220
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytari-
lishida va natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatuvlari
ifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari,
xonadagi
buyumlar, izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik
holatlar ham qayd qilinadi. Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini
o‘tkazishda albatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea
bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning,
binoning, shaxs ko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina
tekshiriladi va
qayd qilinadi. Agar ko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan
bo‘lsa, tekshiruv va tintuv vaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto
ular tergov ishiga qo‘shib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday
o‘zgarishlar psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga
sharoit yaratadi. Masalan, gumondor shaxs qo‘lidagi pistoletni hojatxo-
naga tashlab yuborganini aytsa, tergovchi bu pistoletni hojatxonadan
topgan va ishga ilova qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu ko‘rsatmaning to‘g‘ri
ekanligidan dalolat beradi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina
uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni
ko‘rishning 7 ta holati mavjud:
1) voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;
2) yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;
3) xonalarni ko‘rish;
4) predmetlarni ko‘rish;
5) xonadagi hujjatlarni ko‘rish;
6) agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish;
7) pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi
uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:
1) tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va
hisobga olish;
2) yig‘ilgan hujjatlarni fikran tahlil qilish va
taxminiy xulosalarga
kelish;
3) voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai
nazardan tahlil qilish.
Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda,
jinoyatning
turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi
ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning
221
psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy
axborotdan iboratdir.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni
mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga
beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni
aniqlashga imkoniyat
yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga
yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: