ingibitsiyasi, ya’ni boshqa odamlarning qatnashishi effektidan 
samarali foydalanish zarur. Ushbu vaziyatda shaxs xulq-atvori (modifi-
katsiya) o‘zgaradi, ya’ni u qatnashchilarning ta’siridan yo‘nalish oladi, 
natijada so‘roq qilinayotganda himoyalanish mexanizmining ustunlik 
qilishi kuzatiladi.  
Yuzlashtirishdan asosiy maqsad  tergov jarayoniga qarshi, yolg‘on 
ko‘rsatma berayotgan shaxsni aniqlashdir. Bizga ma’lumki, aniq 
ma’lumotlar psixologik ta’sir ko‘rsatish omillari asosida olinadi. Shu 
ma’noda sodir etilgan voqeani birma-bir, to‘liq tasvirlash qarama-qarshi 
shaxslarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning hal qiluvchi usullaridan biri 
sanaladi. Shuningdek, yuzlashtirish jarayonida ko‘rsatma berayotgan 
shaxsga nisbatan hech qanday tazyiq va boshqa psixologik ta’sirlar 
o‘tkazilishi mumkin emas.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish