ILOVALAR
PSIXOLOGIK TEST VA TOPSHIRIQLAR
Xotiraning unumdorligini aniqlash
Ushbu testdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddatli va uzoq muddatli
xotiraga xos jihatlarni ularning unumdorligi nuqtai nazaridan
o‘rganishdan iborat. Tadqiqot to‘rtta kichik testni o‘z ichiga oladi. Sizga
cheklangan vaqt mobaynida (1-test – 40 soniya, 2-test – 40 soniya, 3-test
– 10 soniya, 4-test – 60 soniya) muayyan ma’lumotni esda olib qolish
hamda mos ravishda birinchi test uchun – so‘zlar va ularning raqamli
belgilari, ikkinchi test uchun – raqamlar va ularning raqamli belgilari,
uchinchisi uchun – figuralar, to‘rtinchisi uchun – qalin yozuv bilan
ajratilgan va raqamlar bilan belgilangan fikrlarni esda olib qolish va
matnda ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya qilgan holda aytib berish taklif
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |