A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Obro‘-etibor  murakkab bo‘lgan ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar 
tarkibiga kiruvchi bilimdonlik, kasbiy qobiliyat va tajriba, xizmat vazifa-
larini bajarishda faoliyatni tashkillashtirish bilan ifodalanadi.  
Xodimning ish uslubi, faoliyati, shaxsiy hayot kechirish tarzi ko‘p-
gina omillarga: asab tizimi, xarakteri, yo‘nalganligi, qiziqishlari, ehti-
yojlari va boshqalarga bog‘liq. 
 Profilaktika inspektorining ish olib borish usuliga quyidagi talablar 
qo‘yiladi: 
– qonunchilikka rioya etish; 
– kasbiy yo‘nalganlik; 
– qaror qabul qilish uquvi; 
– doimo o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirib borish. 
Jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashni tashkil 
etish o‘ziga xos va maqsad sari yo‘naltirilgan, bajarilishi lozim bo‘lgan 
vazifalarni ifodalovchi bir butun tizimdan iboratdir.  
Shuning uchun ham jinoyatlarning oldini olish va unga yo‘l 
qo‘ymaslik borasida olib boriladigan profilaktik ishlarni tashkil etishda 
quyidagi bosqichlar orqali zarur tadbirlar amalga oshiriladi: 
– huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarini tahlil 
qilish;  
– profilaktik tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishni reja-
lashtirish;  
– profilaktik faoliyat olib borishda ishtirok etuvchi shaxslarning  
ishlarini muvofiqlashtirish;  
– rejalashtirilgan, maqsad qilib qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish 
va olingan natijalarni psixologik tahlil qilish. 
Profilaktika faoliyatini umumiy, yaxlit tizimda tashkil etish, tabiiyki, 
jamoatchilik fikri va aholining tashabbuskorligini e’tibordan chetda 
qoldirmaslikni taqozo etadi. 


 210 
Shu sababli profilaktik ishlarni olib borishda quyidagi jihatlarga 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir: 
•  profilaktik faoliyatni olib borishda turli huquqbuzarliklar va salbiy 
xatti-harakatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni  hisobga olish;  
•  shaxsning ma’naviy shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi ijtimoiy 
hayot tarzi va muhit (oila, maktab, ish joyi, dam olish joylari va h.k.) 
o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish; 
•  jinoiy xatti-harakatlar va kriminogen vaziyatlarga nisbatan turli  
ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini profilaktik tadbirlarga jalb etish
•  turli soha vakillarini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilanish 
Profilaktika inspektorining tarbiyaviy ta’sir bir qator omillarga 
bog‘liq bo‘ladi: tashqi qiyofasi; tashabbuskorlik;  obro‘-e’tiborga egaligi;  
demokratiya;  eshitish qobiliyati; vaziyatni haqqoniy baholash va qabul 
qilmoq; mas’uliyat. 
Profilaktika inspektorlari aholi bilan hamkorlikda faoliyat olib 
borishda muloqotning quyidagi jihatlariga e’tibor berishlari lozim: 
•  suhbatdoshiga tushunarli bo‘lgan so‘z va birikmalarni tanlash, 
uning fikrlarini diqqat bilan eshitish; 
•  huquqbuzar bilan muloqot davrida aniq, qisqa va xushmuomalalik 
bilan suhbat olib borish
•  suhbatdosh tomonidan berilayotgan axborotga qiziqish bilan 
munosabat bildirish. Agar xodimga berilayotgan axborot tushunarsiz 
bo‘lsa, u holda aytilgan fikrlarni va ba’zi jumlalarni takrorlash xushmuo-
malalik bilan so‘raladi; 
• suhbat davomida salbiy ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratmaslik 
(qo‘ng‘iroqlar, begonalarni yo‘lakda yurishi va boshqalar); 
• suhbatdoshning mimika, jestlar va reaksiyalariga e’tibor berish.  
Suhbatdosh fikrlarini tugatgan bo‘lsa, olingan ma’lumotlar umum-
lashtiriladi, tahlil qilinadi, aniq dalillar oydinlashtiriladi, zarur bo‘lgan 
vaqtda dalillar bilan hujumga o‘tiladi. Xodimga qo‘yiladigan asosiy 
talablardan biri  eshitish qobiliyatining shakllanganligi hisoblanadi.  
Profilaktika xodimlari ishlash uslublarini takomillashtirish uchun 
kuzatish texnikasini yaxshi egallagan bo‘lishlar lozim. Xodimlarning 
kuzatish texnikasini egallashlari shaxsning hayotiy tajribasi, odatlari
ruhiy holati, hissiy barqarorligi, o‘z harakatlarini nazorat qila olishi, 
madaniyat darajasi, xarakter sifatlarini  bilishga xizmat qiladi. 
Xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi rivojlangan kasbiy 
diqqatlilik, sezgi va tasavvur a’zolarining mashq qilish orqali 


 211 
rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan 
ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash 
va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik hisoblanadi.  
Kuzatishning predmeti xodim uchun insonning tashqi ko‘rinishi, 
xatti-harakati va uning fikr-mulohazasi bo‘lishi mumkin. Inson qiyofasi, 
mimikasi (harakatlar ifodasi) uning vaqtinchalik psixik holati va 
voqealikka munosabatini to‘liq yoki qisman  ifodalaydi. Shu sababli 
insonning yuz ifodasi kuzatishning asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. 
Mimika esa to‘rt asosiy psixik holatlardan birini ifoda etadi, bular: 
xursandchilik, norozilik (xafa bo‘lish, alam, uyat va h.k.), g‘azab va 
qo‘rquv. 
Keskin, nosamimiy mimika, yuzning qizarishi yoki oqarib ketishi
lablarning titrashi  kuchli hissiy bezovtalanishni namoyon etadi. Nosami-
miy mimika (masalan, qayg‘uli voqealar aytilgandagi kulgu) bo‘layotgan 
hodisalarga nisbatan o‘zining aniq pozitsiyasining yo‘qligi, o‘ziga 
ishonchsizlik va haqiqiy munosabatini yashirishda  namoyon bo‘ladi. 
Jazava holatidagi namoyishkorona mimika odatda suhbatdoshni o‘ziga 
jalb etishga, unda qandaydir taassurot qoldirishga e’tiborini qaratadi. 
Sodda, ifodasiz mimika depressiv (ruhiy siqilish), tushkunlik holatida 
kuzatiladi. 
Tashqi ko‘rinishga oro berish (soch turmagi, kiyim-bosh, zeb-ziynat), 
insonning xatti-harakat motivlari, o‘ziga munosabati, estetik tasavvuri, 
yashash tarzini ifodalaydi. Tashqi ko‘rinishga haddan tashqari oro berish 
(masalan, erkaklarda uzuk, zanjir, bilak uzuk taqish) qarama-qarshi jinsga 
yuqori darajada qiziqish, o‘zini ko‘rsatishga  moyillikni anglatadi.  
Tashqi ko‘rinishni bezashning ba’zi ko‘rinishlari  ba’zi urf-odatlar, 
qiziqishlar, muayyan guruhlarning ma’naviyatini bildiradi.  
Profilaktika inspektori shaxs yuz a’zolarining barcha harakatlarini 
kuzatishi aloqa o‘rnatishni muvofiqlashtiradi yoki to‘sqinlik qiladi.  
Ko‘pgina holatlarda to‘sqinlik, qarshilik qilish insonda ichki qo‘zg‘alish, 
o‘z-o‘zini  nazorat qilishining o‘sishi, tashqi nosamimiylik, harakatlarning  
erkin emasligida o‘z ifodasini topadi.  Bunday qo‘zg‘alishlarni hech kim 
to‘liq bartaraf eta olmaydi. Agar fuqaro suhbat mobaynida o‘zining ichki 
his-hayajonidan qutila olmasa, bunday holat uning nimanidir yashirayot-
gani yoki biror narsadan qo‘rqayotganini anglatadi.    
Qo‘llarning harakati alohida e’tiborga ega. Shu sababli ko‘pgina 
insonlar o‘zlariga ishonmaganlarida, xijolat bo‘lganida,  jur’atsizlikda 
ongli yoki ongsiz ravishda qo‘llarini yashiradilar. Xodimga samarali 
kuzatish olib borish uchun kasbiy va hayotiy tajriba zarur bo‘ladi.  Shu 


 212 
sababli fuqaroning xar bir xatti-harakati sinchkovlik bilan tahlil qilinishi 
kerak. 
Nutqli muloqot faqatgina og‘zaki nutq emas, balki jestlar, intonat-
siya, pauza va mimikalar yordamida ham amalga oshiriladi. Nutqiy 
harakat obyekti so‘z boyligi, nutqning grammatik tuzilishi, ko‘rinishlari 
(monologik va dialogik), intonatsiya, nutq tempi, artikulatsiya  va 
boshqalar hisoblanadi.  
Nutqiy harakatlarning ba’zi birlari shaxsning emotsional holatlarini 
namoyon etadi: hissiy qo‘zg‘alish (g‘azab, qo‘rquv, shubhalanish va h.k.), 
nutq tempining o‘zgarishi, duduqlanish, pauzaning uzayishi yoki torayishi 
bilan davom etadi. Kuchli asabiy-ruhiy zo‘riqish nutqiy faoliyatni 
sekinlashtirishi, yaxshi ma’lum bo‘lgan so‘z va iboralarni esdan chiqishi
ularni qaytarilishi, talaffuzdagi xatolarni keltirib chiqaradi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish