A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Suverenitetning belgisi sifatida shartnomalar tuzish huquqi



Download 7,07 Mb.
bet23/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Suverenitetning belgisi sifatida shartnomalar tuzish huquqi.
Sud davlat ma’lum bir shartnomani imzolashga yoki imzolamaslikka va’da berishi hamda o‘zi a’zosi bo‘lgan shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarni bajarishi suverenitetining buzilishiga olib keladi deb hisoblamaydi. U quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Albatta, davlat oldida ma’lum bir majburiyatni yuzaga keltiruvchi har qanday konvensiya yoki shartnoma ham suveren hokimiyatni amalga oshirishga nisbatan qandaydir ko‘rinishdagi yo‘nalishni taqdim etadi va bu davlat suveren hokimiyatini amalga oshirishda cheklashni vujudga keltirishi mumkin. Biroq xalqaro shartnomalarni tuzish qobiliyati davlat suveren hokimiyatining uzviy ajralmas qismi hisoblanadi”. Shu sababli ham ushbu vaziyatda shartnomadan kelib chiqqan majburiyatni bajarish Germaniya suverenitetini cheklamaydi (p. 25).
Neytral davlatning ichki huquq normalari hamda xalqaro shartnomalar. Uimbldon kemasining Kil kanali bo‘ylab suzib o‘tishiga ruxsat berilmaganligiga Germaniyaning Neytrallik to‘g‘risidagi akti asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinmi? Avvalo, bir xorijiy mamlakatda ortilib, ikkinchi xorijiy mamlakatga yuborilayotgan yuklar kanaldan olib o‘tilishi Germaniya tomonidan neytrallik aktida belgilangan “ekport qilinadigan yuklar” qatoriga kirmaydi. Shuningdek, neytrallik aktida taqiqlangan “o‘tish” ham Kil kanaliga taalluqli deb aytish qiyin. Nima bo‘lganda ham bir davlat tomonidan qabul qilingan neytrallik akti tinchlik to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma qoidalaridan ustun bo‘la olmaydi. Versal shartnomasining 380-moddasi Germaniya bilan shartnoma imzolagan barcha mamlakatlarning savdo va harbiy kemalariga kanaldan o‘tish huquqini berar ekan, Germaniyaning neytrallikni saqlash uchun urush davrida olib o‘tilishi taqiqlangan tovarlarni olib o‘tmaslik bo‘yicha vajlari ahamiyatsiz bo‘lib qolaveradi (p. 29).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Germaniya o‘z neytrallik majburiyatidan kelib chiqib, Uimbldon kemasini to‘xtatishga majbur bo‘lmagan, aksincha, unga ruxsat berish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, Versal shartnomasining 380-moddasiga ko‘ra, Germaniyaning kemalar o‘tishiga doir aniq va ravshan majburiyati belgilab berilgani bois Germaniya o‘zining neytrallik aktini qo‘llay olmaydi (p. 30).
Sharh
Sud o‘zining qarorida aslida mavhum bo‘lgan davlat suvereniteti tushunchasi hamda aniq hokimiyatga asoslangan suverenitet tushunchalarini bir-biridan farqlab, Germaniyaning Kil kanaliga nisbatan bo‘lgan suvereniteti va bu suverenitetni amalga oshirishning xalqaro shartnoma tomonidan cheklanishini tushuntirdi. Sud bu mantiq bilan, suverenitetning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma tuzish huquqini amalga oshirish va buning natijasida davlatning vakolatlari xalqaro shartnoma tomonidan ma’lum bir darajada cheklansa ham, bu suverenitetning buzilishiga olib kelmaydi, degan xulosani berdi. Boshqa so‘z bilan aytganda, davlat suvereniteti va xalqaro shartnomalar vositasida cheklash o‘rtasidagi “suverenitet dilemmasi” bo‘yicha ahamiyatli izoh qoldirdi.
Bu vaqtda Muvaqqat Xalqaro Sud Tunis va Morokash o‘rtasida “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha kelib chiqqan ish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakolatlari bo‘yicha ishlarda ham davlat suvereniteti va uning xalqaro shartnomalar vositasida cheklanishiga doir muammolarga duch keldi. Shuningdek, yana bir masalani ta’kidlab o‘tish joizki, Fridrih Hegel nazariyasiga asoslangan absolyut suverenitet tushunchasi o‘sha vaqtda Germaniyada ustuvor hisoblanar edi. Mazkur ishda ham sud qaroriga qarshi bo‘lgan, ya’ni neytral davlat va urush holatida bo‘lgan davlatlar shartnomada ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan hamda aniq belgilangan huquq va majburiyatlar mustahkamlanmagan bo‘lsa ham o‘zining neytralligi va xavfsizligi uchun favqulodda choralar qo‘llash huquqiga ega, degan qarash bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Germaniyaning fuqarosi bo‘lgan sudya ham, Versal shartnomasida belgilangan majburiyatlarni xalqaro foydalanish (International easement20) sifatida tan olish bilan birgalikda, barcha shu tarzdagi foydalanishni, urushga nisbatan qat’i va mutlaq neytrallikni saqlovchi va uni hayot-mamot darajasida hurmat qiluvchi davlatning huquqiga bo‘ysundirmoq lozim deb hisoblaydi. Shu sababli ham bu yerda Versal shartnomasining talqini sifatida rivojlanib kelgan sud a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qarashga qarama-qarshi bo‘lgan fikrni bildiradi. Bu esa suverenitetga nisbatan qarashlar o‘rtasidagi ziddiyatning asosida “suverenitet dilemmasi” ni qanday tushunish muammosi yotganligini anglatadi. Bugungi kunda yuqorida ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qarash aslida o‘sha davrdagi vaziyat taqozosi natijasi ekanligi barchaga ayon.
Keyinchalik ham, Muvaqqat Xalqaro Sud, 1925-yilda Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi aholi almashinuvi bo‘yicha bergan tushuntirishida, Turkiyaning almashinish obyekti bo‘lgan aholining doirasini belgilashda milliy qonunchilikka asoslanilishi va bu Turkiyaning suveren huquqi ekanligi to‘g‘risidagi va’jiga nisbatan Uimbldon ishini havola qilgan. Turkiyaga nisbatan xalqaro shartnomada belgilangan majburiyatlar natijasida davlat vakolatlarining ma’lum bir darajada cheklanishi ushbu mamlakat suverenitetining buzilishini anglatmaydi degan javobni berdi.
1927-yilda sud tomonidan Danube daryosi ishi bo‘yicha berilgan tushuntirishda ham avvalgi qarorlardagi kabi davlat tomonidan xalqaro shartnomaga qo‘shilish natijasida yuzaga kelgan davlat suverenitetini amalga oshirishni cheklovchi shartlar suverenitetning buzilishi hisoblanmaydi, degan xulosaga kelindi. Albatta, sudning bunday sharhi xalqaro huquqning majburiyatlarga taalluqli barcha masalalarini hal etishga qaratilmagan bo‘lsa-da, suveren davlat o‘zi rozi bo‘lib kirgan xalqaro shartnoma tomonidan qanday cheklovlarga uchrashi mumkinligi to‘g‘risidagi amaliy yechimni taqdim etdi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish