A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2.2. Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari 
Iqtisodiyot rivojlanishi uning ijtimoiy va hududiy tashkil etilishi bilan 
bog‗liq. Ishlab chiqarishning bunday shakllari esa muayyan bir jarayonning 
ikki tomoni bo‗lib, u mohiyatan ijtimoiy va hududiy (geografik) mehnat 
taqsimoti xususiyatlaridan kelib chiqadi. Binobarin, ular ni bir-biriga 
mutlaqo teskari qo‗yib bo‗lmaydi, chunki katta yoki kichik u yoki bu 
mahsulotni ishlab chiqarish albatta ularni ma‘lum hududda joylashtirish 
orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy tashkil etish shakllari mujassamlashuv, ixtisoslashuv, 
hamkorlik va kombinatlashuvdan iborat. Bular ham o‗zaro aloqadorlikda 
rivojlanib boradi va ko‗pincha birgalikda sodir bo‗ladi. Ularning asta-sekin 
takomillashib 
borishi, 
bir-birlari 
bilan 
uygunlashuvi 
fan-texnika 
taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi. 
Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ishlab chiqarishni ijtimoiy (hududiy) 
tashkil qilishning nisbatan oddiyroq shakllari hisoblanadi. Biroq, ayni ana 
shu shakllarning o‗zgarib borishi qolgan shakllar, ishlab chiqarish 
rivojlanish xususiyatlarga katta ta‘sir etadi. 
Mujassamlashuv, 
eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish 
obyektlarining katta-kichikligini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat rivojlanishi 
bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. Shu nuqtai nazardan 
o‗ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud: bir vaqtlar mahsulotlar 
uncha katta bo‗lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo‗lsa, keyinchalik 
ular asta-sekin yiriklashib borgan (sanoat korxonalarida 100 ming kishidan 
ziyod ishchi xizmat qiladi, juda katta ko‗lamda mahsulot ishlab 
chiqariladi). Masalan, Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinati, Navoiy tog‗-
metallurgiya kombinati Toshkent, Buxoro to‗qimachilik kombinatlari 
shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi katta iqtisodiy samaradorlikka 
(mujassamlashuv, aglomeratsiya samaradorligi) olib kelsa-da, bu jarayon 
cheksiz emas va uni xar qanday sharoitda ham ijobiy baholab bo‗lmaydi. 
Demak, mujassamlashuv qonuniyatining ham o‗zining chegarasi, 
me‘yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv o‗z mohiyatini 
yuqotmaydi, balki u o‗z shaklini o‗zgartiradi, xolos. 


27
Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq ko‗rinadi. Bu borada ishlab 
chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli 
yiriklikdagi korxonalarda yig‗ilishi, to‗planishi sof holdagi ishlab chiqarish 
yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini 
esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko‗rsatish o‗rinli. 
Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o‗tib turadi va turli rayon 
yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo‗ladi. Chunonchi, shaharning 
markazlashuv darajasi ma‘lum bir bosqichga etgandan keyin o‗ziga xos 
vaziyat vujudga keladi, ya‘ni endi mazkur shaharda qo‗shimcha 
korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport 
muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham etishmaydi va 
ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham 
«istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; 
shaharning ichki imkoniyati yuk, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. 
Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o‗quv 
yurtlari yirik shaharning ta‘sir doirasida o‗rnashadi - shahar 
aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. 
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik Masalan, 
O‗zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko‗pini har birida 2000 dan 
ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik Bu 
ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent 
shahrida 
mavjud 
korxonalar 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
sanoat 
mahsulotining taxminan 17-20 foizini beradi-bu urbanistik mujassamlashuv 
bo‗ladi. Agar Farg‗ona vodiysini Respublikamizning asosiy pilla yoki 
meva maskani, neft mahsulotlari yoki o‗simlik yog‗i ishlab chiqaruvchi 
rayoni sifatida ko‗rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan 
bo‗lamiz. 
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma‘lum bir 
sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu erda «umumiy maxraj» 
bo‗lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, 
hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg‗ona vodiysida O‗zbekiston 
Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab 
chiqarish ko‗rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo‗lsa, u holda mazkur 
ishlab chiqarish tarmog‗i vodiyda rivojlangan, iqtisodiy mujassamlashgan 
bo‗ladi. 
Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki 
mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Nisbatan past darajadagi 


28
urbanistik 
mujassamlashuvida 
korxona 
yoki 
ishlab 
chiqarish 
mujassamlashuvi yuqori bo‗lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda 
masalan, Xivada katta gilam kombinatining joylashuvi misol bo‗la oladi. 
Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori 
ko‗rsatkichdagi hududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda 
mazkur hududda juda ko‗p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud 
bo‗ladi. 
Shu bilan birga past darajadagi hududiy mujassamlashuvi yuqori 
urbanistik ko‗rsatkich bilan ham uyg‗unlashgan holda keladi. Chunonchi, 
bir vaqtlar Frantsiya deganda, avvalo uning poytaxti Parij, Vengriya 
ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Hozir ham qo‗shni Qirgiziston 
Respublikasida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning talaygina qismini 
uning poytaxti Bishkek beradi, Turkiya iqtisodiyotida esa Istambulning 
o‗rni nihoyatda katta va h.k. 
Yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o‗ta yirik korxonalarni 
barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik jihatdan samarali 
emas. Bunday hollarda tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari 
ko‗payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi ekologik muvozanat 
bo‗ziladi. Ho‗sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma‘qul, degan savol 
tug‗iladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil birlikdagi korxona, 
shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku! Bu erda ham bir 
tomonlamalik, qatiylik noo‗rindir. Binobarin, turli xil yiriklikdagi 
korxonalar, katta-kichik shaharlar bo‗lgani maqsadga muvofiq. Demak, 
mujassamlashuv obyektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va 
iqtisodiy samaradorlikka ega bo‗lsada, uning ma‘lum chegarasi, ko‗lami, 
doirasi bo‗lishi shart. 
Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda poytaxt asosida rivojlanishini 
Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o‗tmishdagi taraqqiyoti yoki hozirgi 
Afrika mamlakatlari misolida ko‗rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o‗z 
ijtimoiy-iqtisodiy boyligini ularning eng yirik markazi bo‗lgan poytaxt 
shahrida mujassamlashtiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir 
tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o‗ta markazlashgan 
mujassamlashuvni bildiradi. 
Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini 
rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o‗z holicha qoldiraverish yaramaydi, 
albatta. Shu bois Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, 
Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish 


29
mustaqil davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatida o‗z aksini 
topgan.
Xususan, mamlakatimizda mavjud tabiiy urbanistik mujassamlashuvni 
quyidagi izohlasak bo‗ladi. Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida 
yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda 
shaharlar aholisi farovonligining o‗sishi va barqaror rivojlanishiga 
etaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga 
olinmagan. Natijada so‗nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish 
tendentsiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 
1071 gacha ko‗paygan xolos. 
Bu boradagi ishlarni davlat siyosatida darajasida ko‗rib chiqilishi 
yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida «Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya 
darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar 
ko‗rilmasa, ushbu ko‗rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. 
Mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 
foizga yetkazish bo‗yicha Davlat dasturi ishlab chiqish» vazifasi belgilab 
berildi
9
. E‘tiborlisi shundaki, bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari 
bo‗lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va 
posyolkalarni kompleks rivojlantirish e‘tibor markazida turishi kerak.
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-
bosqich shahar va posyolkalarda ko‗p qavatli uylar qurishga o‗tishimiz 
lozim. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish 
dasturlari bilan uzviy bog‗liq holda rivojlanishi darkor.
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish 
bo‗yicha ko‗rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya 
darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‗yicha zamonaviy talablariga 
javob bermaydi va jahon tendentsiyalaridan sezilarli darajada qolib 
ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga 
ega emas. 
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga 
solinishini ta‘minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan 
foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi 
«Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
9
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2018 yil 28 dekabr 


30
to‗g‗risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‗ra quyidagilar mamlakatda 
urbanizatsiya 
jarayonlarini 
tubdan 
takomillashtirishning 
asosiy 
yo‗nalishlari etib belgilandi
10

mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya 
jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy 
infratuzilmalar bilan ta‘minlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik 
subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan 
foydalangan holda, shu jumladan kam va o‗rta daromadli oilalar uchun 
arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‗naltirilgan investitsiyalarni 
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutish; 
jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va 
inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga 
oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish 
uchun shart-sharoitlar yaratish; 
migratsiya 
jarayonlarini 
ma‘muriy 
tartibga 
solish 
tizimini 
takomillashtirish yo‗li bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin 
harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
yirik shaharlar aholisining farovonligini ta‘minlash, iqtisodiy va sanoat 
resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini 
to‗liq va samarali bandligini ta‘minlashga ko‗maklashish, shuningdek 
hududlardagi oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida 
texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash; 
avvalambor 
sanoat, 
xizmat 
va 
servis 
sohalarida 
aholining 
daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida 
aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda 
o‗rta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilg‗or 
xalqaro tajribani keng joriy etish; 
yirik shaharlarga tutash bo‗lgan va qulay transport aloqasiga ega 
yo‗ldosh-shaharlar tarmog‗ini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy 
qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-
ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish. 
Mujassamlashuv qishloq xo‗jaligi va ayniqsa transportda uncha 
sezilarli emas, chunki ularning joylashuvi «nuqtasimon» bo‗lmay, balki 
areal (maydon) va lentasimon shaklga ega. Albatta, bu erda sof holdagi 
10
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi ―Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni. Manbaa Lex.uz. 


31
ishlab chiqarish, ya‘ni korxona darajasidagi mujassamlashuv nazarda 
tug‗iladi. 
Bunday 
mujassamlashuv 
aholi 
joylashuvida, 
aholi 
manzilgohlarning katta-kichikligida, sog‗liqni saqlash, ta‘lim tizimi, savdo, 
sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalar korxonalarini tashkil qilishda 
yaqqolroq namoyon bo‗ladi. Biroq, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, mazkur 
tarmoqlarda ham o‗tish davrida faqat yirik korxonalarni ko‗rish ijobiy 
natijalar bermasligi mumkin. 
Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo 
bo‗lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti oila a‘zolarini — ayol 
va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o‗z aksini 
topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan 
shug‗ullanardilar). Ma‘lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud bo‗lgan 
oziq-ovqat bilan kun kechirar edilar. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish