[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, madaniyat va aholi dam olish markazlarining faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi
rolini oshirish, nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish,
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) hamda 2019 — 2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda manzilli ro‘yxat deb ataladi) parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantirsin va qat’iy nazoratni ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
manzilli ro‘yxatga kiritilgan tuman (shahar) madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan amalga oshiriladi;
2023-yilda va undan keyingi yillarda manzilli ro‘yxatga kiritilmagan tuman (shahar) madaniyat markazlarida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha baholash tartibiga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar
natijasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari, ularda tashkil etilgan to‘garaklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli ro‘yxatda belgilangan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining talabnomasiga asosan pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili 1-iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta
hujjatlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida madaniyat
markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) madaniyat markazlari binolarini:
yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
b) mukammal ta’mirlanadigan madaniyat markazlarini jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
v) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlari;
g) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
d) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda madaniyat markazlari binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash loyihalari uchun zarur mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
9. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga asosan 2013 — 2018-yillarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash
va jihozlash ishlari boshlanib, yakuniga yetkazilmagan madaniyat markazlarini 2019-yil 1-avgustga qadar ta’mirlash va jihozlash ishlarini to‘liq yakuniga yetkazsinlar;
zarur holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda madaniyat markazlariga yangi bino qurish uchun belgilangan tartibda tegishli yer maydonlari ajratsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar ko‘rsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatsin.
11. Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan e’tiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar manzilli ro‘yxatga asosan tashkil etiladigan madaniyat markazlarining ularni joriy saqlash bilan bog‘liq xarajatlariga yo‘naltiriladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar ko‘rsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 263-son qaroriga
ILOVA
Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan e’tiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining
RO‘YXATI