A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirishning klassik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2.4. Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirishning klassik 
g‗oyalari 
Jahon xo‗jaligining yagona tizimi vujudga kelganga qadar xalqaro 
(geografik) mehnat taqsimoti uncha rivojlanmagan edi. Hatto XVII-XVIII 
asrlargacha ko‗pgina mamlakatlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 
o‗zlarining ichki bozorlariga chet el mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat 
olib borar edilar. Bu siyosat, yoki importni cheklash iqtisodiyot tarixida 
merkantilizm nomi bilan o‗rin olgan. 
Albatta, bunday sharoitda jahon bozori xususida so‗z yuritish mumkin 
emas. Jahon bozori erkin iqtisodiyot, ochiq savdo tizimini joriy qilishni 
taqozo etadi. Ana shunday yo‗nalish fritredizm, ya‘ni erkin savdo deb 
ataladi. Uning ilmiy asosini yaratishda A.Smit va, ayniqsa D.Rikardoning 
xizmati katta bo‗lgan. Ularning g‗oyalari xalqaro geografik mehnat 
taqsimotini keng ko‗lamda rivojlantirish, mamlakatlararo savdo sotiqni 
faollashtirishga qaratilgan bo‗lib, u qiyosiy imtiyoz yoki qulaylik qonuni 
(«zakon sravnitelnogo preimuhestva») nomini olgan. Bu qonunnig asl 
mohiyati shundaki, har bir mamlakat o‗zining ichki imkoniyat va 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda ma‘lum mahsulotni boshqa davlatlarga 
qaraganda arzonroq, ya‘ni kamroq xarajat bilan etishtiradi va uni bozorda 
oson realizatsiya qiladi. Sotilgan mahsulotning puliga o‗zida yo‗q, yoki 
etishtirishi qimmatroq, xarajatliroq tushadigan tovarni xarid qilib oladi. 
Bunday tovar ayirboshlash naqd pulsiz, «ayr-bosh», ya‘ni barter usulida 
ham olib borilishi mumkin. 
Fritredizm g‗oyalarini amalga tatbiq qilish jahon xo‗jaligining 
shakllanishiga, mehnat taqsimotini rivojlantirishga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ayni paytda mamlakatlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi va hududiy tashkil 
qilishida ham o‗zgarishlar yuz berdi. 
I.Tyunenning «qishloq xo‗jalik standarti» nazariyasi 
Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g‗oyalar dastavval 
Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen 
XIX asrning 20-30-nchi yillarida o‗zining qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini 
joylashtirish bo‗yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarlarida bayon qildi (ruscha 
nomi «Izolirovannoe gosudarstvo»). 
Tyunen g‗oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya‘ni iste‘mol 
markazi atrofida qishloq xo‗jalik mahsulotlarini etishtirishni hududiy 
tashkil qilishdan iborat. U bu g‗oyani amalga tatbiq qilish uchun xo‗jalik 


44
bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar –Meklenburgdagi 
Rostok) o‗rtasidagi masofa, qishloq xo‗jalik mahsulotining narxi, qiymati 
va yer rentasiga asoslanadi. Yer rentasi esa unga qo‗yilgan mablag‗ bilan 
olingan daromad nisbati bilan belgilanadi.
Yuqoridagi shartlar yordamida I.Tyunen shahar atrofida qishloq 
xo‗jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimini yaratadi. Bu tizim adabiyotda 
«Tyunen xalqalari» nomi bilan mashhur. Chunki, turli mahsulotlarni 
etishtirishga ixtisoslashgan har xil tarmoqlar iste‘mol markazi atrofida 
xalqasimon 
joylashadi. 
Masalan, 
birinchi 
xalqa-bog‗dorchilik, 
sabzavotchilik va qisman sut chorvachiligi; ikkinchisi – o‗rmon xo‗jaligi 
(o‗sha davrda o‗tin uchun), uchinchi xalqa- kartoshka, arpa etishtirish va 
urug‗chilik, sut chorvachiligi, to‗rtinchi-yuqori unumdor g‗allachilik va 
sut-go‗sht chorvachiligi, beshinchi- g‗allachilik va nihoyat, oltinchi xalqa –
yaylov chorvachiligi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish