A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet14/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

4. Xulosa. Sud Britaniyadan AQSHga 15,500,000 dollar miqdorida zararni qoplash summasi undirilishi lozimligi to‘g‘risidagi qarorga keldi (pp. 658-659).
Sharh
I. Mamlakat ichki huquq normalarining tatbiq etilmasligi qoidasi.
Davlat o‘z ichki qonunlariga mos kelmasligini ro‘kach qilgan holda xalqaro huquqda belgilangan majburiyatlaridan qocha olmaydi (bu xalqaro aloqalarda xalqaro huquqning ustunlik mavqeyi qoidasi deb ham ataladi). Mazkur nizo aynan yuqoridagi qoidaning amaldagi isbotini ko‘rsatuvchi ish (reading case)dir. Ushbu nizo yuzaga kelgan paytda Britaniya ichki huquq normalarida urushayotgan uchinchi taraflar o‘zaro dushman harakatlarini amalga oshirish maqsadida kemalarini Britaniya hududida qurollantirishlari taqiqlangan bo‘lib, bunday kemalarni qo‘lga olish va sud orqali ularni olib qo‘yish protsedurasi ham mavjud edi. Biroq ikki mamlakat ichki qonunchiligida ham kemalarni qo‘lga olish uchun o‘rnatilgan qonun-qoidalarni buzishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, nisbatan qattiqqo‘llik bilan dalillarni talab qilish belgilanganligi bois, qo‘lga olish bo‘yicha chiqarilgan qaror kechikib ketdi. Alabama kemasi bu vaqt oralig‘ida Liverpul portidan chiqib ketib bo‘lgan edi. Mazkur vaziyat bo‘yicha Britaniya hukumati o‘z ichki qonunchiligi normalarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda imkoniyat doirasida choralarni ko‘rgan. Shu sababli hukumat tomonidan o‘zaro mas’uliyatda bo‘lish qoidasi buzilmaganligi Britaniya hukumati tomonidan ilgari suriladi. Sud esa yuqorida o‘z qarorining 4-qismidagidek, Britaniyaning qarshi da’vosini rad etgan.
Mamlakat ichki huquq normalari qo‘llanilishining taqiqlanish qoidasi Xalqaro sud tomonidan ham bir necha marotaba tekshirilib, hozirda aniq bir pretsedent sifatida qo‘llanib kelinadi. Masalan, Muvaqqat xalqaro sud (Permanent Court of International Justice (PCIJ)) tomonidan Gretsiya va Bolgariya sobiq sotsialistik mamlakatlari orasidagi ishda ahdlashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda mamlakat ichki qonun normalari konvensiya normalaridan ustun emasligi va bu umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillaridan biri ekanligi yana bir bor ta’kidlanadi6. Shuningdek, Savoye hamda JEX o‘rtasidagi erkin zonalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ishda ham Muvaqqat xalqaro sud “Fransiya xalqaro majburiyatlari doirasini chegaralash uchun o‘z qonunchiligiga tayana olmaydi” deb belgilagan edi7. Xalqaro sud ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan aloqador bo‘lgan ishda “Xalqaro huquq normalari mamlakatlarning ichki qonunchilik normalaridan ustuvor ekanligi tamoyiliga tayanadi hamda Alabama ishidan keyin mazkur tamoyil Xalqaro sudning qarorlarida mustahkamlanib kelganini ta’kidlaydi8. Mazkur tamoyil (davlatlar xalqaro shartnoma shartlarini bajarmaganliklarini to‘g‘ri deb topishlari uchun o‘z ichki qonun normalarida belgilangan qoidalariga tayana olmaydi degan qoida) xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 27-moddasida ham belgilab qo‘yilgan.
Albatta, ushbu tamoyil Konstitutsiya bilan ham aloqador. Mazkur ishda ham Britaniyaning ma’muriy organlari ularga qonunda berilgan vakolatlardan chetga chiqib shaxslarning mulklarini tortib olish huquqi yo‘q ekanligini belgilovchi Britaniya Konstitutsiyasining umumiy tamoyiliga tayanganiga qaramasdan, bu vaziyatda sud Britaniyaning bunday da’vosini tan olmadi. PCIJ ham Dansigda yashovchi polyakning statusi bilan bog‘liq ishda “davlat xalqaro huquq yoki yuridik kuchga ega bo‘lgan konvensiyada unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun boshqa mamlakatga nisbatan o‘z konstitutsiyasiga asoslanib ish ko‘ra olmaydi9” deb belgilagan edi.
4) Bundan tashqari, yuqoridagi tamoyil har qanday xalqaro aloqalarda xalqaro huquq normalari milliy huquq normalaridan ustun ekanligini, ichki huquq tizimidagi xalqaro huquqning o‘rni har bir mamlakat konstitutsiyasida belgilanishini e’tirof etadi. Shu sababli ham, ichki huquq tizimidagi konstitutsiya va qonunlarda xalqaro huquq normalari ustunligini belgilash holatlari ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq normalarining ichki qonunchilik normalaridan ustunligining tan olinishi, ichki qonunchilik normasi xalqaro huquq normasiga zid bo‘lgan holda uni bekor qilish lozimligini anglatmaydi. Bu tamoyil faqatgina davlat o‘zining xalqaro munosabatlardagi majburiyatlarini bajarmasligi bilan bog‘liq hollarda yuzaga keladi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish