A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet18/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Xalqaro huquqda davlat belgilari. Xalqaro huquqda davlatning belgilari sifatida doimiy yashovchi aholi, aniq belgilangan hudud va hukumatning mavjudligi tan olinadi. Ushbu ishda arbitraj komissiyasi birinchi xulosada ma’lum bir subyektni davlat deb hisoblash uchun xalqaro huquqda belgilangan bir qancha tamoyillarga tayanish lozim deb ta’kidlab, davlat tartiblashtirilgan siyosiy hokimiyat va uning ta’sir kuchi doirasida bo‘lgan hudud hamda aholidan tashkil topadigan suveren birlashmadir deb o‘z ta’rifini keltiradi. Shuningdek, komissiya federativ davlatga ham to‘xtalib o‘tadi. “Federativ davlatda, - deydi komissiya federativ organ federatsiyaning birliklari nomidan amaldagi hokimiyatni tatbiq etib turadi”. Uning bunday ta’riflarini yuqoridagi davlatning uch belgisini yanada aniqlashtirish maqsadida berilgan deyishimiz ham mumkin.
Davlatning tugatilishi va uning mazmun mohiyati. Mamlakat parchalanib, uning o‘rnida bir nechta yangi davlatlar tashkil topganda (sobiq Yugoslaviya misolida), bir davlat ikkinchi bir davlat bilan birlashib, uning bir qismiga aylanganda (Sharqiy va G’arbiy Germaniyaning birlashuvi natijasida, hozirgi Germaniya davlatining vujudga kelishi misolida) hamda ikki yoki undan ortiq mamlakatlar bir davlatga (Shimoliy Yaman hamda Janubiy Yamanning yagona Yaman davlatiga birlashganligi misolida) birlashganda hududlari o‘zgargan sobiq davlat tugatilganmi yoki hali hanuzgacha mavjudmi degan muammo o‘rtaga chiqadi. Bunday vaziyatlarda davlat mavjudligi yoki tugatilganligini belgilash uchun qanday talablar borligini aniqlab olish lozim bo‘ladi. Biroq xalqaro huquqda bunday muammolarni hal etish standartlari aniq belgilab qo‘yilmagan bo‘lib, olimlar o‘rtasida ham munozaralarga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi davlatning tashkil topishi bilan bog‘liq birinchi holatda davlat tugatilmaganligini tan olish yoki olmaslik borasida bir qarorga kelishda obyektiv hamda subyektiv faktorlarni14, ayniqsa, subyektiv faktorlarni hisobga olish kerakligi borasidagi qarashlar ko‘pchilikni tashkil etadi15.
Ushbu ishda arbitraj komissiyasi davlatning mavjudligi yoki tugatilishi amaliyot bilan bog‘liq muammo bo‘lib, sobiq Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan yangi davlatlarning Yevropa Ittifoqining a’zo mamlakatlari tomonidan tan olinishi, ularning BMTdagi o‘rnining e’tirof etilishi hamda Xavfsizlik Kengashining qaroriga tayanib sobiq Yugoslaviya mavjud emas degan xulosaga keldi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish