Kurs ishi topshirdi: To’rayev Umrzoq Qabul qildi



Download 87,89 Kb.
bet1/10
Sana14.04.2022
Hajmi87,89 Kb.
#549776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat unversitining


KURS ISHI

Topshirdi: To’rayev Umrzoq
Qabul qildi: Tangriberganova Qanigul


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat
Unversteti tarix fakulteti tarix yo`nalishi
3-g guruh talabasi To`rayev Umrzoqning
“ O`zbekiston davlatchiligi tarixi”fanidan
“Buxoro amirligida,boshqaruv tartiblari”
mavuyidagi kurs ishi

Mavzu: Buxoro amirligining,boshqaruv tartiblari


Reja:

I.Kirish………………………………………4-6
II.Asosiy qism……………………………….
1.Buxoro amirligidagi mansablar…………7-18
2. Buxoro amirligida davlat boshqaruv tizimining asoslari………………………………………19-29
3.Buxoro amirligining tarixshunosligi va manbashunosligi…………………………….30-33
5.Xulosa………………………………………..34-35
6.Foydalanilgan adabiyotlar………………….35

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda tarixchi olimlar oldida turgan o’ta dolzarb vazifalardan biri o’zbek davlatchiligi tarixini tarixiy manbalar orqali yoritish hisoblanadi. O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavorotdan tashviqot yuritayotgan, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga harakat qilayotgan kuchlarga zarba berishga tayyor bo’lishligimiz zamon talabi bo’lib qolmoqda. Prezident I.A.Karimov aytganidek “Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non tuzini yeganmiz. Hammamiz o’zimizni o’zbek sanaymiz. O’zligimizdan faxrlanamiz, g’ururlanamiz. ...qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o’troq madaniyat tashkil etganmi yo ko’chmanchi? O’zbek xalqining shakllanishida qanday elatlar ta’siri bo’lgan ?” degan og’ir savollarni qo’yib, unga javob topishga undaydi. Ana shu savollarga javob topish maqsadida, ilmiy asosda tushunib olish uchun Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy tarixini ilmiy jihatdan malakaviy ish sifatida o’rganishga kirishdik. Yurtimiz jaxon sivilizatsiyasin tarixida iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan yurt ekaniga yurtboshimiz Islom Karimov quyidagicha baxo bergandi. “ Bu ko`hna tuproqda milodgacha bo`lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o`zining ko`rki-tarovatini saqlab kelayotgan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan o`lkamizda dexqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va shaxarsozlik san`ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi „.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy tajribada ega Buxoro ahliga qarata quyidagi fikrlarni bildirgan:“ O`tmishda ham, keyingi zamonlarda ham, buxoroliklar tashabbuskorligi, yangilikka tashnaligi bilan xalqimiz orasida mashxur bo`lganlar. Yaxshilab eslab ko`rsak, paxtachilikda ham, chorvachilikda ham, boshqa talay sohalarda ham buxoroliklar ko`p marta ibratu namuna ko`rsatganlar. Biz o`z ajdodlarimiz va juda katta tariximiz bilan qanchalik faxrlansak, bu faxr tuyg`usi har birimizning zimmamizga shunchalik og`ir masuliyat ham yuklaydi. O`tmishimiz qanday buyuk va ulug` bo`lmasin, bizning bugun yashayotgan va mehnat qilayotgan avlodning eng muhim burchi oldimizda turgan dolzarb masala va muammolarni yechish, xalqimizning ertangi yorug`, boshqalar xavas qiladigan xayotiga zamin barpo etishdir. Mavzuning xronologik ko`lami. Mavzuning xronologik ko`lami 1758 – yil ya`ni Buxoro amirligiga asos solinishidan toki 1920 – yilgacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Ishning maqsad va vazufalari. Kurs ishining asosiy maqsadi aytilayotgan mavzuni atroflicha o`rganib tahlil qilish hamda mavzuni ilmiy yangiligini to`la yoritib berish. Kurs ishining asosiy vazifasi esa ushbu mavzuni to`la tahlil qilingan holda , Buxoro amirligining siyosiy tuzumi va davlat boshqaruvini atroflicha o`rganib uni tarixiy dalillar bilan ochib berish zarur. Shuningdek, O’zbekiston tarixida, o’zbek xalqining shakllanishida, Buxoro
amirligining iqtisodiy tarixi Yevropadagi bu davrda mavjud bo’lgan tizimga xos
bo’lgan o’zgarishlar bilan kechdi, ularni yangicha yondashuv asosida tahlil qilib,
inqiroz omillarini tatqiq etib, davrga xos ilmiy xulosa va fikr mulohaza bildirish.
Maqsaddan kelib chiqib qo’yidagi vazifalar belgilandi:
- Buxoro amirligining tashkil topishi. Mang’itlar sulolasining xokimiyat
tepasiga kelishining o’ziga xos xususiyatlar yoritish;
- Mang’itlar sulolasining davlat boshqaruvi tizimini chuqur tahlil etish;
- Buxoro amirligining ichki va tashqi iqtisodiy ahvoli va savdo aloqalari
mulkiy munosabatlarni tahlil qilish;
- Amirlikda savdo-sotiqning rivojlanishi sanoat ishlab chiqarishining
shakllanish jarayonini tadqiq etish;
- Buxoro iqtisodiyotiga chor Rossiyasi kapitalining kirib kelishi oqibatlarini
o’rganish;
- Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy ahvoli bo’yicha dars
ishlanmasi tayyorlash.

Download 87,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish