A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Profilaktik faoliyat subyektlari va ular bilan ishlashning



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

10.2. Profilaktik faoliyat subyektlari va ular bilan ishlashning  
o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etishda jinoyat va, 
umuman, barcha xuquqbuzarliklarning o‘ziga xos ichki qonuniyatlarini 
bilish orqali hamda har biriga alohida yondashgan holda ish olib borish 
talab etiladi. Bu profilaktika faoliyati subyektlarining ishlarini to‘g‘ri 
tashkil etishlariga ham yordam beradi. 
Profilaktika inspektorlari kundalik faoliyati mobaynida doimo 
fuqarolar bilan munosabatga kirishadilar, ular bilan muloqot olib 
boradilar, ularning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadilar, ziddiyatli 
vaziyatlarni bartaraf etadilar,  tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadilar.  
Biriktirilgan hududda istiqomat qiladigan barcha fuqarolar profilaktik 
faoliyatning subyektlari hisoblanadilar. Ular tarkibini oddiy fuqarolar, 
voyaga yetmaganlar, o‘z xulq-atvori va faoliyatini  o‘zgartirishga, tibbiy, 
ijtimoiy, pedagogik yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari faoliya-
tining ba’zi yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tamiz. 


 201 
Profilaktika inspektorlarining faoliyatini umumiy va yakka tartibdagi  
profilaktik faoliyat ko‘rinishlariga ajratish mumkin. 
Umumiy  profilaktik faoliyat yo‘nalishi xuquqbuzarliklarning kelib 
chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hisoblanadi. Umumiy 
profilaktik faoliyat huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari nazarda tutadi.  
Yakka  tartibdagi profilaktik faoliyat bir maqsadga qaratilgan, ya’ni 
muayyan shaxs ongiga psixo-pedagogik ta’sir etish, mavjud salbiy 
xislatlarini (jamiyatga qarshi fikr va maqsadlar, salbiy odat va motivlar va 
boshqalar) yo‘qotish, bartaraf etish, irodaviy sifatlarini oshirish, shu bilan 
bir vaqtda qonunga itoatkorlik, ijobiy fazilatlar ko‘rinishidagi hulq-atvor 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.  
Profilaktik faoliyat bilan shug‘ullanadigan xodim kasbiy faoliyati-
ning subyekti shaxs yoki guruh bo‘lib, u shaxsning huquqiy psixologiyasi 
va xatti-harakati qaysi  yo‘nalishda shakllanayotganini bilishi kerak.   
Shaxs psixologiyasining huquqiy tuzilishi asosini shaxsning qonunga 
itoatkorlik xulq-atvorga yo‘nalganligi tashkil qilib, o‘zida qonuniylikka 
undaydigan kuchni qamrab oladi. O‘lar quyidagilar: 
•  ma’naviy va moddiy ehtiyojlar rivojlanishidagi uyg‘unlik, ya’ni 
kriminogen og‘ishlarning yo‘qligi (surunkali ichish, giyohvandlik, 
kleptomaniya, o‘g‘irlikka moyillikdan iborat ruhiy kasallik, jinsiy 
buzuqlik va h.k.); 
•  huquqiy ong – huquqiy qarash, g‘oyalar, ishonchlar, adolat orzusi
qonuniylik, teng huquqlilik, huquqiy birlik, majburiyat va h.k.   
•  huquqiy  qarashlar  –  jamoa, guruhning  bir a’zosi bo‘lgan inson 
jamiyat hayotida yuzaga keladigan huquqiy savollarga sinchkovlik va 
diqqat bilan qiziqishi va uni hal etishda qonuniylikka itoat etishi;  
•  qonuniylikni va huquqiy tartib-intizomni mustahkamlashga ko‘mak-
lashish va qonuniy harakatlarni amalga oshirishdagi qiziqish va 
extiyojlar, ya’ni huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash, oilada, ishda va atrofdagi kishilarni huquqiy norma va 
talablarga rioya etishni ta’minlash; 
•  huquqiy motivlar – shaxsni qonuniy xatti-harakatlarini ifoda etishga 
undaydigan kuch.  
Psixo-pedagogik ta’sir etish usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash, harakatni tashkil etish 
usullari.  
Muloqot jarayonida psixo-pedagogik ta’sir etish prinsiplari: 
1. Ta’sir etish shaxsning muayyan o‘ziga xosliklarini hisobga olgan 
holda amalga oshirilishi kerak. 


 202 
2. Psixologik ta’sir etish uchun inson psixikasining umumiy 
qonuniyatlarini va rivojlanish darajasini bilish kerak. 
3. Ta’sir etish jarayoni, uning elementlari, oqibatlarini oldindan 
rejalashtirish va bashorat qila olish shart. 
4. Shaxsning ijobiy ta’sirlanishi rag‘batlantirib borilishi kerak. 
5. Ta’sir etish inson huquqlarini poymol etishi kerak emas. 
6. Shaxsga ta’sir etish rejalashtirilganida barcha xatti-harakatlari 
tizimi aniqlanishi va hisobga olinishi kerak. 
7. Ta’sir etish jarayonida tashqi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish 
zarur. 
8. Ta’sir etish shaxsning hissiy holatini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. 
9. Ta’sir etish jarayonida ta’sir yo‘llanayotgan shaxsning psixologik 
faolligini ta’minlash zarur. 
Maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda psixologik 
aspektlarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Maishiy turmush sohasidagi munosabatlar asosida sodir etiladigan 
jinoyatlarning umumiy profilaktikasi aholi orasida targ‘ibot va tashviqot 
ishlari orqali ta’sir etish hisoblanadi. Fuqarolarning huquqiy ongini 
yuksaltirish jarayoni tizimli amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun 
ko‘rgazmali targ‘ibot vositalaridan, turli-tuman ijtimoiy ta’sir etish 
vositasidan keng foydalaniladi.  Targ‘ibot va tashviqot ishlari huquqiy va 
ma’naviy-axloqiy mavzulardagi ma’ruza, uchrashuvlar, yashash joylarida 
mahalla fuqarolik jamoalari faollari ishtirokidagi muhokamalar, 
televideniye va radio ko‘rsatuvlarda ishtirok etish hamda chiqishlar orqali 
amalga oshiriladi.  
Yakka tartibdagi profilaktika ishlari profilaktika xodimlari tomonidan 
amalga oshirilib, unda maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning oldini 
olish hamda ogohlantirish maqsadida va amalga oshishi mumkin bo‘lgan 
salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgandir. Yakka 
tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirishning quyidagi elementlari 
mavjud:  
• shaxslarni o‘rganish va ma’lumotlarni tekshirish hamda ularni 
operativ-profilaktik hisobga qo‘yish;  
•   maishiy turmush sohasidagi qonunga xilof xatti-harakatlarni 
o‘rganib, shaxslarga ta’sir etish; 
• hisobga olingan shaxslarni doimiy ravishda yashash sharoiti va fe’l-
atvorini kuzatib borish; 


 203 
• maishiy sohadagi nizoli vaziyatlar paydo bo‘lishiga omil bo‘luvchi 
ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va uning xuquqbuzarlikka ko‘chishi-
ning oldini olish; 
• jabrlanuvchilarga profilaktik ta’sir etish (viktimologik effektga 
erishish yo‘lida shaxslarning sun’iy ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kelti-
ruvchilar orasida); 
• vaqti-vaqti bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar natijalarini 
tekshirish va ularni psixologik tahlil qilish. 
Maishiy turmush sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini 
olishda yashash joylarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin 
tutadi va bunda dam olish jarayonlarini samarali tomonga burish lozim. 
Bu tadbirlarni ham umumijtimoiy chora sifatida asosan joylardagi 
hokimiyatlar faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq tarzda kompleks yondashuv 
asosida amalga oshirish talab etiladi.  
Aholining huquqiy jihatdan o‘zini tutish samaradorligini oshirishda 
omma o‘rtasida g‘oyaviy, mehnat va ma’naviy tarbiyaning o‘zaro 
birligini ta’minlash lozim. Bunda asosiy e’tibor asosan maishiy 
turmushda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarga qaratilmog‘i zarur. 
Aynan shu kabi shaxslarda o‘zgalarning huquq va manfaatlariga hurmat 
bilan qarashni hamda jismoniy kuch ishlatishdek g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar bilan nizolarni hal etmaslik odatlarini shakllantirish katta 
ahamiyatga ega. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish