A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

11-MAVZU
 
 
 
JINOYATCHILARNI TERGOV QILISHNING PSIXOLOGIK 
ASOSLARI 
 
11.1. Jinoyatlarni tergov qilish faoliyatiga psixologik tavsif 
 
Respublikamizda hozirgi siyosiy ahvol, jinoyatchilikning o‘sishi 
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari zimmasiga mas’ul vazifa-
larni yuklamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Tinchlik-
osoyishtalik har bir insonga daxldor bo‘lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash 
shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lmog‘i 
kerak», degan so‘zlari bejiz emas, albatta. 
Shuning uchun ham jinoyatchilikka qarshi kurashishda, uning oldini 
olishda xalqimiz psixologiyasidan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqishimiz 
kerak. 
Dastlabki tergovni o‘tkazish ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi 
va ularning obyekti hisoblanadi. Masalan, kriminalistika, tezkor-qidiruv, 
pedagogika, jinoyat protsessi muammoga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va 
o‘rganadi Tergov tergovchi va jinoyatchi o‘rtasidagi psixologik qarama-
qarshilik bo‘lib, bunda jinoyatchi tomonidan yashirilgan narsani tergovchi 
va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qidirib topishlari kerak 
bo‘ladi. 
Yuridik psixologiya dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea 
sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov 
harakatlarining psixologik aspektlarini boshqa fanlar bilan bog‘langan 
holda tadqiq etadi. 
Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. 
Biroq sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi 
uchun dastlabki tergov deb ataladigan tayyorgarlik ishlari talab qilinadi. 
Dastlabki tergovning vazifalari quyidagilardan iborat: 
– jinoyatni ochish – jinoyat hodisasini va jinoyatchi shaxsini aniq-
lash; 
– dalillarni mustahkamlash, tekshirish va dastlabki tartibda baholash. 
Bundan maqsad aybdorni sudga topshirish, ya’ni uning bir tomondan 
aybiga muqarrar bo‘lishiga, boshqa tomondan esa yetarlicha asoslarga ega 
bo‘lishga erishishdir. 
Tergov faoliyatining maqsadi – asosiy ijtimoiy qadriyatlarni huquqiy 
qo‘riqlash, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish chog‘ida haqiqatni 


 214 
aniqlash, aybdor shaxslarni sudga topshirish. Shu bois tergovchi 
shaxsining kasbiy-psixologik sifatlari uning faoliyatiga xos ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy va psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq. 
Tergovchi faoliyatiga tergov vositalari va muddatlarining protsessual 
jihatdan tartibga solinganligi, ijtimoiy vazifasining shakllanganligi; 
muayyan bilish-izlash faoliyati; harakatlarining tezkorligi va niqoblan-
ganligi; manfaatdor shaxslarning ehtimol tutilgan qarshiliklarini yengish-
ga yo‘nalganligi; hokimiyat vakolatlarining mavjudligi, keng miqyosdagi 
ijtimoiy kommunikativlik (kirishimlilik), qabul qilinadigan qarorlar uchun 
nihoyatda katta shaxsiy mas’uliyat kabi xislatlar xosdir. 
Tergovchi faoliyati psixologik tuzilishining asosiy hal qiluvchi 
elementi uning xilma-xil faktlarni to‘plash va tekshirish borasidagi bilish 
faoliyatidir. Ushbu faktlar asosida u o‘tmishda bo‘lgan voqeani, ushbu 
hodisa bilan bog‘liq turli shaxslarning barcha o‘zaro munosabatlarini 
to‘liq tiklaydi, jinoyat sodir etgan subyektning shaxsini bilib oladi. Aynan 
dastlabki tergovda o‘tmishda sodir etilgan jinoyatning modelini yaratish 
jarayoni amalga oshiriladi. 
Tergovchi faktlarni to‘plash jarayonini boshlar ekan, ko‘pincha 
ushbu ma’lumotlarni to‘plash qanday natijaga olib kelishi mumkinligini 
bilmaydi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeaning to‘liq fikriy modelini 
tasavvur eta olmaydi. Bilish faoliyatining bu xususiyati olingan ma’lu-
motlarni to‘plash, tanlash va baholashda jiddiy qiyinchiliklarga olib kela-
di, u yoki bu faktlarning tabiati va haqiqiy qadr-qimmati, alohida faktlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa masalasida nihoyatda ko‘p va turli-tuman tusmol-
lar (taxminlar)ni ilgari surish va tekshirish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Tergovchining faoliyatida mavjud axborotni tushunish, uni izlash, 
zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash uchun sharoit yaratadigan krimina-
listik bilimlar va tajriba katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilim va tajriba 
tiklovchi xayolotni faollashtirish uchun ham zarur hisoblanadi. 
O‘tmishdagi voqeani bilish doimo ayni paytda faktlarga asoslanadi. 
Shu sababli mavjud faktlar va hodisalarning bo‘lib o‘tgan voqea bilan 
o‘zaro aloqalarining fikriy modellarini qurish zarurati yuzaga keladi. 
Bilish jarayoni o‘rganilayotgan faktlar, hodisalarni tekshirish va 
baholashga qaratilgan amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ushbu faoliyat 
jarayonida aniqlangan obyektlar bilan keng miqyosdagi eksperimentlar 
o‘tkaziladi
1
. Dastlabki tergovda bilish jarayoni axborot kelib tushishining 
                                         
1
 Qarang: Селиванов Н.  Критерии  допустимости  применения  тактических 
приемов при расследовании // Законность. – 1994. – №. 3. – С. 23–28. 
 


 215 
muayyan tartibsizligi bilan ajralib turadi. Jinoyat tadqiqot predmeti 
sifatida  murakkab va ko‘p qirrali hodisadir va hech bir shohid barcha 
elementlarni, ya’ni tayyorgarlik harakatlari, ishtirokchilarning til birik-
tirishi, subyektiv tomoni – harakat bilan uning natijasi o‘rtasidagi sababiy 
aloqa, jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-
sharoitlar va boshqalarni mushohada etishi mumkin emas. Bularning bari 
birgalikda boshqa faktlar orqali aniqlanadi (isbotlanadi)
1
. Umuman 
olganda, dastlabki tergov nazariy bilish faoliyati emas, balki jinoyat-
protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan amaliy faoliyat. 
Qonun nafaqat tergov harakatlarining ayrimlarini tartibga soladi, balki 
butun tergovning muayyan tartibini belgilaydi. 
Odillik, xolislik, ayblovga yon bosishdan qochish, qonunni 
og‘ishmay amalga oshirish – tergov faoliyatining asosiy talablari. 
Tergov faoliyatining vazifalari nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib 
turadiki, ularning to‘g‘ri hal qilinishi tergovchidan turli-tuman xislatlar, 
ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi. Tergovchiga tibbiyot va pedago-
gika, tovarshunoslik va buxgalteriya, transport va psixologiya singari turli 
sohalardan olinadigan maxsus bilimlar kerak. Bu bilimlarni tergovning 
murakkab vaziyatlarida qo‘llash uchun ular muayyan tartibga solingan 
bo‘lishi zarur. Tergovchi u yoki bu tergov harakati davrida amal qiluvchi 
obyektiv psixologik qonuniyatlardan samarali foydalanish uchun yana uni 
shaxsni diagnostika qilish hamda axborot olish va qayta tarbiyalash 
maqsadida unga ko‘rsatiladigan psixologik ta’sirni uyushtirishga 
qaratilgan psixologik dasturga ham ega bo‘lishi lozim
2

Tergov faoliyatiga jinoyat ishining muvaffaqiyatli tergov qilinishidan 
manfaatdor bo‘lmagan shaxslarning qarshilik ko‘rsatishini yengish xosdir. 
Aybdorlarning tergovchining jinoyatni tergov qilish va ochishga 
qaratilgan faoliyatiga uyushgan holda qarshilik ko‘rsatishi ushbu 
faoliyatni jiddiy qiyinlashtirishi mumkinligini inobatga olish lozim. 
Bundan avvalo jinoyatchining o‘zi eng ko‘p darajada manfaatdor. U 
odatda butun kuchini sarflab tergovchiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Bu 
borada u xilma-xil nayranglarni ishlatadi: shantaj, aldash, tuhmat qilish, 
qalbakilashtirish, guvohlarni sotib olish kabi u qo‘llaydigan vositalarning 
ushbu to‘plami amalda hech cheklanmagan. Tergovchi faqat qonuniy hamda 
axloqiy jihatdan nuqsonsiz vositalardangina foydalanishga haqlidir. 
                                         
1
 Qarang: Ратинов  А. Р. Судебная  психология  для  следователей. – М., 
1967. – С. 46.
 
2
 Qarang: Васильев В. Л. Юридическая психология. – М., 1991. – С. 331.
 


 216 
Tergovchi taktik usullardan, jumladan psixologik reagentlarni qo‘l-
lashga asoslangan, foydalanish huquqiga ega. Ushbu reagentlar ulardan 
foydalanishning haqiqiy yoki niqoblangan maqsadlari belgisiga ko‘ra 
muayyan tartibga solinishi mumkin (masalan, qo‘qqisdan ishga solish 
omilidan foydalanishga asoslangan tergovchi harakatlarining haqiqiy 
maqsadlarini oshkor etmaslikka asoslangan; gumon qilinuvchida uning 
ishtirokchisi fosh etilganligi haqida tasavvur hosil qilishga asoslangan; 
gumon qilinuvchining «maqsadga muvofiq» harakatlari haqidagi fikrni 
singdirishga asoslangan va h.k.). Biroq psixologik reagentni muvaffa-
qiyatli qo‘llashga haddan tashqari yuqori baho bermaslik kerak. Bu 
tergovchidan ayblanuvchining har qanday ko‘rsatmalarini puxta tekshi-
rish, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun barcha choralarni 
ko‘rish, o‘z harakatlarini huquqiy va axloqiy qoidalar bilan qat’iy 
muvofiqlashtirish majburiyatini soqit qilmaydi
1

Tergovchi va manfaatdor shaxslar holatidagi tengsizlik manfaatdor 
shaxslar qaysi holatlarni yashirish ma’qulligini bilishlari bilan ham 
bog‘liq. Ayni vaqtda tergovchi ish yuzasidan aynan nima aniqlanishi 
kerak va mumkinligi xususida nihoyatda kam tasavvurga ega bo‘ladi. 
Tergovni o‘tkazayotgan shaxs jinoyat izidan borar ekan, doimo «voqealar 
ortida» bo‘ladi. Jinoyatchi esa doimo vaqt va tashabbusda muqarrar 
ustunlikka ega bo‘lib, tergovchini nihoyatda qiyin vaziyatda harakat 
qilishga majbur etadi. 
Bularning bari tergovga kurash tusini beradi, ushbu kurash ba’zan 
nihoyatda keskin shakllarga kiradi. Xavfli vaziyatlarni yengish, tergov-
chining yo‘lida atayin yaratiladigan to‘siqlarni bartaraf etish zarurati 
tergovchida turli hissiy reaksiyalarni yuzaga keltiradi, undan doimiy 
irodaviy zo‘riqishni va kuchli aqliy faoliyatni talab etadi
2

Tergovchining kasbiga xos xislatlar orasida aqliy, irodaviy va kom-
munikativ xislatlar birinchi darajali ahamiyatga ega. 
Tergovchining asosiy vazifalaridan biri yuzaga kelgan nizoli 
vaziyatni hushyorlik bilan baholashdir. Bunda esa uni tizimli tahlil qilish 
yordam berishi mumkin. Tergovchi unga ko‘rsatilayotgan qarshiliklarni 
inobatga olishi lozim, ular xolisona tergov qilishga xalal beradi. 
Tergovchi muayyan yo‘lni tanlar ekan uning harakat strategiyasi ushbu 
                                         
1
 Qarang:  Селиванов Н.  Критерии  допустимости  применения  тактических 
приемов при расследовании // Законность. – 1994. – №. 3. – С. 26–28. 
 
2
Qarang: Чуфаровский Ю. Юридическая психология. – М., 1995. – С. 152–
153; Унинг ўзи. Юридическая психология. – М., 1997. – С. 205–206.
 


 217 
vaziyatda eng yaxshi strategiya ekanligini ko‘rsatadigan asosga ega 
bo‘lishi, o‘z tanlovini mustahkamlashga, miqdorga oid ma’lumotlar bilan 
asoslashga harakat qilishi kerak. 
Ta’kidlash lozimki, tergovga faqat kurash xos emas, haqiqiy 
tergovchi uchun yanada ko‘proq darajada so‘roq qilinayotgan shaxsga 
nozik psixologik ta’sir ko‘rsatish xosdir. Bundan maqsad jinoyatni ochish 
va jinoyatchilikning oldini olish uchun ushbu shaxsning holatini va hatto 
harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdir. 
Yuridik adabiyotlarda tergovda «psixologik reagent»dan foydalanish 
bilan bog‘liq taktik usullar qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Bunday 
reagentlar vazifasini narsa, inson, fakt, hodisa, xabar bajarishi mumkin. 
Ushbu usulning mohiyatini gumon qilinuvchiga reagent, ya’ni biror 
yolg‘on fikrga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitda potensial psixologik ta’sir 
ko‘rsatilishi tashkil qiladi. Bunda aybsiz odamga u farqsiz bo‘ladi, aybdor 
ongida esa u jinoyat bilan bog‘lanadi va tegishli psixologik reaksiyani 
keltirib chiqaradi. Ushbu reaksiya ko‘pincha tashqaridan ham ko‘rinib 
turadi
1

Tergov jarayonida maxsus bilimlarni ishlatishning eng muhim 
shakllaridan biri tergovchi tomonidan jinoyatlarni tergov qilganda, ya’ni 
jinoyat voqeasi va uni sodir etgan shaxslarni aniqlashda, bevosita tegishli 
faktik ma’lumotlardan foydalanish alohida o‘rinni egallaydi. 
Tergovni olib borishda ko‘p hollarda voqeadagi mujmallik va har xil 
subyektiv sabablar kriminalistikadan, sud meditsinadan mutaxassislarni 
jalb qilishni taqozo etadi, ikkinchi tomondan mutaxassisning fikri 
shartdir. Bunday shaxslar shu sohada maxsus bilim va tajribaga ega 
bo‘ladi. 
Tergov jarayoni psixologik tahlil obyekti sifatda quyidagilarga 
bo‘linadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish