199
Profilaktika xizmatlari tomonidan kriminogen vaziyatni umumiy
tahlil qilish faoliyatining mohiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
kriminogen vaziyat, uni tahlil etish; kriminogen
vaziyatni tashkil etuvchi
omillar; kriminogen axborotlarni o‘rganish; huquq-tartibot holatini aks
ettiruvchi axborotlarni o‘rganish va ularning maqsadi; huquqbuzarliklarni
tahlil qilish; huquqbuzarliklar dinamikasini tahlil qilish; huquqbuzar
shaxsini tahlil qilish va hokazo.
Kriminogen vaziyatni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor qaratish
zarur:
• hududni tavsiflovchi ma’lumotlar (maydoni va uning o‘ziga
xosligi);
•
hududda istiqomat qiluvchi aholini tavsiflovchi ma’lumotlar
(qariyalar, yetuk yoshdagilar va voyaga yetmaganlar soni);
• hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tavsiflovchi ma’lumotlar (ish
bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish, korxona, tashkilotlarning mav-
judligi);
• huquqbuzarliklarni tavsiflovchi ma’lumotlar;
• huquqbuzarlik sodir etgan va unga moyil shaxslarni tavsiflovchi
ma’lumotlar;
• hududdagi jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash,
xuquqbuzarliklarning oldini olish faoliyati subyektlarini tavsiflovchi
ma’lumotlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha ma’lumot to‘plash, ularni
tahlil etish va ular asosida tegishli profilaktik chora-tadbirlarni ishlab
chiqish hamda uni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘zlariga
birik-
tirilgan hududdagi kriminogen vaziyatni aniqlashda quyidagi ma’lumot-
lardan foydalanadilar:
– mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi aholining soni va ishsizlar
haqidagi ma’lumotlardan;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi aholining ijti-
moiy-iqtisodiy ahvoli, kam ta’minlangan, janjalkash va noqobil oilalar
haqidagi, shuningdek, voyaga yetmaganlar borasidagi ma’lumotlardan;
– mahalla posbonlari jamoat tuzilmalaridagi pasport tizimi qoida-
larini buzayotgan hamda uyidan uzoq muddatga chiqib ketgan
fuqarolar,
shuningdek giyohvandlikka moyillar, diniy ekstremistik oqimga a’zo
bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlardan;
– diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy masalalar bo‘yicha
maslahatchilarda to‘plangan hududdagi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy
200
ahvoli, ular orasidagi ishsizlik, diniy ekstremistik oqimlarga a’zo
bo‘lganlar, shuningdek jinoyat sodir etishga moyillar, giyohvandlar va
farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydiganlar, fohisha, qo‘shmachi,
axloqan buzuq ayollar haqidagi ma’lumotlardan.
Ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlarining kriminogen vaziyat-
ni o‘rganish, tahlil qilish va baholash bilan bog‘liq
faoliyatini
takomillashtirish butun faoliyat davomida rejalashtirilgan asosda olib
boriladigan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, aytish mumkinki, u ichki
ishlar organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlari takomillashuviga
chambarchas bog‘liqdir. Bu takomillashuv hamkorlikdagi faoliyatga ham
taalluqlidir. Bunda hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya oladigan,
kasbiy
mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va rahbarlarning roli kattadir.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, kriminogen
vaziyatni tahlil qilish va unga binoan kelgusidagi profilaktik ishlarni
rejalashtirish yaxshi samara beradi. Shuning uchun har bir reja hududning
holati, tuzilishi, sodir etilgan
jinoyatlar soni, jinoyatchilarning soni, aholi
gavjum joylar yoki ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan hamda fuqarolar
ko‘p to‘planadigan joylarni alohida nazarda tutgan holda puxta ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: