A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Sobiq Yugoslaviyaning parchalanib ketishi va unga vorislik masalalari



Download 7,07 Mb.
bet20/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sobiq Yugoslaviyaning parchalanib ketishi va unga vorislik masalalari. Arbitraj komissiyasi birinchi xulosasida davlat vorisligi masalalari xalqaro huquqning asosiy prinsiplarida belgilangan bo‘lib, 1978-yil 23-avgustdagi “Davlatlarning shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisligi” hamda 1983-yil 8-apreldagi “Davlatlarning davlat mulklari bo‘yicha huquqiy vorisligi” kabi Vena konvensiyalari aynan o‘sha asosiy tamoyillardan andoza olgan. Mazkur tamoyillarga tayanadigan bo‘lsak, vorislik oqibati adolatli bo‘lishi lozim hamda vorislikka aloqador bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida kelishuvga ko‘ra erkin belgilab olinishi ham mumkin. Bundan tashqari, xalqaro ommaviy huquqdagi kuch ishlatish chegarasini ham hisobga olish lozim. Chunki shaxsning asosiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning va kam sonli shaxslarning huquqlari barcha vorislikka daxldor mamlakatlarning vakolatlarini cheklab qo‘yadi. Shuning bilan birgalikda, to‘qqizinchi xulosada sakkizinchi xulosadagi sobiq Yugoslaviyaning tugatilganligi va u allaqachon mavjud emasligi haqidagi xulosalar qaytarilganidan so‘ng, uning o‘rnida tashkil topgan barcha mamlakatlar uning vorisi ekanligi belgilangan edi. Bunda komissiya tomonidan davlat vorisligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qayta murojaat etilayotganligi hamda inson huquqlarini himoya qilish masalasi barcha voris mamlakatlarga birdek ta’sir o‘tkazishi nazarda tutilayotganiga e’tibor qaratishimiz lozim.

Sobiq Sovet Ittifoqi hamda Sobiq Yugoslaviya o‘rtasidagi tafovutlar. Sobiq Sovet Ittifoqi ham, sobiq Yugoslaviya ham federativ davlat bo‘lib, ular parchalanib ketganidan so‘ng ulardan bir qancha mustaqil davlatlar ajralib chiqqanligi jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lishiga qaramay, Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng Rossiya uning yagona vorisi sifatida BMT tomonidan tan olingan bo‘lsa-da, yangi Yugoslaviya bu tarzda tan olinmadi. Bir so‘z bilan aytganda, ikki mamlakatga butunlay o‘zgacha yondashuvda bo‘lindi. Nega bunday yondashuvda bo‘lindi degan savolga davlatning tugatilishi va uning mazmun-mohiyati qismida keltirib o‘tilgan subyektiv faktorlar sabab bo‘ldi deb aytishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Rossiya Sovet Ittifoqining vorisi sifatida tan olinishiga Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqan boshqa mamlakatlar qarshilik qilmagani, Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa mamlakatlar ham Rossiyaning SSRI vorisi bo‘lishiga qarshilik qilmagani sabab bo‘lgan. Yugoslaviya bilan bog‘liq vaziyatda esa sobiq Yugoslaviyaning vorisi sifatida yangi Yugoslaviyaning tan olinishi bo‘yicha vajga nisbatan sobiq Yugoslaviyadan ajralib chiqqan boshqa mamlakatlar rozi bo‘lmadilar hamda boshqa davlatlar tomonidan ham yuqoridagi vaj inkor etildi. Yangi Yugoslaviyaning BMTdagi o‘rni masalasida ham Rossiya Sovet Ittifoqi davomchisi sifatida tan olindi, ammo sobiq Yugoslaviya o‘rnida tashkil topgan yangi davlatlar unga a’zo bo‘lishlari uchun ulardan ariza talab etildi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish