A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet21/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Nazorat savollari

  1. Sizningcha, davlatning asosiy belgilariga uning boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi shartini ham kiritish mumkinmi?

  2. Davlat qanday yo‘llar bilan tashkil etiladi?

  3. Davlatlarning parchalanib ketishiga bir qancha misollar keltiring va ular o‘rtasidagi tafovutlarni muhokama qiling.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Vang Zhi-an. Yugoslaviyaning parchalanishi va davlatning tan olinishi. Komazava universiteti huquqshunoslik dissertatsiyalari to‘plami. 48-jild.

  2. Kotera Akira va boshqalar. Xalqaro huquq, Yaponiya, 2010.

  3. Morikava Toshitaka. Davlatlarning vorislik hamda tan olinish masalalari. –Yokohama. Xalqaro iqtisodiy huquq. 4-jild. 2-qism.

  4. Crawford J. The creation of states in International Law. 2nd edition. 2006.



IV. Xalqaro huquqda yurisdiksiya masalalari. Davlat suvereniteti va yurisdiksiya masalalari: 1923-yil 17-avgustdagi Uimbldon ishi. (Affaire du Vapeur “Wimbledon”, Arret, 1923, CPJI serie A No 1, p.15)


(A.Xakimov)

Ushbu ish Birinchi Jahon urushidan keyin tashkil etilgan Muvaqqat xalqaro sud (PCIJ18) tomonidan ko‘rib chiqilgan dastlabki nizo sifatida ham ahamiyatga molikdir. Ushbu ishda Antanta Ittifoqi hamda Millatlar Ligasi bilan Germaniya o‘rtasida tuzilgan Tinchlik shartnomasi (Versal shartnomasi)ning 380-moddasiga ko‘ra, internatsionalizatsiyalashtirilgan Kil kanaliga nisbatan Germaniyaning kanal uning boshqaruvi ostida ekanligi to‘g‘risida chiqargan Neytrallik aktini qo‘llash bilan bog‘liq masala asosiy muammo bo‘ldi. Britaniya bayrog‘i ostida bo‘lgan va vaqtincha foydalanish uchun Fransiya kompaniyasi tomonidan olingan (time-chartered19) Uimbldon (Wimbledon) kemasi Gretsiyaning Salonika portidan 4200 tonnadan iborat bo‘lgan o‘q-dorilar va artilleriyani olib Dansigda joylashgan Polshaning dengiz qo‘shinlari tomon yo‘lga tushgan edi. 1921-yil 21-mart kuni Kil kanalining kirish qismiga yetib kelganda, Germaniyaning tegishli organ xodimlari tomonidan to‘xtatiladi va Kil kanali bo‘ylab o‘tishiga ruxsat berilmaydi. Bunga sabab o‘sha vaqtlarda rus-polyak urushi davom etayotgan edi. Bundan tashqari, Germaniya 1920-yil 25-iyulda mazkur urushga aralashmasligini e’lon qilgan holda Neytrallik aktini qabul qilgan edi. Bu vaqtda Fransiyaning elchisi tomonidan kemaga ruxsat berish haqidagi iltimosnomaning kiritilishi ham hech qanday natija bermadi. Kema 11 kun Kil kanalining kirish qismida kutgandan so‘ng ham hech qanday natija bo‘lmagach, Daniya bo‘g‘ozi orqali suzib o‘tib, 13 kunda kechikkan holda belgilangan manzilga yetib bordi.


Bu voqealardan so‘ng Versal shartnomasining 380 – 386- moddalari buzilgan deb, mazkur ish bo‘yicha Muvaqqat Xalqaro Sud statutining 40-moddasiga asosan, Muvaqqat Xalqaro Sudga da’vo bilan chiqildi. Birinchi jahon urushining yetakchi mamlakatlari Angliya, Fransiya, Italiya va Yaponiya o‘z da’vosida:
a) Germaniya tomonidan Uimbldon kemasining Kil kanaliga kiritilmaganligi hamda u bo‘ylab suzib o‘tishga ruxsat etilmaganligi Versal shartnomasining 380-moddasiga zid ekanligi va noqonuniyligini ta’kidladilar;
b) kemaga ruxsat etilmasligi oqibatida charter hamda kema egasiga yetkazilgan zarar Germaniya tomonidan to‘lanishi lozimligi talab qilindi.
Bunga qarshi Germaniya tomon rus-polyak urushi ketayotgan bir vaqtda Germaniyaning Neytrallik to‘g‘risidagi akti mazkur holatda ham qo‘llanilishi kerakligi va yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talab rad etilishi lozimligini bildirdi.
Mazkur ishda Polsha ham Muvaqqat Xalqaro Sud statutining
62-moddasiga binoan ishda qatnashishini bildirgan bo‘lsa-da, Sud tomonidan 1923-yil 28-iyunda chiqarilgan qarorda Polsha 62-modda emas, aksincha, 63-modda asosida sud jarayoni qatnashchisi sifatida ishda ishtirok etishi mumkinligini belgiladi.
Demak, biz ko‘rib chiqayotgan nizo bo‘yicha Muvaqqat Xalqaro Sud quyidagicha qarorga keldi:
1) to‘rt davlat da’vogar sifatida, Polsha esa sud jarayoni qatnashchisi sifatida da’vo bilan murojaat etilgan ushbu ish sud yurituviga qabul qilinsin;
2) Germaniyaning Uimbldon kemasi Kil kanalidan o‘tishiga ruxsat bermaganligi va uni kiritmaganligi noqonuniy deb topilsin;
3) Versal shartnomasining 380-moddasi Germaniya tomonidan 1920-yil 25-iyulda qabul qilingan Neytrallik akti Kil kanali havzasi bo‘ylab qo‘llanilishini taqiqlaydi deb topilsin;
4) Germaniya hukumati kema egasi va uning charteriga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bersin;
5) shuningdek, Germaniya hukumati Fransiya hukumatiga yetkazilgan zarar uchun Fransiya valyutasida 140.749 frank jarima to‘lasin. To‘lov uch oy ichida amalga oshirilishi lozim. Vaqtida amalga oshirilmagan to‘lovlar uchun sud qarori chiqqan sanadan boshlab 6 foiz miqdorida penya belgilansin. Sud xarajatlarini qoplash har bir ishtirokchi mamlakatga teng ravishda yuklansin.
Qo‘shimcha tarzda sudyalar: Anzilotti, Huber va Germaniyalik sudya Schucking mazkur sud qaroriga qarshi bo‘lganlari keltirib o‘tiladi.


Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish