256
Jinoyat sodir qilgan shaxslarni qidirish faoliyatini psixologik jihatdan
quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganish lozim.
Birinchi bosqichda qidiruvning sababi, maqsadi, jinoyatni kim yoki kim-
lar tomonidan sodir etilgani, jinoyatning sodir etilish usullari va jinoyatchilar-
ning jinoyat sodir qilishdan maqsadlari va ularning vazifalari o‘rganiladi.
Ikkinchi bosqich – guvohlar va ularning ko‘rsatmalarida qanday
psixologik xususiyatlar xosligi. Jinoyat sodir
qilishda jinoyatchi shaxs-
larning psixologik jarayonlarini o‘rganish, ya’ni:
– jinoyatchining tashqi ko‘rinishini idrok etish;
– jabrlanuvchining tashqi ko‘rinishini idrok etish;
– jinoyatchi shaxsning xatti-harakatlarini esda saqlab qola bilish;
– jinoyatchi shaxsning yuz tuzilishini tasvirlab berish.
Uchinchi bosqich – jinoyatchi shaxs haqida ma’lumot to‘plash va
ularni tahlil qilish:
– jinoyatchi shaxsning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvurga ega
bo‘lish;
– jinoyatchi shaxs obrazini xayoliy tasavvur qila bilish;
– yasharinish joylarini taxmin qila bilish;
– qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olish uchun qo‘llanadigan usullarni
o‘ylab topish.
To‘rtinchi bosqichda xodim qidiruv harakatlarini amalga oshirishda
quyidagi holatlarni aniqlashga e’tibor qaratadi:
– qidiruvdagi shaxsning ehtimoliy harakatlari va yashirinishdan
maqsadi;
–
uning yashirinish niqoblari;
– odatlari, qiziqishlari;
– xarakteri va temperamenti;
– qidiruvdagi shaxsning yaqin qarindoshlari, tanishlari haqida ma’lu-
motlarga ega bo‘lish;
– qidiruvdagi shaxsning boshqa shaxslar bilan o‘zaro aloqasi;
– qidiruvdagi shaxs qidiruv harakatlarini sezganda o‘zini chetga
olishi va aldash usullari;
– qidiruvdagi shaxsning intellektual sifatlarini hisobga olish va
boshqa shu kabi psixologik tomonlarini inobatga olish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Qidiruvdagi shaxs xatti-harakati dinamik xarakterga ega. U
qidiruvda
qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida vujudga keladi va o‘zgarib boradi.
Xodimda qidiruv ishlarini olib borish uchun quyidagi psixologik sifatlar:
psixologik tayyorgarlik, kasbiy mahorat, rivojlangan xotira, mantiqiy
tafakkur muhim hisoblanadi.
257
Shu ma’noda yashiringan jinoyatchining shaxsi to‘g‘risida tusmol-
larni quyidagi ma’lumotlarga ko‘ra ilgari surish mumkin:
•
jabrlanuvchi va shohidlarning jinoyatchining tashqi ko‘rinishi,
ketgan yo‘nalishi va u qo‘llagan transport to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari;
•
jinoyat usullari va motivlari to‘g‘risida; jinoiy xulq-atvorning
moddiy materiallardan mustahkamlangan izlaridan, jinoyat sodir etish
natijasida voqea sodir bo‘lgan joylarda qolgan izlar bo‘yicha;
•
jabrlanuvchining bedarak yo‘qolishi va u bilan birga bo‘lgan
hamrohlarning aniqlash natijasiga ko‘ra.
•
mazkur qotillikka muqaddam shaxsga qarshi jinoyatlarga, shuning-
dek qotillik sababli mulkning o‘g‘irlanishiga daxldor shaxslarni tekshirish
bo‘yicha.
Qotillik bilan bog‘liq jinoyatlarda psixologik xususiyatga ega holat-
larni tahlil qilish. Jinoyat tarkibining subyektiv tomonini tashkil qiluvchi
barcha psixik holatlar – motiv, maqsad, ayb, uning shakllari, ayblanuvchi
shaxsining psixik xususiyatlari va isbotlanishi zarur bo‘lgan
holatlar
hisobga olinishi shart. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
•
tergov harakatlari olib borilayotgan voqealikning obyektiv
xususiyatlari (jinoyatchi va jabrlanuvchining psixik faolligining tashqi
namoyon bo‘lishi, qilmishning maqsadga yo‘nalishi, qarashlar va stereo-
tiplarning tashqi namoyon bo‘lishi, xulq-atvor, ko‘nikmalar va hokazo);
•
jinoyatchining jinoyat sodir etgunga qadar xulq-atvori va ruhiy
holatlari;
•
jinoyatchining jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori va ruhiy
holatlari.
Jinoyatdan avvalgi shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olish
jinoyatchining jinoyatni sodir etishda ongli yoki ongsiz ravishda harakat
qilishi, uning shaxs sifatida ongli tarzda o‘zini o‘zi idora qila olishi, xatti-
harakatlarining rejalashtirilayogan jinoyat bilan mosligi, shaxs kriminal-
lashuvining me’yori, jinoyatchi tomonidan uning jinoiy qasdini amalga
oshirishiga yordam beradigan yoki qiyinlashtiradigan holatlarni oldindan
ko‘ra olish, uning qasdi yoki ehtiyotsizligini aniqlash zarur.
Jinoyat sodir etilishidan avvalgi holatlardan deyarli barcha qasddan
sodir etiladigan qotillik jinoyatlari sabablarini aniqlash mumkin (o‘ch
olish, g‘araz, rashk, adovat va hokazo.). Jinoyatning impulsivligi,
affektivligi ko‘pincha jinoyat voqeligini tahlil qilishga bog‘liq. Sodir
etilgan jinoyatga tegishlilik ayblanuvchining jinoyat
sodir etilganidan
keyingi xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixik anomaliya (og‘ish)lar
bilan bog‘liq holatlarni tahlil qilishda psixologlarning maxsus
bilimlaridan foydalaniladi, bunda sud-psixologik ekspertiza tayinlanadi.