A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet15/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

II. Boshqa muammoli vaziyatlar
Betaraflik qonuni (Law of neutrality). Mazkur ishda qo‘llanilgan Vashington konvensiyasining uch qoidasi, ayniqsa, birinchi qoida, o‘sha davrdagi moddiy xalqaro huquqni aks ettirganligi haqida olimlarning turli qarashlari mavjud10. Biroq raqiblik maqsadida bo‘lgan kemalarning qurollanishi, 1794-yildagi AQSHning betaraflik to‘g‘risidagi qonuni hamda 1819-yildagi Britaniyaning chet eldagi harbiy harakatlar to‘g‘risidagi aktida taqiqlanganligidan tashqari boshqa mamlakatlar ham betaraflik deklaratsiyalarida taqiqlagan davlat majburiyatlari XIX asrning boshlarida bir qanchani tashkil etar edi. Vashington konvensiyasi qoidalari mazkur nizo yuzaga kelgan paytda allaqachon moddiy xalqaro huquq normasi edi degan qarash nisbatan asosli11. Keyinchalik Vashington konvensiyasining 1-qoidasi “Dengiz urushlari paytida betaraf davlatlarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi konvensiya”ning (1907-yil) 8-moddasiga ham kiritiladi.
O‘zaro mas’uliyatni his qilish holatida bo‘lish. O‘zaro mas’uliyatda bo‘lish anglo-sakson huquq tizimining qoidalaridan biri bo‘lib, u xalqaro huquq qoidasi sifatida qo‘llanilgan ish sifatida aynan Alabama ishi keltiriladi. O‘zaro mas’uliyatda bo‘lish tamoyilida o‘zarolik darajasi “yaxshi uy xojasining mas’uliyati” (diligentia boni patris familias) darajasidami yoki “inson o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati” (diligentia quam in suis) darajasida ekanligi borasida ham ziddiyatli qarashlar mavjud. Biz ko‘rib chiqayotgan nizoda ham AQSH birinchi qarashni yoqlab chiqayotgan bo‘lsa, Britaniya ikkinchi qarashga tayanmoqda. Biroq sud yakunida u ham birinchi qarashga tayanishini ko‘rsatdi12.
Bundan tashqari, xalqaro majburiyatlarni ado etish uchun hukumat tayanishi mumkin bo‘lgan vosita ichki qonunchilik normalari orqali chegaralangan hollarda mazkur ichki qonunchilik normasi o‘zaro mas’uliyatda bo‘lish majburiyatiga zid kelib qolish yoki qolmaslik holati muammo bo‘lishi mumkin. Ammo bunday vaziyatda yana o‘sha xalqaro huquq normalarining ichki qonunchilik normalaridan ustunligi tamoyiliga tayanib yuqoridagi kabi ichki qonunchilik normasi rad etilishi zarur deb aytishimiz mumkin. Hukumat va ma’muriy organlar emas, balki mamlakat parlamenti ham davlat organi sifatida davlatning xalqaro majburiyatlarini bajarish zaruriyati sifatida ichki qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni anglashi va bunday harakatlar amalga oshirilmasa, davlat xalqaro majburiyatlarini bajarmaslik holati yuzaga kelishini hisobga olishi lozim13.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish