244
So‘roqda ayblanuvchi ruhiy larza, yuz bergan
voqeadan qarindoshlari
va yaqinlari, do‘stlari, xizmatdoshlari, qo‘shnilari xabardor bo‘lishi
mumkinligidan xavotirlanib uyalishi mumkin. Atrofdagilarning bahosi va
fikrlariga hattoki qat’iy shakllangan g‘ayriijtimoiy qarashlarga ega
bo‘lgan shaxslar ham befarq emasdirlar. Oshkor bo‘lishni istamaslik juda
kuchli motiv bo‘lib, ko‘p jihatdan ayblanuvchining xatti-harakatini
belgilab beradi. Bunday motiv aniqlanganida tergovchining vazifasi
so‘roq qilinayotgan shaxsni to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatma berish zarurligiga
ishontirishdir. Faqat shugina, biroz bo‘lsa-da, yaqin odamlarning xayri-
xohligini saqlab qolishga yordam beradi.
Tergovchi ba’zan boshqalarning fikri bilan qiziqmaydigan ayblanuv-
chilar (ko‘pincha retsidivistlar) bilan uchrashishiga to‘g‘ri keladi. Ular
«ushlanmagan – o‘g‘ri emas», «pulning hidi yo‘q» kabi prinsiplarga
asoslanadilar.
Ayrim ayblanuvchilarga o‘zi erishgan ijtimoiy, xizmat va moddiy
mavqeini yo‘qotishdan qo‘rqish xos bo‘ladi. Shu bois so‘roq
paytida
bunday ayblanuvchi ko‘pincha to‘g‘ri ko‘rsatma berishdan bo‘yin
tovlaydi. Bu o‘rinda tergovchi ayblanuvchining mazkur psixologik holat-
ni yengishi uchun uni halol va vijdonan mehnat qilish orqali ijtimoiy
mavqeini tiklash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylanishi mumkin-
ligiga ishontirishi kerak.
Ayblanuvchining harakat motivlarini shakllantiradigan kuchli psixologik
holat ozodlikdan, odatdagi turmush tarzidan mahrum bo‘lish, jinoyatchilar
orasida bo‘lib qolishdan qo‘rqish tashkil qiladi. Bunday hissiyot ayniqsa
birinchi marta jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga
xosdir. Ushbu vaziyatda ayblanuvchi faqat aybini rad etish, yolg‘on
ko‘rsatma berish orqaligina ushlab turish, hibsda saqlash, qamoqqa olish,
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq hukm chiqarilishidan qutulib qolish
mumkin deb hisoblaydi. Unda tegishli psixologik holat yuzaga keladi,
tergovchi yengishi zarur bo‘lgan qarash shakllanadi. Buning uchun aybla-
nuvchini aybni isbotlash uning e’tirofiga uncha bog‘liq emasligiga, hal
qiluvchi darajada butun dalillar majmuiga bog‘liq ekanligiga ishontirish talab
qilinadi. Bu o‘rinda chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish hamda jinoyatni
ochishga faol ko‘maklashish sud uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holat
hisoblanishini tushuntirish talab qilinadi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, guruh tomonidan sodir etiladigan
jinoyatlarda ayblanuvchi guruh ishtirokchilariga har xil munosabatda
bo‘ladi. Agar u kimgadir ko‘p jihatdan qarzdor bo‘lsa, ushbu shaxsning
jinoyatga aloqadorligini yashirishga urinadi, bunda uning
yordami va
qo‘llab-quvvatlashidan umidvor bo‘ladi. Ko‘pincha jinoyatchilar guruhi-
245
dagi psixologik munosabatlar tizimi kuchga bo‘ysunish, qo‘rquvga,
boshqa tuban intilishlar va instinktlarga asoslanadi. Shu bois tergov
jarayonida jinoiy guruh ishtirokchilari bir-birlaridan ajratilganda ushbu
asosda qurilgan munosabatlar buzilib ketadi. Ayblanuvchida uni jinoiy
guruhga tortgan, jinoiy javobgarlikka jalb qilinishiga sabab bo‘lgan
shaxslarga nisbatan adovat mustahkamlanib boradi. Tergovchi ayblanuv-
chining bunday ruhiy holatidan foydalanishga, uning oldida jinoiy
guruhda mavjud bo‘lgan munosabatlar tizimini ochib berishga,
jinoyat-
chilar orasidagi soxta o‘rtoqlik hissiyoti nimaga asoslanganligini ko‘rsa-
tishga, bu bilimlardan so‘roq qilishning eng samarali taktik usullarini
tanlashda foydalanishga haqlidir. Biroq ularni jinoiy guruh ishtirokchi-
larining psixologik o‘zaro munosabatlarini inobatga olgan holda tanlash
zarurligini yodda tutish lozim, chunki tuban hissiyotlar va intilishlarni
qo‘zg‘atish, ulardan foydalanishga asoslangan usullarni qo‘llashga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Gumon qilinuvchi, hatto ayblanuvchiga aylanib qolgan aybsiz kishi
boshidan kechirayotgan psixologik holat alohida o‘rin tutadi. Shubhasiz u
g‘azab, jahl, alam hislarini sezadi, asoslanmagan shubhalardan tezroq
qutulishga, aybsizligini
isbotlashga intiladi, shuningdek, chorasizlik,
o‘ziga qarshi dalillarni rad eta olmaslik, atrofdagilarning o‘zi haqidagi
noto‘g‘ri fikrlarini yengish hislarini sezishi mumkin.
So‘roqning samaradorligi ko‘p jihatdan so‘roq qilinayotgan shaxs-
ning psixologik holatiga, ayblanuvchining o‘z aybini
anglashiga, to‘g‘ri
ko‘rsatmalar berishga tayyor ekanligiga bog‘liq. Tergovchi salbiy
psixologik holatlarni taktik jihatdan mohirlik bilan susaytirishi yoki
zararsizlantirishi hamda ijobiy tomonlarni kuchaytirishi, qo‘llab-
quvvatlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: