3.4. Mamlakatda ma‘muriy hududiy bo‗linishi masalalarini
huquqiy asoslari
O‗n ikkinchi chaqiriq O‗zbekistan Respublikasi Oliy Kengashining o‗n
birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
«O‗zbekiston
Respublikasining
ma‘muriy-huquqiy tizimi» deb atalgan XVI bobining 68-moddasida
shunday deyilgan: «O‗zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar,
shaharlar,
qishloqlar,
ovullar,
shuningdek,
Qorakalpokiston
Respublikasidan iborat».
Konstitutsiyaning 69-moddasida esa Qorakalpog‗iston Respublikasi,
viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshirilishi ko‗rsatib
utilgan
16
.
Mamlakatimizda ma‘muriy hududiy tuzilish masalalari «O‗zbekiston
Respublikasida ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi
to‗g‗risidagi Qonun bilan tartibga solinadi. Unga ko‗ra
17
:
ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar,
ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‗zgartirish, ma‘muriy
markazlarni ko‗chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari
turkumiga o‗tkazish tartibini belgilaydi;
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga
oshiriladi;
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri
hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga
oshiriladi;
16
O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi
17
―O‗zbekiston Respublikasida ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‗g‗risidagi Qonun. Manbaa Lex.uz
81
Qoraqalpog‗iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish
Qoraqalpog‗iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‗qorg‗i
Kenges tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi
bilan amalga oshiriladi. (O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
69-
moddasi.
);
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan,
Qoraqalpog‗iston Respublikasida esa — Jo‗qorg‗i Kenges tomonidan
amalga oshiriladi;
Respublika (Qoraqalpog‗iston Respublikasida), viloyat bo‗ysunuvidagi
shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‗ttiz ming aholisi bo‗lgan,
muhim ma‘muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy
markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin;
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‗l
stantsiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida
tariqasida kamida ikki ming aholisi bo‗lgan aholi punktlari kiritilishi
mumkin;
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat,
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis
tomonidan amalga oshiriladi;
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman
hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari
tomonidan, Qoraqalpog‗iston Respublikasida esa — Jo‗qorg‗i Kenges
tomonidan amalga oshiriladi.
Ma‘lumki, oxirgi yillarda Harakatlar strategiyasiga muvofiq
mamlakatimiz ma‘muriy hududiy tuzilishida hududlarning mavjud
imkoniyat, salohiyat va rezerflarni ishga solish hamda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni jadallashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston Respublikasida
ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‗g‗risida»gi
Qonuniga
muvofiq hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
shaharlarning rezerv va imkoniyatlarini to‗liq ishga solish, bu boradagi
strategik va eng muhim istiqbolli vazifalarni samarali hal etishda davlat
boshqaruvi
hamda
mahalliy
ijroiya
hokimiyati
organlarining
muvofiqlashtirilgan
faoliyatini
ta‘minlash
maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi «Respublika
82
bo‗ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni qabul
qilinganligi bu boradagi izchil islohotlarning davomidir. Unga ko‗ra
18
:
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat
Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‗limi tashkil etildi.
Bo‗lim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron
va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy
viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sharg‗un
shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha vazifalarni samarali
hal etilishini ta‘minlaydi.
Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan
oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga
jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to‗liq ishga solish, shaharlarda
aholi daromadlari o‗sishini ta‘minlash kabi vazifalar bo‗limning asosiy
vazifalari hisoblanadi.
Xulosa o‗rnida Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq,
Shirin, Zarafshon shaharlari va Sharg‗un shaharchasi viloyatlar
bo‗ysundurividan Respublika bo‗ysunuviga o‗tkazildi.
Yuqoridagilarga asoslanib O‗zbekistonda ma‘muriy hududiy tuzilishini
quyidagicha ajratib ko‗rsatish mumkin:
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri - (14ta);
Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlar (8ta) – Angren, Bekobod,
Olmaliq, Ohongaron, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Sharg‗un
shaharchasi;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
bo‗ysunuvidagi tuman va shaharlar;
Tumanlar bo‗ysunuvidagi shaharchalar, ovullar va aholi punktlari.
O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy – hududiy tuzilishi
quyidagi asosiy taomillarga asoslanadi:
O‗zbekiston Respublikasi hududining birligi va bo‗linmasligi;
Davlat manfaatlari va tegishli hududlarda yashovchi aholi
manfaatlarining uyg‗unlashtirish;
18
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi ―Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Farmoni. Manbaa Lex.uz
83
O‗zbekiston
Respublikasi
yagona
davlat
hokimiyatinin g
fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlari bilan uyg‗unligi;
ma‘muriy
–
hududiy
tuzilish
va
ijtimoiy-iqtisodiy
rayonlashtirishning o‗zaro bog‗liqligi;
oshkoralik va ma‘muriy – hududiy tuzilish masalalarini hal etishda
jamoatchilik fikrini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |