A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 So‘roq qilishning psixologik jihatlari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

11.5. So‘roq qilishning psixologik jihatlari 
 
So‘roq – tergovchi bilan so‘roq qilinuvchi o‘rtasida uzoq davom 
etadigan bevosita muloqot. So‘roq dialog shaklida bo‘lib, ushbu 
jarayonda haqiqat izlanadi va aniqlanadi. So‘roq vaqtida ikki xil 
dunyoqarash, ikki xil iroda, ikki xil kurash taktikasi va turli manfaatlar 
to‘qnashadi. Ko‘pincha so‘roqda so‘roq qilinayotgan shaxs va boshqa 
odamlarning taqdiri hal bo‘ladi. Tergovchiga bu kurashda g‘alaba 
qozonishda psixologiya va so‘roq taktikasi sohasidagi maxsus bilimlari 
hamda suhbat olib borishning kasbiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘ladigan 
mahorati yordam beradi. Shu bois so‘roq natijasi ko‘p jihatdan 
ishtirokchilarining shaxsiy bilimlariga, hal qiluvchi darajada esa 
tergovchining kasbi uchun zarur bo‘lgan psixologik xislatlariga bog‘liq. 
Prinsipial, adolatli, halol, xayrixoh tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsda 
hurmat uyg‘otadi, to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish va tergovga ko‘maklashish 
istagini yuzaga keltiradi. 
So‘roqning samaradorligini tergovchining boshqa ijtimoiy-psixologik 
xislatlari ham ta’minlaydi. Ularga sabr-toqat, vazminlik, hissiy 
barqarorlik, hayotiy tajriba, kasbiy bilim, so‘roqni mantiqan to‘g‘ri olib 
borish mahorati kabilar kiradi. So‘roq qilinuvchiga kerakli individual-


 235 
psixologik yondashuvni topa olish tergovchining asosiy vazifalaridan biri. 
Bu yondashuv so‘roq qilinayotgan shaxsning yoshi, jinsi, ma’lumoti, 
kasbi, hayotiy tajribasini, madaniyat darajasi, manfaatlari, qarashlari, 
so‘roq paytida his qilayotgan ruhiy holatini inobatga olishni nazarda 
tutadi. 
Tergovchining kommunikativligiga tashqi ko‘rinishi, jismoniy 
jihatlari, o‘zini tutishi, kiyinishi kabilar kiradi. Tergovchining batartibligi, 
ozodalik, oddiyligi, kirishimliligi, kiyimining ozodligi, e’tiborliligi, 
xayrixohligi – bularning bari – ishonch paydo bo‘lishiga, so‘roq qilinuv-
chining muloqotga tayyor bo‘lishiga yordam beradi. 
So‘roqqa chaqirtirilgan guvohning ruhiy holatini ham inobatga olish 
zarur, chunki aksariyat odamlar uchun tergovchining huzuriga chaqirti-
rilish noodatiy voqea bo‘lib, hayajon va sarosima keltirib chiqaradi. 
Tergovchining ayrim psixologik xislatlari, jumladan hech kimga 
ishonmasligi, odamoviligi, muloqot qila olmasligi ham so‘roqda kerakli 
psixologik vaziyatni hosil qilish yo‘lidagi to‘siqdir
1

Barcha holatlarda so‘roqdan oldin tergovchi guvoh bilan suhbatla-
shishi kerak. Uning qarashlari, qiziqishlari, kayfiyati, psixologik xusu-
siyatlarini hisobga oladigan suhbat ruhiy zo‘riqishni yo‘qotish, ishonch-
sizlikni bartaraf etish, to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishga tayyor bo‘lish holati 
paydo bo‘lishiga yordam beradi. 
Jabrlanuvchilarni so‘roq qilish yanada katta psixologik tayyorgarlikni 
talab etadi. 
Jabrlanuvchilarning ko‘rsatma berishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklari 
uchun doimo ularning jinoyat sodir etilayotgan paytdagi holatlari va 
jinoyatchi shaxsini idrok etish xususiyatlarini inobatga olish muhim. 
Eksperiment orqali shu narsa isbotlanganki, ular his qilayotgan qo‘rquv, 
g‘azab, uyat, alam kabi hissiyotlar idrok etishning buzilishiga sharoit 
yaratishi mumkin. Bunday vaziyatda idrok etishning hajmi torayadi, 
ko‘pincha bir qator faktlar, belgilar, tafsilotlar noto‘g‘ri baholanadi. 
Psixologik aloqa o‘rnatish usullari juda ko‘p va xilma-xildir. 
Ularning tanlanishi yuzaga kelgan tergov vaziyati, shaxs xususiyatlari, 
so‘roq qilinayotgan shaxs va tergovchining psixologiyasiga bog‘liq. 
Psixologik aloqa jabrlanuvchi, guvohlarning ijtimoiy-psixologik xislatla-
riga ta’sir ko‘rsatish orqali o‘rnatilishi mumkin. Ba’zan tergovchi 
jabrlanuvchilar, guvohlarda o‘ziga nisbatan ishonch, qiziqish uyg‘otib, 
psixologik aloqa o‘rnatilishiga erishadi. 
                                         
1
Qarang:  Соловьев А. Б. Допрос свидетеля и потерпевшего. – М., 1974. – С. 44.
 


 236 
Tergovchi guvoh, jabrlanuvchiga nima sababdan so‘roqqa chaqir-
tirilganliklarini tushuntirib, ular bilan erkin suhbat olib borishi kerak. Bu 
so‘roq qilinayotgan shaxsga fikrini jamlash, voqea-hodisalarni eslash, 
tergovchiga esa kuchli ta’sir ko‘rsatadigan va javobga yo‘naltiradigan 
savollar qo‘yishdan qochish imkonini beradi. Guvohlar va jabrlanuv-
chilarning ko‘rsatmalarini hurmat qilish va ularga ishonish tergovchi 
uchun majburiy shart bo‘lishi lozim. U shaxsga nisbatan qo‘pollik qilishi, 
uning ustidan kulish, unga nisbatan ko‘rinib turgan ishonchsizlik, e’tibor-
sizlik, shoshqaloqlik kabilarni namoyish etishiga yo‘l qo‘yilmaydi
1
. 
So‘roq qilinuvchining nutqiy faolligini oshirish tergovchining aniq 
savollar berish mahoratiga bog‘liq. Tergovchining savollari tizimi 
shaxsga huquqiy psixologik ta’sir etish vositasidir. So‘roqning muvaffa-
qiyati uni yaxshi boshlanishi va so‘roq qilinuvchi bilan aloqani to‘g‘ri 
o‘rnata olishdadir. So‘roqning boshlang‘ich bosqichida tergovchi so‘roq 
qilinuvchining shaxsini, shaxsiy xususiyatlarini, voqeaga nisbatan  muno-
sabatini aniqlashga harakat qiladi. Tergovchi so‘roq taktikasi  haqida 
oldindan xulosalar chiqarib, so‘roq qilinuvchi bilan  kommunikativ aloqa 
o‘rnatadi. Kommunikativ aloqa kishilar o‘rtasida axborot almashinuvi 
zarurligiga asoslangan. 
So‘roq qilish harakati hamda butun tergov jarayonining muhim 
muammosi yolg‘on ko‘rsatmalarni aniqlash va fosh qilishdir. Yolg‘on 
ko‘rsatmalarni fosh etishning universal usullari yo‘q. Bu borada 
yolg‘onning aniqlash indikatori va psixosamatik reaksiyalar – qaltiroq 
tutish, nafas olishining o‘zgarishi, tomoq qurish, to‘qimalarning torayishi 
yoki kengayishi, terining oqarib ketishi va qizarishi ham ishonchli vosita 
emas. Shu bilan birga, ko‘rsatma beruvchining nutqidagi to‘xtalishlar, 
ohangga ham e’tibor berish kerak. Lekin yolg‘on tez fosh qiluvchi 
taassurotdir. Yolg‘on ko‘rsatma beruvchi o‘zining yolg‘on ko‘rsatmalari 
tergovchi tomonidan qanday baholanishini kuzatadi, tergov jarayonini 
qo‘lga olib, suvdan quriq chiqishga intiladi. 
Xo‘sh, tergovni samarali olib borish uchun yolg‘on ko‘rsatmani 
aniqlash boshqa mamlakatlarda qanday olib boriladi? AQSHda yolg‘on 
ko‘rsatmalarni aniqlash maqsadida poligraf (lay dedektor) – test 
jarayonida insonni psixologik reaksiyalari o‘zgarishini aniqlovchi tizimlar 
tarkibi (puls, chastota, qon bosimining o‘zgarishi, nafas olishning 
o‘zgarishi) keng qo‘llaniladi. Shu qatorda mashqur italiyalik kriminalist 
                                         
1
 Qarang: Проблемы  судебной  этики / Под  ред.  М. С. Строговича. – М., 
1974. – С. 134.
 


 237 
vrach  Chezari Lombrazo gumonlanuvchilarning so‘roq vaqtida qon 
bosimini o‘lchash, yolg‘on ko‘rsatmalarni shu tariqa aniqlash mumkin-
ligini ilgari surgan Haqiqatda alohida fiziologik reaksiyalarni yolg‘on 
ta’siri mohiyati bilan adashtirib bo‘lmaydi. Lekin ushbu usullar tarkibi 
mutaxassislarga shaxslarni holatlar yuzasidan yashiringan voqealarga 
oydinlik kiritishga imkon beradi. Bunda tekshiriluvchiga ahamiyatli yoki 
ahamiyatsiz savollar beriladi. So‘roq davomida yolg‘on ko‘rsatmalarni 
fosh etishning eng ishonchli omili bu muloqotdir
1

Muloqotda inson odatda nafaqat aniq vazifalarni hal qilib qolmay, 
balki shaxsiy xohishlarini ham amalga oshiradi: o‘zi haqida yaxshi 
taassurot qoldirishga, mustaqilligini, bilimini ko‘rsatishga intiladi.  
So‘roq qilish jarayonini taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
1. (Kirish qismi) Tergovchi tomonidan og‘zaki shaklda kerakli 
ma’lumotlarni olish, ya’ni demografik ma’lumotlar. Bu ikki shaxsning 
bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqoti. 
2. Tergov qilishning asosiy qismi. Bunda tergovchi so‘roq qilinuvchi 
shaxsdan kerakli hamma ma’lumotlarni oladi, ya’ni tergov to‘g‘ri olib 
borilsa, u holda kerakli ma’lumotlar olinadi. Tergovchi so‘roq jarayonida 
birinchi olingan ma’lumotlar bilan keyingi olinganlarini taqqoslashi, 
noaniqlarni yo‘qotishi kerak. 
3. Tergov qilishning xulosa qismida tergovchi olgan dalillarni har xil 
usullar bilan ko‘rib chiqishi kerak. 
So‘roq qilinuvchi shaxslar xotirasidagi axborot tergovchining tartibli 
savollari ruhiy ta’sir qilishi orqali tiklanadi. Tergovchi so‘roq vaqtida turli 
xil axborotlar yig‘indisiga to‘qnash keladi. Uning vazifasi esa ushbu 
ma’lumotlarni tartibga solib, voqea-hodisani ochib beruvchi «kalit»ni 
topishdan iboratdir. So‘roq tergovchining mahoratidan kelib chiquvchi 
jarayondir, chunki bu holatda tergovchining malakasi, bilimi va so‘roq 
qilinuvchi bilan til topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p hollarda 
tergovchi so‘roq vaqtida nutqiy qobiliyati passiv bo‘lgan so‘roq qilinuv-
chiga duch keladi. Bunday vaziyatda so‘roq qilinuvchining  nutqiy 
faoliyatini faollashtirish tergovchining kommunikativ vazifasi hisobla-
nadi. Har bir kishining nutqining kuchli, kuchsiz tomonlari bo‘ladi, bu 
psixologik nuqtai nazardan so‘roq qilinuvchi shaxsga ta’sir qiluvchi 
omildir. 
So‘roq qilish jarayonining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bor.  
1) tergov jarayoni jinoiy-protsessual qonunlar bilan tartibga solinadi; 
                                         
1
 Qarang: Еникеев М.И. Юридическая психология. – М., 2001. – С.  179 – 180.
 


 238 
2) tergovchi va so‘roq qiluvchi shaxs o‘rtasida majburiy muloqot 
yuzaga keladi va bu shaxsning psixologik holatiga ta’sir qiladi; 
3) so‘roq vaqtidagi hamma muloqot so‘roq bayonnomasida  qayd 
qilinadi. 
Kommunikativ aloqa axborot almashish jarayoni bo‘lib, qayta 
aloqaga asoslangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 
jinoyatchi shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatishning o‘ziga xos 
psixologik xususiyatlariga ega. Psixologik  aloqa o‘rnatishda hamjihatlik 
va hamkorlik, aloqa o‘rnatishda ijobiy yaqinlashuv bo‘lajak muloqotning 
samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘rnatiluvchi aloqaga tergovchining 
hodisaga bir tomonlama yondashuvi, ayblash holatlari, e’tiborsizligi, 
vaziyatni  yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi belgilarga e’tibor ber-
masligi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, tergov jarayonida 
tergovchi ishga mos aloqa o‘rnatish uchun so‘roq qilinuvchini kommu-
nikativ aloqa o‘rnatishga qiziqtiruvchi holatlarni o‘rganishi zarur. Tergov-
chi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida terish uchun qulay usullarni 
tanlaydi. Ushbu usullarning eng muhimi psixologik aloqa o‘rnatishdir. 
Psixologik aloqa o‘rnatishga ijobiy ta’sir etuvchi omil esa tergovchi 
nutqining aniqligi, mantiqiyligi, ishonarliligi va yetarlicha yoritilishidir. 
Yuridik adabiyotlarda so‘roq quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
I) ishning holatini o‘rganish va tahlil qilish; 
2) so‘roqqa psixologik tayyorgarlik ko‘rish; 
3) so‘roq qilish; 
4) so‘roqdan keyingi xulosalar; 
5) so‘roq natijalarini tahlil qilish va baholash. 
Jinoyatchi shaxs o‘jar, janjalkash bo‘lsa, u holda quyidagi metodlar 
qo‘llaniladi: 
1) yolg‘onga yo‘l qo‘yish (gapirishga); 
2) favquloddagi holat (savol); 
3) savolning ketma-ketligi; 
4) diqqatini chalg‘itish; 
5) so‘roq sur’atini oshirish; 
6) so‘roq sur’atini birdan pasaytirish; 
7) shaxsning nozik joyini topish. 
Tergov eksperimenti shuni ko‘rsatadiki, 5–7 yoshdagi bolalar diqqati 
15 daqiqadan ko‘p bo‘lmaydi, 7–10 yoshdagilarniki 20 daqiqa, 10–12 
yoshdagilarniki 25 daqiqa, 12 yoshdan kattalarniki 30 daqiqa bo‘ladi. 
Jinoyat qilgan shaxsning psixologiyasi faqat o‘zini himoya qilishga 
qaratilgan bo‘lib, buni bildirmaslikka harakat qiladi. 


 239 
So‘roq qilinayotganda gumon qilinuvchiga aybini tan olishi jazosini 
yengillashtirishini aytish lozim. Guvoh va jabrlanuvchiga yolg‘on 
ko‘rsatma bergani va ko‘rsatma berishdan bosh tortgan uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilishi eslatiladi. 
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va tergovchi o‘rtasida doimo 
psixologik to‘siq mavjud, tergovchining vazifasi shu to‘siqni yo‘q 
qilishdir. 
Tergovda tergovchi liderlikni o‘z qo‘liga oladi, bundan ko‘zlangan 
maqsad so‘roq qilinayotgan odamni ezish emas, balki unda psixik 
faollikni yuzaga keltirish va shu orqali shaxsning qandayligini aniq-
lashdir. 
Tergovchi so‘roq qilishda faqat shaxsning og‘zaki javobiga emas, 
balki uning mimika, pontomimika, ovozidagi o‘zgarishlarga ham e’tibor 
berish kerak. Birinchi uchrashuvdagi taassurot doimo aldamchi taassurot 
bo‘ladi. 
Tergovchi tergov jarayonida shaxsning shaxsiyatiga tegadigan gap 
aytish kerak emas. Hech qachon so‘roq qilinayotgan shaxsga nisbatan 
salbiy munosabatda bo‘lmaslik tergovchilarning oltin qoidasiga aylanishi 
lozim. 
Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning ismini aytib murojaat qilsa, 
u tergovchining munosabatini ijobiy qabul qilishi mumkin. So‘roq 
qilinayotgan shaxsning quyidagi o‘ziga xos kechinmalarini esdan 
chiqarmaslik kerak: 
1) jinoyat qilib qo‘yganidan qattiq hayajonda; 
2) qamab quyishlaridan qo‘rqadi; 
3) odatiy hayoti (turmush tarzi) buziladi. 
So‘roq qilinayotgan odamning ijobiy tomonlari to‘g‘risida gapirish 
hech esdan chiqmasligi kerak. So‘roq jarayonida gumon qilinuvchining 
ustidagi kiyimi, qo‘lidagi uzugi, tatuirovkasi yoki jargoni tergovchiga gap 
boshlash uchun sabab bo‘lishi mumkin, lekin shaxsiga tegish kerak emas. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish