A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Tintuv o‘tkazish psixologiyasi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

11.4. Tintuv o‘tkazish psixologiyasi 
 
Voqea joyini ko‘zdan kechirishdan farqli o‘laroq, tergovchining izlov 
faoliyati tintuv vaqtida ko‘pincha qidirilayotgan narsalar topilishidan 
manfaatdor bo‘lmagan shaxslar bilan bevosita muloqot sharoitida, o‘zlari-
ning protsessual maqomiga ko‘ra tergovchining harakatlari samarador-
ligini, individual psixologik, kasbiy xislatlarini va uning shaxsiga xos 
boshqa jihatlarni baholash uchun bevosita imkoniyatga ega bo‘lgan 
shaxslarning ochiqchasiga ruhiy qarshilik ko‘rsatishi sharoitida amalga 
oshiriladi
2

Psixologik jihatdan tintuv murakkab va o‘ziga xos tergov harakati 
hisoblanadi. Uning asosiy elementlaridan birini tintuv qilinayotgan 
shaxsga nisbatan majburlash tashkil qiladi. Tintuv vaqtida tergovchi va 
unda ishtirok etayotgan boshqa mansabdor shaxslar jinoyatni tergov qilish 
uchun zarur ma’lumotlar topish maqsadida uy-joyni, turli imoratlarni, 
hududlarni, kiyim-kechak va hatto insonning badanini ko‘zdan kechira-
dilar va tekshiradilar. 
Tintuv  yashirilgan (ko‘pincha bila turib yashirilgan) obyektlarni 
qidirib topish bo‘lib, ko‘zdan kechirishdan farqli ravishda tergovchiga 
ushbu harakat oldiga qo‘yilgan maqsadning ma’lumligi, biroq shu bilan 
birga qidirilayotgan obyekt qayerda ekanligini aniqlash yo‘llarining 
nihoyatda noaniqligi xos bo‘ladi.  
Tintuv   shaxslarni, predmetlarni, xonalarni ongli ravishda yashi-
ringan obyektlarni topishda faol va maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok 
etilgan, keyinchalik to‘plangan ma’lumotlarni analiz va sintez qilishdan 
iborat bo‘lgan tergov harakati. Tintuv hodisa joyini ko‘zdan kechirishdan 
yana shunisi bilan farq qiladiki, uning obyekt geografiyasi juda ham 
                                         
1
 Белкин Р. С. Курс советской криминалистики. Т. 1. – М., 1977. – С. 36–63.
 
2
 Qarang: Романов В. В. Юридическая психология. – М., 1998. – С. 358.
 


 227 
kengdir. Tintuv o‘tkazishda organ xodimlarining faoliyati jinoyatchining 
ataylab yashirgan narsalarini topishiga qaratiladi. Tintuv o‘tkazishdan 
avval tintuv o‘tkazuvchining bunga to‘liq asosi bo‘lishi kerak. 
Tintuvning psixologik o‘ziga xosligi: 
1) majburlash xarakteriga egaligi; 
2) ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishi; 
3) aniq holatdagi tintuv; 
4) yuqori muammoli holatlar (ziddiyatli) 
Tintuv o‘tkazish dastlabki tergovning kechiktirib bo‘lmaydigan 
harakatlaridan biri bo‘lib, u jinoyatni ochishda jinoyat izlarini topish va 
ularni yo‘q bo‘lib ketishining oldini olishga qaratilgan harakatdir. Har 
qanday tintuv harakatlari o‘tkazilishida qonun tergovchi uchun asos bo‘ladi. 
Tintuv olib borish yashiruvchi va qidiruvchi shaxslar psixologiya-
sidagi qarama-qarshiliklar kurashidan iborat. Tintuv psixologik jihatdan 
og‘ir va o‘ziga xos tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. 
Yashirilgan narsani topish uchun tergovchi ikki turdagi faoliyatni 
amalga oshirishi lozim:  
– muayyan obyektlar qayerda ekanligini topishdan iborat qo‘yilgan 
vazifani fikran hal qilish, buning uchun yashirgan shaxsning fikriy 
jarayonlari va harakatlarining ehtimol tutilgan ketma-ketligini ochib 
berish;  
– tergovchining o‘zi yashirilgan narsani izlab topish borasida hara-
katlar qilishi.  
Tintuv qilinayotgan shaxsning boyliklar yoki jinoyat qurollarini 
yashirish borasidagi harakatlarining fikriy modelini tuzish tintuvga 
tayyorgarlik ko‘rishning majburiy elementi hisoblanadi. Buning uchun 
refleksiya usulidan foydalanish, ya’ni tergovchi o‘zini tintuv qilinayotgan 
shaxsning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (kasbi, ma’lumoti, xarakteri va 
odatlarini, qiziqishlari va boshqalarni inobatga olishi) lozim. 
Tergovchi tintuv o‘tkazilayotgan shaxsning obyektni yashirish usuli 
va joyi haqidagi masalani hal qilish chog‘ida uning fikrlash yo‘llarini 
bilishi juda muhim. Odatda har qanday inson obyektni yashirish haqidagi 
masalani mavjud amaliy imkoniyatlar, obyektning xususiyatlari, kasbiy 
bilimlari va, nihoyat, o‘zining aniq ruhiy xususiyatlarini inobatga olgan 
holda hal qiladi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqadiki, tintuv 
o‘tkaziladigan insonning shaxsini, hayotining barcha shart-sharoitlarini 
avvaldan o‘rganish nihoyatda muhimdir. To‘plangan ma’lumotlar ko‘p 
jihatdan refleksiv tafakkur – yashirilgan obyektlarni izlash usullarini 
aniqlash imkoniyatlarini oshiradi. 


 228 
Tintuv tergovchining asoslantirilgan qarori bo‘yicha amalga oshiri-
ladi. Qarorga tintuv nima sababdan va qayerda o‘tkazilishi, shuningdek, 
qaysi boyliklar, narsa va hujjatlar olib qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatiladi. 
Qarorda (u tintilayotgan shaxsga ko‘rsatilgani bois) oshkor etilishi 
tergovning borishiga xalal berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lmas-
ligi kerak. Tintuv faqat prokurorning ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Kechiktirib bo‘lmas hollarda u bunday ruxsatsiz ham o‘tkazilishi 
mumkin, ammo bir sutka ichida bu haqda prokurorga xabar berilishi 
shart. 
Tintuvga, bir tomondan, tergovchi va tintuvning boshqa ishtirok-
chilari hamda, boshqa tomondan, tintilayotgan shaxs maqsadlarining 
qarama-qarshiligi xosdir. Tintuvning majburlash xususiyatiga egaligi 
hamda unda ishtirok etayotgan shaxslar maqsadlarining qarama-qarshiligi 
deyarli doimo nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. 
Tintuv, tergov harakati sifatida, yorqin ifodalangan izlov xususiyatiga 
ega. Demak, ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa 
organlarning xodimlari ayblanuvchi tomonidan yashirilgan jinoyat 
qurollari, narsa va boyliklarni topishlari zarur. Tergovchi tintuv o‘tka-
zayotganida odatda uni o‘tkazishning shart-sharoitlari, olib qo‘yilishi 
lozim bo‘lgan obyektlar, ularning qayerda ekanligi haqida juda cheklan-
gan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu omillar tergovchining yashirilgan 
narsalar qayerda ekanligi haqida axborot olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tintuv o‘tkazish tergovchidan turli-tuman psixologik xislatlar, kasbiy 
bilim, uquv va ko‘nikmalarini namoyon etishini talab etadi. U tintuvning 
muvaffaqiyatiga yordam beradigan omillardan foydalanishi mumkin va 
kerak.  

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish