269
Kasbiy faoliyat xodimga ko‘plab turli xil talablar qo‘yadi, ular
orasida eng muhimlaridan biri –
shaxsda kasbiy xislatlarning rivojlangan
bo‘lishi. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
– shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo‘nalganligi;
– psixologik barqarorlik;
– rivojlangan irodaviy xislatlar: murakkab vaziyatlarda o‘zini tuta
bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;
– yaxshi rivojlangan kommunikativ xislatlar;
– turli toifadagi kishilar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli
munosabatlar o‘rnata olish
va uni saqlay bilish;
– turli xil profilaktik ishlarni amalga oshirishda fuqarolarga
psixologik ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati;
– rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlari: kuza-
tuvchanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;
– rivojlangan tafakkur, aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan
intuitsiya;
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga tug‘ilganidan xos emas, ularni shakllantirish
va rivojlantirish – davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari
xodimlarining kasbiy shakllanishi uchun zarur shartdir.
Ushbu xislatlar-
ning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki yetarli rivojlanmaganligi o‘z
funksional vazifalarini me’yorida bajarishiga xalaqit beradi, faoliyatida
xatolarga yo‘l qo‘yishiga, o‘z kasbiga moslasha olmasligiga va kasbiy
buzilishiga olib keladi. Shu bois xodimlarda ushbu xislatlarni shakllan-
tirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat
kasb etadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat jarayonida o‘z holatini
boshqarish zarur bo‘lgan vaziyatlar tez-tez yuzaga keladi. Ruhiy va
jismoniy zo‘riqishlar haddan tashqari katta bo‘lganda, buning ustiga
xodim o‘z xatti-harakatlarini yomon boshqarganda asabiylashish yuzaga
keladi. Bu esa faoliyat samaradorligini pasaytiradi va uning noto‘g‘ri
tashkil etilishiga, ishda jiddiy xato va kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Bunday vaziyatlarning takrorlanishi ko‘pincha o‘ziga bo‘lgan ishon-
chning yo‘qolishiga, asabiy depressiyalarga olib keladi. Masalan,
o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoyat qidiruv bo‘limlarining
so‘ralgan xodimlaridan 30 % uyqusining buzilishidan shikoyat qilganlar,
80 % dan ko‘prog‘i nevrotik holat ko‘rinishlarining bir necha alomatlari
borligini ta’kidlaganlar. Bu alomatlar ish kunining oxiriga borganda
charchash (70 %), diqqatning pasayishi (30 %), tajanglik (20 %), bosh
270
og‘rig‘i va aylanishi (10 %), uyquchanlik va darmonsizlik (10 %)larda
namoyon bo‘ladi
1
.
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari
va usullarini egallashlari bugungi kunda juda dolzarb vazifadir. Xizmat
faoliyatida asablari mustahkamroq bo‘lgan, raqib (jinoyatchi) bilan
kurashishga yaxshiroq
shaylana oladigan, nafaqat jismoniy va aqliy
imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, balki asabiy-ruhiy faolligini
maqbul darajada saqlay oladigan, tezkor-xizmat
faoliyatining murakkab
vaziyatlarida o‘zining irodaviy faolligini namoyon qila oladigan xodimlar
ko‘proq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadilar.
Xodimdagi hissiy-irodaviy barqarorlikka uning kasbiy faoliyatga
psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri sifatida
qarash mumkin. Bu, o‘z navbatida, har bir xodimning kasbiy malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Hissiy-irodaviy barqarorlik
deganda, murakkab vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay
bo‘lgan psixik holatni saqlash qobiliyati tushuniladi. Hissiy-irodaviy
barqarorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ekstremal vaziyatlarda xodimda harakatlarining
samaradorligini
pasaytiruvchi va noaniqliklar, adashishlar tug‘diruvchi psixologik reak-
siyalarning yo‘qligi;
– psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan sharoitlarda vazifani bexato
bajarish mashqini olganlik;
– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan
vaziyatlarga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik va diqqatni namoyish etish;
– ishlarni qat’iy qonun asosida yuritishga ta’sir etuvchi shaxslarning
ruhiy ta’siriga berilmaslik;
– jinoyatlarning oldini olishga, ularni ochish va tergov
qilishga
qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslarga qarshi psixologik kurash olib borish
qobiliyati;
– psixologik jihatdan murakkab, nizoli, ig‘vogarona vaziyatlarda
o‘zini yo‘qotmaslik.
Hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish jarayoni quyidi uchta asosiy
prinsipga tayanadi:
– relaksatsiya;
– vizuallashtirish;
– o‘zini o‘zi ishontirish.
1
Qarang:
Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим-
ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 35–36-б.