«...
Hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom
ettirish lozim. Ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma‘muriy
islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy
menejment usullarini keng qo‗llash zarur. Mahalliy hokimiyat
organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko‗rib chiqishimiz,
ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
(Sh. Mirziyoev)
Kirish
Ma‘lumki, mamlakatimizda 2017-2012 yillarda O‗zbekistonni yanada
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab
qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo‗yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni
davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor
mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag‗batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va
mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni
yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar Strategiyasi mamlakatimizda
ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va
e‘tibor bilan o‗rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va
kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‗zga ko‗ringan rahbarlar o‗z fikr-
mulohazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor
yo‗nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega
bo‗lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz rahbarining 2018 yilning yakunlari va 2019 yilda
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan
rivojlantirishning
ustivor
masalalarini qamrab olgan Murojaatnomasida 2019 yilni mamlakatimizda
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»-deb nomlash taklif etildi
4
va bu taklif bir ovozdan ma‘qullandi
1
. Mamlakatimiz rahbarining
Murojaatnomasida
ta‘kidlab
o‗tilganidek:
hududlarni
kompleks
rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv va inqiroz sharoitida iqtisodiy tizimlar rivojlanishining
hududiy jihatlarining roli makro va mega darajasida o‗sib bormoqda, bu
mamlakatning
mintaqaviy
rivojlanishidagi
ijtimoiy-iqtisodiy
nomutanosibliklardan kelib chiqadi. Bir tomondan, globallashuv - bu
resurslardan samarali foydalanish va jamiyat ehtiyojlarini maksimal
darajada qondirish uchun turli mamlakatlarning sa‘y-harakatlarini (kapital,
mehnat, tabiiy va boshqalar) birlashtirish jarayoni, ikkinchi tomondan, bu
xalqaro ekspluatatsiyaga olib keladigan resurslarning beg‗araz harakatini
anglatadi.
Bundan tashqari, ushbu resurslardan samarali foydalangan mega-
korporatsiyalar miqyosiga katta ta‘sir ko‗rsatmoqda. Giper-urbanizatsiya,
ko‗plab mamlakatlar mintaqalarida markazdan qochish tendentsiyalari,
ekologik muammolar, ishlab chiqarishning pasayishi va depressiya
hududlarida ishsizlikning o‗sishi mintaqaviy rivojlanishni boshqarish
uchun ilmiy asoslangan yondashuvni talab qiladi.
Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyot sanoat korxonalarining joylashuvini
birinchi navbatda muayyan hududning barqaror afzalliklarini (hududiy
xarajatlar, ish kuchi, aholi punktlarining to‗planishi, infratuzilmaning
mavjudligi, xizmat ko‗rsatish va taqsimlash joylari va boshqalar) hisobga
olishi kerak, ya‘ni. foydani ko‗paytirish uchun mikroiqtisodiy omillarni
hisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishga
erishish zarur. Shu bilan birga, barcha zarur resurslar bilan tarmoqlar va
tashqi savdo o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni hisobga olishi zarur. Alohida
ajratilgan sanoat korxonasini emas, balki o‗zaro bog‗liq bo‗lgan korxonalar
majmuasini ko‗rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ushbu nazariy
yo‗nalish xarajatlarni (nafaqat transport, balki ishlab chiqarish)
minimallashtirishga o‗tish bilan daromadlarni ko‗paytirishga, o‗zgaruvchan
narxlar, ijara, talab va taklif funktsiyalari va dinamik elementlarini hisobga
olishi bilan tavsiflanadi.
O‗zbekistonda mintaqaviy iqtisodiyot siyosati birinchi navbatda
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish, mintaqaviy
1
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.
Mirzieyovning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasi.
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018
5
tabaqalanishni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu siyosatni amalga
oshirishning vositalari quyidagilar hisoblanadi: mahalliy byudjetlarni
moliyalashtirishning mavjud tizimi, davlatning maqsadli ijtimoiy dasturlari,
kam rivojlangan, mehnatga boy hududlarga yo‗naltirilgan davlatning
investitsiya siyosati, shuningdek yangi transport kommunikatsiyalari,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hududiy dasturlari. Mintaqaviy darajada
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish va uni boshqarish
yo‗llarini tahlil qilish o‗quv qo‗llanmaning maqsadi hisoblanadi.
Ushbu darslik vazifasi talabalarda bugungi globallashuv sharoitida va
jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda iqtisodiy
islohotlarning mintaqaviy muammolarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish
asosida zaruriy bilim va ko‗nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. 2017-
2021 yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish
asnosida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish borasida hududlar, tuman
va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy
ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish jarayonlari
darslikniing obyekti hisoblanadi. Ayni bugungi kunda iqtisodchi kadrlar
ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini,
qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etish, mamlakat
umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo‗nalishlarini belgilash, hududlar
iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni mikro va makro darajada
ta‘minlashdagi muammolar yechimini izlab topish yo‗l-yo‗riqlarini
o‗rganishi lozim.
Shu bilan birga, mazkur darslikda mamlakat va hududlarning tabiiy
resurs salohiyatini, mamlakatning jahon xo‗jaligi tizimidagi o‗rni, aholi,
mehnat resurslari va hozirgi demografik muammolarni o‗rganish, bozor
iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil
qilinadi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlashda
ilmiy-nazariy jihatdan yondashib, uni hal etishda amaliy ko‗nikmalar hosil
etishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham, mazkur darslikda milliy
iqtisodiyotning hududiy muammolarini o‗rganish va ushbu muammolarni
hal qilish yo‗llari va mexanizmlari, vosita va usullari bayon etilgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |