A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik ishlarni olib borishda 
quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 
• muqaddam sudlanganlar shaxsini har tomonlama va sinchiklab 
o‘rganish (shaxsning ijobiy sifatlarni aniqlash maqsadida); 


 206 
• muqaddam sudlangan shaxslar o‘zini yaxshi tutishi uchun maxsus 
va pedagogik vaziyatlarni tashkil etgan holda ta’sir etishni amalga 
oshirish; 
• ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish usulidan mehnat tarbiyasida 
foydalanish;  
• muqaddam sudlanganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish usullarini tanlash; 
•  muqaddam sudlangan shaxslarni  mehnat faoliyatga jalb etish orqali 
to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish.  
Profilaktika inspektorlari jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatil-
gan shaxslarning xulq-atvorini, yashash va ish joylarini muntazam nazorat 
qilib boradilar hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilsa, bu 
haqida o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘radilar. Ular to‘g‘risida ma’lu-
motlarga ega bo‘lish uchun boshqa xizmat xodimlari va jamoatchilik 
vakillari bilan uzviy hamkorlik qilish talab etiladi. Bundan tashqari, 
profilaktika inspektorlari kundalik ish jarayonida sudlanganligiga ko‘ra 
ma’muriy nazoratga olish kerak bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralarini 
ko‘radilar, ular haqida tegishli ma’lumotlarni to‘plab, hujjatlarini rasmiy-
lashtiradilar. Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xavfli shaxslarning o‘z 
vaqtida nazoratga olinishi va tegishli profilaktik choralar ko‘rilishi muhim 
ahamiyatga ega. O‘z navbatida, profilaktika inspektorlari ma’muriy 
nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashishlarini ta’minlash 
maqsadida ijtimoiy ko‘nikma markazlari bilan o‘zaro hamkorlikni 
kuchaytirishlari maqsadga muvofiqdir.  
Ichkilikbozlik va giyohvandlikning oldini olish  bo‘yicha profilaktik 
faoliyatni amalga oshirishda nosog‘lom oilalar bilan profilaktik ishlarni 
olib borish va ichkilikbozlik hamda giyohvandlikka qarshi targ‘ibot va 
tashviqot ishlarni tashkillashtirish talab etiladi, bunda quyidagilarga 
e’tibor qaratish kerak: 
•  sog‘lom turmush tarzi va uning afzalliklari haqida targ‘ibot va 
tashviqot ishlarini olib borish; 
•  ommaviy axborot vositalarini jalb etish; 
•  ta’lim muassasalarda ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi 
tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish; 
•  psixolog, pedagog, tibbiyot xodimlarini tadbirlarda ishtirok etishini 
ta’minlash; 
•  huquqni muhofaza qilish organlarining huquqiy targ‘ibot ishlarini 
amalga oshirishdagi ishtirokini yo‘lga qo‘yish; 


 207 
•  jamoatchilik fikrini ichkilikbozlik va giyohvandlikni qoralashga 
qarshi yo‘naltirish va uni shakllantirish, mazkur muammoga mahalla 
qo‘mitasi va jamoatchilikni jalb etish;  
•  
huquqiy talablar darajasini oshirish, giyohvand moddalarni 
tarqatuvchi shaxslarni aniqlash; 
Giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxs ma’naviyatida jamiyat uchun 
xavfli  illatlar shakllanadi. Eng avvalo, qonunbuzarlik uchun javobgar-
likdan qochish maqsadida asta-sekin xufiya faoliyat yuritishga o‘tadi, bu 
esa ularning xavfliligini yanada oshiradi. Chunki giyohvandlarning 
jamiyat va davlat organlari nazoratida bo‘lmasligi ularning og‘ir jinoyat-
lar sodir etishiga olib keladi. Shu bilan birga, bu bosqichda giyohvandlar 
ruhiyatida yolg‘onchilik, odamovilik kabi illatlar shakllanadi.  
Umuman olganda, ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi kurashga 
psixologik tavsif berishda ijtimoiy turmush va ijtimoiy munosabatlarning 
o‘ziga xos jihatlarini imkon darajasida hisobga olish katta ahamiyatga 
egaligiga ham nazariy, ham amaliy jihatdan e’tibor qaratish lozim. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 
jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari aniq va mas’uliyatli 
vazifalarni bajarishi bilan ajralib turadilar. Ular jinoyatchilikning oldini 
olishda o‘ziga xos subyekt sifatida turli yo‘nalishlarda profilaktik chora-
tadbirlarni amalga oshiradilar. 
Ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari jinoyatchilikning oldini 
olishda boshqa huquq-tartibot idoralari qatori maxsus profilaktika 
ishlarini tashkil etadilar va olib boradilar. Bu  kriminogen vaziyatlarni o‘z 
vaqtida aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni hisobga 
olish hamda bartaraf qilish borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish, jinoyat 
sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish kabilarda 
namoyon bo‘ladi.  
Shu bilan birga, muntazam ravishda jinoyatchilikka oid axborotlarni 
jamlash, tahlil qilish va hokimiyat organlari hamda jamoatchilikni bu 
haqda xabardor etish ham ichki ishlar organlarining vazifasiga kiradi. 
Bayon etilganlar ichki ishlar organlarining maxsus profilaktika chora-
tadbirlari sifatida idrok qilinishi lozim. Shuningdek, ichki ishlar organlari 
tomonidan umumiy profilaktika ishlari tashkil etilishiga ham alohida 
e’tibor qaratiladi. Ushbu faoliyat yo‘nalishini amalga oshirishda jamoat-
chilik, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga 
qo‘yilgan. Aynan shu hamkorlikni tashkil etish huquqbuzarliklarning 
oldini olish xizmati va profilaktika inspektorlarining vakolat doirasiga 
kiradi. Profilaktika inspektorlari o‘z faoliyatlarini tashkil etishda mahalla 


 208 
yig‘inlari va ularning faollari bilan hamkorlikda profilaktika ishlarini 
tashkil etadilar. Bu esa u yoki bu aholi yashash joylarida, ishlab chiqarish 
korxonalarida, tashkilotlarda turli xil jinoyatlarning sodir bo‘lishiga sabab 
bo‘layotgan sharoitlarni aniqlash va, umuman, kriminogen vaziyatlar 
yuzaga kelishining oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish