1. Jinoyatchi shaxsning jinoyat sodir etishga qadar bo‘lgan psixo-
logiyasi tahlili:
•
qonunbuzar shaxsning jabrlanuvchi bilan jinoyat sodir etilishiga
qadar bo‘lgan aloqasi, jabrlanuvchining xulq-atvori bilan bog‘liq o‘ziga
xos xususiyatlarni bilishi, jabrlanuvchi bilan nizoli munosabatlarni
rivojlantirish, jinoyatning asosiy yo‘naltiruvchi motiviatsiyalarini,
jinoyatni amalga oshirishning dasturini belgilash va amalga oshirish
shartlarini aniqlab olish;
•
jinoyatning qurol va vositalarini olish yoki yasash (mutaxassislar
bilan maslahat qilish, adabiyotlarni o‘rganish);
•
jinoyatni hech qanday to‘siqlarsiz yashirin tarzda amalga oshirish
uchun zamin tayyorlash, kelgusida qotillikni yashirish uchun shart-
sharoitlar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |