Niyatimga yetkaz,ey Alloh
Dardimga sheriksan,o’zingsan guvoh
To’g’ri yo’lga boshla, o’zing bo’l ogoh
Xato qilib tovba qildimmi goh-goh
Niyatimga yetkaz , ey yolg’iz Alloh
Faqat boshimga ish tushganda eslab,
Aytganim bo’lmasa, bo’lsin deb tezlab
Xato yo’lga kirsam to’g’riyo’l izlab
Niyatimga yetkaz, ey yolg’iz Alloh
Orzularim ko’pdir, osmondan yiroq
Yo’limga qo’yishdi qopqon-u tuzoq
Yer qattiq bilingiz, osmon ham uzoq
Niyatimga yetkaz, ey yolg’iz Alloh
Otam-onam omon bo’lsalar bo’ldi
Ertaga umidlar barisi o’ldi
Bo’ldi xiyonatdan paymonam to’ldi
Niyatimga yetkaz, ey yolg’iz Alloh
Hech kim bo’lmasa ham o’zing bo’l panoh
Mendan xafa bo’lib yurgan odamlar
Dunyoning ishlari xilma-xil ,turfa
Odamlar topilar, sizdan-da xafa
Sizga shu jonimni qilaymi tuhfa
Mendan xafa bo’lib yurgan odamlar
Hayot omonatdir, tezda o’tadi
Kechirsangiz sizni jannat kutadi
Ishongan do’stingiz bir kun sotadi
Mendan xafa bo’lib yurgan odamlar
Yoshlikda ham bo’ldi har xil urushlar
Bizni ajrata oldi iymonfurushlar
Keyin afsus qilmang, xato bu ishlar
Mendan xafa bo’lib yurgan odamlar
Bu kunlar o’tadi,do’stlikni o’ylang
Qaytmaydi bu dunyo, qaytmas bu damlar
Xafalik to’xtating,yaxshilik yo’llang
Mendan xafa bo’lib yurgan odamlar
Sinfdosh
Umrning choragin o’tkazibmiz biz
Bazida urushdik qadrdonlarim
Davrani sog’indi bizning ko’zimiz
Keling, yig’ilaylik sinfdoshlarim
Oradan ko’p vaqtlar o’tdimi selday
Sizga dardim aytdim, siz sirdoshlarim
Umrning qolgani o’tmoqda yelday
Keling, yig’ilaylik sinfdoshlarim
Goho tanbeh berdi ustozlarimiz
Gohida maqtashdi dilimiz shodon
Shu kunlarga qaytib eslashaylik bir
Keling, yig’ilaylik sinfdoshlarim
Sizda muammo bor buni bilaman
Lek sizni sog’indi mungli ko’zlarim
Hatto ne desangiz shuni qilaman
Keling, yig’ilaylik sinfdoshlarim
Bazida yoshlikka qaytgim keladi
Gaplarim tinglangiz qadrdonlarim
Sizlarga bir gapni aytgim keladi
Keling, yig’ilaylik sinfdoshlarim
Ona
Uydan chiqsang, duolar bilan
Bilib qoygin umring o’tadi
Hatto tunlar mijja qoqmasdan
Uyda seni onang kutadi
Kelganingda jonim bolam deb
Peshongdan o’pib qoyadi
Ko’chadagi do’stingdan ko’ra
Uyda seni onang kutadi
Bazida-chi jufti haloling
Bir soniya yodga oladi
Har daqiqa esga oluvchi
Uyda seni onang kutadi
Senga yoqmas hech bir so’zlari
Hech qaysiga qilmassan parvo
Ulg’aytirgan yolg’iz o’zlari
Aytganlarin qilgin muhayyo
Bu g’animat dunyo o’tadi
Uyda seni onang kutadi
Ota
Bazida siz uchun so’z topolmadim
Goh ranjitsam, ko’nglingiz men ololmadim
Shuncha vaqt qadringiz nahot bilmadim
Ota , uyingizga men qololmadim
Kuzatdingiz ortimdan yig’lab ohista
Bag’ringizda unib o’sdim lek to’yolmadim
Hech bitta so’z demasdan ketsam-da asta
Ota , uyingizga men qololmadim
Goho sog’indingiz, gohida qo’msab
Pana-panalarda yig’labsiz ota
Yoshlikda beboshlik qilganim eslab
Sizni sog’inaman, sog’indim ota
Otamning so’zlari tillolarga teng
Boshing toshdan bo’lsin deb niyat qilar
Yana oldingiday jonim qizim deng
O’zidan o’tganin bir o’zi bilar
Hazil she’r
Bir uydan boshqa uyga
Kelarkan bir kelinchak
Begona u demasdan
Uni asramoq kerak
Qaynona bu onaday gap
Qaynota ota tengi
Uni hadeb niqtayvermang
Kuymasin oppoq yengi
Qaynopasi kunda kelib
Qilmasin jonin halak
Ota uyda shunday o’sgan
Nozik, parivash, malak
Qaynisingil dam o’qishga
Dam ishiga boradi
Lek kelindan ne o’tganin
Yolg’iz Xudo biladi
Ota uyni qo’msab hadeb
Yig’lasa ko’nglin oling
Axir u ham sog’inadi
Tez birga borib keeling
Keliningiz yomonlamang
U ham birov bolasi
Qaynota tez koyib qoying
Unday qilma onasi
Qaynona, qaynota mayli
Ovsinga ne hojat bor
Bo’ldi, bas qil yetar xotin
Desa ham qilmaydi kor
Ona bilan gaplashmoqqa
Also uning vaqti yoq
Qaynonaning har gaplari
Teshib o’tar go’yo o’q
Mebelni eng tozasini
Qilmabdi qudam o’lsin
O’zingiz ham qilib qoying
Uni qudangiz ko’rsin
Qizimning ham uyi tinsin
Der quda hech gapirmas
Ichidan ko’p gaplar o’tar
Lek yuziga aytolmas
Xullas, bu gap kimgadir rost
Kimga yolg’on bilmadim
Qaynonani nohaq qilib
Kelinni haq qilmadim
Qaytar dunyo bilib qoying
Qizingiz o’z izingiz
Qiz bir uyga ketar to’lib
Kelinchak chin qizingiz
Do'stlaringiz bilan baham: |