A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Ixtisoslashuv
 
ham, ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli 
bo‗lib, u mehnat taqsimoti bilan chambarchas bog‗liq Uning ych bosqichi 
va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi — korxona, shahar yoki 
rayon, mikyosidagi ixtisoslashuvdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning 
har biriga ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir mahsulotning 
ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O‗z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona, 
shahar yoki rayonlarning «qiyofasini» ularning mehnat taqsimotida tutgan 
o‗rnini belgilab beradi. 
Ixtisoslashuvning uch turi — bu qism (detal), texnologik yoki yarim 
mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) 
ixtisoslashuvidan iborat. Uning bunday ko‗rinishlari bir-biri bilan o‗zviy 
bog‗liq va ular turli hududiy bosqichda u o‗zgacha xususiyatga ega. 
Ixtisoslashuv oqibatida xo‗jalikning turli tarmoqlari vujudga keladi, 
iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional tiplari shakllanadi. Shu bilan 
birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab 
chiqarilgan va mahalliy iste‘moldan ortib qolgan mahsulot chetga 
chiqariladi va mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa 
joylardan keltiriladi. 
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U 
barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim 
oliygohlar o‗qituvchi, boshqalari - agronom, muhandis, tabobatchi kabi 
mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar aynan ana shunday 
xodimlarni 
tayyorlashga 
ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvning 
ham 
mujassamlashuv kabi o‗zining chegarasi bo‗lishi lozim, o‗ta tor 


32
ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga), yo‗l 
xarajatlarining ko‗payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday 
zararli bo‗lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham 
shuncha xatarlidir. Iqtisodiyotda faqat yoki asosan bir sohaga ixtisoslashuv 
- bu hududning muvaqqat qudrati, baxti va ayni vaqtda uning badbaxtligi, 
fojiasi bo‗lishi mumkin (ijtimoiy hayotda ham xuddi shunday). 
Ixtisoslashgan tarmoqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki 
ikkilamchi sohalar ham hech bo‗lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida 
rivojlangan bo‗lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning 
tanasiga, daryoga, qo‗shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shoh va 
shohchalariga, daryolarning irmoqlariga o‗xshatish o‗rinli. O‗z-o‗zidan 
ma‘lumki, tanasiz shoh ham bo‗lmaydi, shohsiz daraxt esa-bu oddiy 
bo‗tadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi. 
Demak, ixtisoslashuv majmuali, har tomonlama rivojlanish bilan 
uyg‗unlashuvi kerak Zero, ixtisoslashuvda yo‗l quyilgan xatolar oqibatini 
hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, Sobiq ittifoqdosh 
respublikalarning o‗zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o‗z aksini 
topmoqda. Shu sababli e‘tibor ko‗proq har bir mamlakatning mumkin 
qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot 
O‗zbekistonni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq 
qildiruvchi, uning o‗rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni 
takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Mintaqa va mamlakatlarning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuvi, eng avvalo, ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog‗liq, 
bu erda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda etishtirishga ko‗ra arzonroq, 
kam xarajatlirok bo‗lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning 
alohida qismlari o‗zidagi qulay va arzon omillardan foydalanib, qiyin va 
qimmat omil mahsulotlarini chetdan olib keladi. 
Ixtisoslashuvning ham tub mohiyati, maqsadi iqtisodiy samaradorlikni 
oshirishdir. Tabiiyki, bir kishining har xil mahsulot yaratish, yoki har xil 
kasb bilan shug‗ullanishidan ko‗ra muayyan ishni bajarishi foydali. 
Qolaversa, mehnatning bir to‗rini uning ikkinchi turi bilan almashuvi 
davomida vaqt ham ketadi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yaxshi 
bo‗lmaydi. Ammo, bu erda sof ijtimoiy ixtisoslashuv kishining fikr 
doirasini toraytiradi, uni oddiy robotga aylantirib qo‗yadi. Ko‗rinib 
turibdiki, ijtimoiy hayotda ham, ishlab chiqarishda ham tor ixtisoslashuv 
yaxshi natijalar bermaydi. 


33
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda va qisman o‗zimizda ham bozor 
munosabatlariga mos ravishda iste‘mol, talab individuallashib, 
xususiylashib bormoqda. Avvallari bir mamlakat yoki rayon mahsulotning 
bir turiga ixtisoslashgan va u bilan mintaqaviy va jahon bozorida 
qatnashgan bo‗lsa, endigi sharoitda o‗sha mahsulotning o‗zi turli shaklga, 
ko‗rinishga ega bo‗lishi kerak Masalan, hozirgi davrda engil mashinalar, 
oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar faqat bir turda bo‗lishi ularning 
raqobatbardoshligi va xaridorligini ta‘minlamaydi. Binobarin, endigi 
sharoitda konveyr usuli, miqdor ko‗rsatkichlari muhim emas, aksincha 
«postfordizm», masshtab (miqdor) samaradorligining o‗rniga turli xillik, 
sifat samaradorligi oldinga surilmoqda. 
Shunday 
qilib, 
ixtisoslashuv 
ham 
mujassamlashuv 
kabi 
rivojlanganlikning muhim belgisidir. Ammo, har ikkisining ham chegarasi 
bo‗lishi kerak Xuddi shu nuqtai nazardan kooperatsiya yoki hamkorlik 
yanada samaraliroq hisoblanadi. Bu o‗rinda aytish mumkinki, kooperatsiya 
ixtisoslashuv bilan yaqindan bog‗liq va usiz vujudga kelmaydi. Chunki, har 
qanday kooperatsiya turli kasb, hunar, mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashganlarning hamkorligidan boshqa narsa emas. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish