A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Kombinatsiya 
yoki kombinatlash kooperatsiyaga o‗xshab korxonalar 
birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, 
balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi 
tushuniladi. Shu sababli kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o‗laroq 
hududiylik xususiyati ko‗proq, namoyon bo‗ladi. Binobarin, unda 
mujassamlashuv 
yaqqol 
ko‗zga 
tashlanadi, 
sababi-ko‗p 
hollarda 
kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda, atroflicha qayta ishlash 
bilan bog‗liq. Bu ikki, yuzaki karaganda bir-biriga o‗xshash tushuncha 
o‗rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shaklni qaerda «kombinat» 
so‗zini uchratsak, uni o‗sha sohada ko‗ramiz, hatto aholiga xizmat 
ko‗rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari). 
Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog‗liq bo‗lgan 
zavod yoki tsexlardan tashkil topgan bo‗ladi. Chunonchi, qopa 
metallurgiya kombinatlari, aniqrog‗i to‗liq siklli kombinatlar cho‗yan, 
po‗lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning 
bittasi bo‗lmasa, u holda kombinat to‗liq siklga ega emas (Bekoboddagi 
O‗zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). 
To‗qimachilik kombinatlari yigiruv, buyoqlash, tayyorlash tsexlaridan 
iborat, hom ashyo bitta-paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go‗sht 
kombinatida ham yagona hom ashyo asosida bir necha mahsulot: go‗sht, 
konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi.
Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo‗jaligi va 
tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlagandan so‗ng charm-
poyafzal 
sanoatida 
ishlatiladi. 
O‗rmon, 
tsement-shifer, 
kimyo 
kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan 
issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular 
ayni paytda elektr energiyasi va par (bug‗) beradi. 
Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko‗pchiligiga 
xosdir. Faqat mashinasozlikda «kombinat» so‗zini uchratmaymiz, ammo 
mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan 
bir qatorda xalq iste‘mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, 


36
Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari 
avtomobil uchun ba‘zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va 
shunga o‗xshash turli xil xalq iste‘mol mollarini ham ishlab chiqaradi. 
Umuman olganda, ishlab chiqarishning barcha ijtimoiy shakllari o‗zaro 
bog‗liq. Jumladan, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va 
kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo‗g‗inlari ham u yoki bu 
ko‗rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq, bu erda ularning bir joyda 
to‗planganligi, yig‗ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori 
bo‗lishi lozim, aks holda tom ma‘nodagi mujassamlashuv bo‗lmaydi. 
So‗nggi 
yillarda ixtisoslashuvda uning detal va texnologik 
ixtisoslashuv shakli qisqarib borish hollari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda 
tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ya‘ni predmet ixtisoslashuvi keng 
rivojlanadi, ayniqsa detal va texnologik ixtisoslashuv kooperatsiya va 
kombinatlashuvda ko‗proq ishtirok etadi. Bunday vaziyat qisman o‗tish 
davrining o‗ziga xos qiyinchiliklaridan ham kelib chiqadi. 
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish jarayonini ajratadi, yakkalaydi, 
kooperatsiya esa uni umumiylashtiradi, kombinatlashuv birlashtiradi. 
Ularning barchasi ayni vaqtda u yoki bu darajadagi korxonada tashkil 
etiladi, mujassamlanadi. Masalan, har qanday kombinat yuqori darajadagi 
mujassamlashuv, yirik korxona demakdir. 
Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari bozor iqtisodiyoti sharoitida 
o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗ladi. Eng muhimi shundaki, korxonalarning 
katta-kichikligi, ularning ixtisoslashuvi va o‗zaro uyg‗unlashuvi endi ko‗p 
jihatdan davlatga, yagona markaz va rejalashtirishga bog‗liq emas. 
Korxonalar, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar bir-birlari bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri aloqa, sheriklik qiladilar. Davlatning vazifasi esa bu jarayonni turli 
mexanizmlar orqali tartibga solish va boshqarib borishdan iborat bo‗ladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish