A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-MAVZU. MINTAQAVIY IQTISODIYOT FAN SIFATIDA



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

1-MAVZU. MINTAQAVIY IQTISODIYOT FAN SIFATIDA 
SHAKLLANISHI, PREDMETI, OBYEKTI VA METODLARI 
 
Reja: 
1.1. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi, predmeti va 
obyekti 
1.2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining vazifalari 
1.3. Mintaqaviy iqtisodiyot metodlari 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
mintaqaviy iqtisodiyot, mintaqa, 
mintaqaviy iqtisodiyotning vazifasi, tizimli tahlil, tizimlash uslubi, balans 
uslubi, normativ usul, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar uslubi, iqtisodiy va 
matematik modellashtirish usuli, taksonomik uslub, ijtimoiy tadqiqot 
usullari. 
1.1.Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi, predmeti va 
obyekti 
Mintaqaviy iqtisodiyot fani - davlatlararo iqtisodiy zonalar, yirik 
iqtisodiy hududlar, alohida hududiy-sanoat komplekslari, shuningdek yirik 
sanoat va shahar aglomeratlari tizimi sifatida qaraladigan mamlakat 
iqtisodiyoti faoliyatining va rivojlanishining muammolari va shakllarini 
o‗rganadi.
Mintaqaviy iqtisodiyot - nisbatan yosh fan bo‗lib iqtisodiy 
yo‗nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda deyarli barcha mamlakatlarning 
o‗quv rejalarida o‗rganish uchun fan sifatida kiritilgan. 
G‗arbning ilm-fan sohasida «mintaqaviy fan» deb nomlangan ushbu 
ilm-fan yigirmanchi asrning 50-yillari oxirida shakllana boshladi. Ushbu 
ilmiy yo‗nalishning ideologi va tashkilotchisi U. Ayzard edi. Mustaqil fan 
sifatida 1970-80-yillarda mintaqaviy iqtisodiyot fani shakllandi va 1990-
yillarda o‗quv fani maqomiga ega bo‗ldi.
Mamlakatimizda XX asrning 70-yillarida mintaqaviy iqtisodiyot 
mavzusidagi dastlabki tadqiqotlar paydo bo‗ldi. Biroq uzoq vaqt 
mobaynida bu bilimlar «iqtisodiy geografiya» kursining bir qismi sifatida 
universitetlarda o‗qitildi, bu iqtisodiy ta‘limning dastlabki sikli edi. 
Mintaqaviy iqtisodiyotning jarayoni boshqa iqtisodiy va ijtimoiy fanlar 
bilan chambarchas bog‗liq. Uning mavzusi iqtisodiy nazariya, sotsiologiya, 


7
demografiya, 
siyosatshunoslik, 
menejment 
va 
boshqa 
fanlarning 
masalalrini o‗zida qamrab oladi.
«Mintaqaviy iqtisodiyot» kontseptsiyasining ta‘rifini hisobga olgan 
holda bir nechta yondashuvni qayd etish kerak.
Gramer nuqtai nazaridan «Mintaqaviy iqtisodiyot» iqtisodiyot fanlarida 
markaziy o‗rinlardan birini egallashi kerak. Ushbu olimning nuqtai 
nazariga ko‗ra iqtisodiyotning asosi uch qutbli tizim sifatida quriladi:
1 - makroiqtisodiyot;
2 - mikroiqtisodiyot;
3 - mintaqaviy iqtisodiyot.
Rus olimi mintaqaviy iqtisodiyot faning asoschilari biri akademik 
Nekrasovning fikriga ko‗ra, mintaqaviy iqtisodiyot mamlakatning 
mintaqaviy tizimida va alohida mintaqada ishlab chiqarish kuchlari va 
ijtimoiy jarayonlarni rejalashtirish va shakllantirishni belgilovchi iqtisodiy 
va ijtimoiy omillar va hodisalarning umumiyligini o‗rganadi.
Nekrasov mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi bo‗lgan 
ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish uchun mamlakatdagi ishlab chiqarishning asosiy omillarini, 
mintaqaviy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini 
tadqiq etdi.
Granberg nuqtai nazaridan mintaqaviy iqtisodiyotning mavzusi keng 
ma‘noda murakkab va ko‗p tomonlama. Uning asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat:
1) alohida hududlar iqtisodiyoti;
2) hududlar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
3) mintaqaviy iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy hayotning turli jihatlarini 
balki davlat boshqaruvi va uni tartibga solish tizimini ham o‗z ichiga olgan 
mintaqaviy 
tizimlarni, 
mintaqaviy 
byudjetlar 
va 
byudjetlararo 
munosabatlar tizimini, mintaqaviy va viloyat va shaharlar darajasida 
hukumatlararo transfertlar tizimini, shuningdek yuridik shaxslarga 
beriladigan 
byudjet 
mablag‗larini, 
past 
darajadagi 
byudjetlarni 
subventsiyalari va subsidiyalari va mintaqadagi ijtimoiy munosabatlar 
tizimini, mintaqada aholi turmush darajasini ko‗rsatkichlarini, mahalliy 
mintaqaviy bozorning salohiyatini, uning diversifikatsiyasi darajasini
mehnatga talabining darajasini, mintaqada demografik jarayonlar va ishchi 
kuchlari malakasini ifodalovchi ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi.


8
Zamonaviy iqtisodchilarning fikriga ko‗ra, hozirgi bosqichda 
mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifasi - iqtisodiy islohotlarning 
mintaqaviy muammolarini o‗rganish va uni hal etishdir. 
Ushbu pozitsiyaga ko‗ra, mamlakatda mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy-
hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiyani 
namoyon etadi va uning tendentsiyalari bo‗yicha zamonaviy ilmiy 
qarashlarni o‗zida aks ettiradi.
Xulosa o‗rnida Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida - ishlab chiqarish 
kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va 
tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi; mamlakat umumiy rivojlanish 
strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda ishlab chiqarish 
kuchlarini joylashtirish yo‗nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini 
va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o‗rganadi. Bundan tashqari, mintaqaviy 
iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish 
masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o‗rganadi. Zero, har bir hudud 
iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo‗jalik majmuasining tarkibiy 
qismidir. 
Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs 
salohiyatini, mamlakatning jahon xo‗jaligi tizimidagi o‗rni, aholi, mehnat 
resurslari va hozirgi demografik muammolarni o‗rganadi; bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil 
qiladi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi.
Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo‗jaligi majmuasining hududiy 
kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy 
va texnik-iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o‗zaro munosabati 
tufayli hosil bo‗lgan yaxlit birlikdir. 
Mamlakatimiz 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‗tishi munosabati bilan 
mintaqaviy iqtisodiyot fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni 
o‗rganishda hozirgi paytda ularda ro‗y berayotgan holatni chuqur (qaysi 
jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o‗tish 
davrida O‗zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi 
turlicha. Masalan, Toshkent shahri, Toshkent va Farg‗ona viloyatlari sanoat 
tarmoqlarining rivojlanishiga ko‗ra respublikaning boshqa mintaqalaridan 
oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bu ko‗rsatkichlar bo‗yicha quyi o‗rinlarni 
egallaydi.


9
Shu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 
2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini 
izchil davom ettirish lozimligi, xususan, iqtisodiyotdagi tizimli o‗zgarishlar 
natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 
foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda
2
. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu 
o‗ta muhim masalaga etarlicha e‘tibor berilmayapti. Oqibatda, 
respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat ko‗rsatkichining 1 
foiziga ham etmaydi. Shu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini 
rivojlantirish bo‗yicha o‗rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish 
kerakligini ta‘kidladi. 
Qishloq xo‗jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg‗ona 
vodiysi viloyatlari oldidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo 
va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq xo‗jaligini xodimlar bilan 
ta‘minlash jiddiy muammo bo‗lib turibdi. Navoiy viloyatida ishsizlik 
darajasi yuqori.
Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri 
– iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini 
takomillashtirishdan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi «Sanoat 
kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar 
ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorida 
Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hamkorlik uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng 
muhim shartlari ekanligini ta‘kidlandi. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik 
biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat 
kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida viloyat, shahar va 
tumanlarda mavjud bo‗sh foydalanilmay turgan hududlarda texnoparklar va 
kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, davlat xaridlari tizimi orqali 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror talabni shakllantirishni 
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. gov.uz. 


10
nazarda tutadigan davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlarini 
amalga oshirish vazifalari belgilab berildi
3


Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish