204
Nosog‘lom oilalar va norasmiy voyaga yetmaganlar guruhi
guruhiy
ko‘rinishdagi tarbiyaviy ishlarni olib borishda profilaktik tadbirlarning
obyekti hisoblanadi.
Umumiy profilaktika choralari asosan beqaror oilalarning salbiy
ta’sirini neytrallashtirish, muhtoj o‘smirlarga davlat va jamoat yordamini
ko‘rsatish (vasiylik va homiylik o‘rnatish,
mehribonlik uyi, maktab-
internatga yuborish, o‘qishga yoki ishga joylashtirish), voyaga yetmagan-
larga ta’lim-tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar faoliyati-
dagi kamchiliklarni bartaraf etish, o‘smirlarning
dam olishini oqilona
tashkil etish, voyaga yetmaganlar qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan
nazorat olib borish va hokazolarni nazarda tutadi.
Ommaviy ko‘rinishdagi tarbiyaviy ishlarning maqsadi, guruh yoki
aniq shaxs bo‘lishidan qat’i nazar, profilaktik ta’sir etish hisoblanadi.
Ularga xodimning aholi oldida, ommaviy axborot vositalari, ya’ni radio,
televideniye va matbuotda chiqishlari (bunday chiqishlarda oilada, jamoat
tashkilotlarida foydalanmagan va ta’sir etilmagan tarbiyaviy ishlardan
foydalaniladi. Bunda doimo shuni ta’kidlash kerakki, tarbiya
va profi-
laktik ishlarni amalga oshirish jarayonidagi kamchiliklar o‘smirdan
mas’uliyat hissini kamaytirmaydi, tarbiyachi tarbiya uchun javob bersa,
jinoyatni kim sodir etgan bo‘lsa o‘sha javobgar bo‘ladi) va omma
oldidagi suhbatlar, hududdagi ta’lim muassasalari va boshqa turli
tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan profilaktik ishlarni amalga
oshirish jarayonida ularning yoshga oid o‘ziga xos sifatlarni va oilaviy
sharoitidagi ma’naviy qadriyatlarni shakllanganlik darajasini inobatga
olishi kerak. Shuning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, o‘smir va
bolalarni o‘rab turgan mikromuhitdagi salbiy ta’sirlarni bartaraf etish
zarur bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktik
ishlarni amalga oshirishda huquqiy, ma’naviy, axloqiy, vatanparvarlik
ruxida tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish
usullari turlicha bo‘lib, ulardan suhbat usuli keng tarqalgan ommaviy usul
hisoblanadi. O‘smir va bolalar bilan yakka tartibda profilaktik
suhbatni
amalga oshirish jarayonida ularning psixologik o‘ziga xosligini, ya’ni:
ko‘ngli nozikligi, arzimagan narsaga xafa bo‘laverish, jizzakilik, qo‘rquv
va tashvishga beriluvchanligi, g‘azablanganligi, qasoskorlik, tajovuz-
korlik, taqlid qilishga moyilligi va boshqalarni hisobga olish darkor.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash jarayonida ishonch hissini
uyg‘otish har bir profilaktika inspektorlaridan katta mas’uliyat talab etadi.
205
Shu sababli
suhbatni rasmiy ohungda emas, balki do‘stona munosabatlar
orqali boshlash, hamda suhbatning asosiy mazmuniga birdan berilmaslik
tavsiya etiladi. Suhbat mobaynida ishonch hissini uyg‘otish profilaktika
inspektorining samimiy munosabati orqali boshlanadi, o‘smirning bergan
savollariga oddiy harakat va so‘zlar yordamida munosabat bildirish unda
yaxshi taassurot qoldiradi.
Profilaktika inspektori suhbat mobaynida o‘smirning ota-onasi yoki
sinf rahbarini
taklif etsa, uning tarbiyaviy ahamiyati yanada ko‘proq
bo‘ladi. Bunday holatda profilaktika inspektori ko‘proq maslahatchi
vazifasini bajaradi, ya’ni yaqinlariga farzandining o‘qish yoki ishlashga
xohish-istagi yo‘qligini, jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga zid
bo‘lgan harakatlarni amalga oshirayotganligini misollar bilan keltirib
o‘tadi,
qonunlarni tushuntirib, izohlab beradi.
Profilaktika inspektori o‘smirning ota-onasi bilan hamkorlikdagi
sa’y-harakatlari orqali unga tarbiyaviy ta’sir etishlari kerak. Ushbu
tarbiyaviy jarayon, agar o‘smirning ota-onasining o‘zi nosog‘lom turmush
tarzini olib borayotgan bo‘lsa, tarbiyaviy jarayonni ancha murakkab-
lashtiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari
voyaga yetmaganlarni jamoat ishlariga, ijtimoiy zarur mashg‘ulotlarga
ko‘proq jalb etishlari tavsiya etiladi, bunda o‘smirda ijobiy qiziqish va
ehtiyojlar paydo bo‘ladi, ma’naviy-irodaviy sifatlar, kerakli va zarur
odatlar shakllanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bilan bog‘liq
barcha choralar uning bosh vazifasini amalga oshirish –shaxs buzilishi
boshlanishini to‘xtatishga, uning ayrim salbiy xususiyatlariga barham
berishga, shuningdek kriminogen omillar ta’siriga chek qo‘yishga
qaratilishi lozim. Profilaktika chora-tadbirlari tarbiyasi og‘ir o‘smirlar
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorining yanada xavfliroq shakllarga o‘tishini
to‘xtatishlari, ular kelajakda to‘g‘ri yo‘lga kirib, faol hayotiy nuqtai
nazarni egallashlarini ta’minlashi lozim.
Jiddiy kamchilik shundan iboratki,
voyaga yetmaganlar huquqni
muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining profilaktik ta’siri
doirasiga asosan huquqbuzarliklar sodir etganlaridan keyin tushadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: