A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-chizma. I.Tyunen shahar atrofida qishloq xo‗jaligi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2.1-chizma. I.Tyunen shahar atrofida qishloq xo‗jaligi 
tarmoqlarining joylashuv tizimi 
 
I.Tyunenning xizmati shundaki, u birinchi bo‗lib yerdan foydalanish 
masalalarini ko‗tarib chiqdi va ilmiy adabiyotga «iqtisodiy makon» 
tushunchasini kiritdi. U o‗zining abstrakt modelida mahsulotning bozorga-
iste‘molchiga arzon va sifati buzilmagan holda yetkazib berishiga katta 
e‘tibor beradi. Shunday qilib, I.Tyunen qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini 
joylashtirishning dastlabki ilmiy asosini yaratuvchisi bo‗ldi.
 
 


45
A. Veberning shtandort nazariyasi 
1909 yilda Tyunenning vatandoshi –Alfred Veber «Sanoat shtandorti 
to‗g‗risida» nomli asarini chop ettirdi. U o‗zining diqqat-e‘tiborini sanoat 
ishlab chiqarishini joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillarga qaratdi. Shu 
maqsadda Veber omillarning ta‘sir kuchiga qarab, tabaqalashtirdi, asosiy 
hal qiluvchi omilni aniqladi.
A.Veber sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa-korxonaning 
o‗rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi 
ma‘nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda 
ko‗zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. 
Bu foyda, Veber fikricha asosan hom ashyomahsulotni realizatsiya 
qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy 
ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xom-
ashyo va mahsulotni sotish bilan bog‗liq omilni umumiy transport sarf-
xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xom-ashyoni 
keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‗liq xarajatlar ham kiradi. 
Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil –transport va 
ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir muhim 
omilni qo‗shdi – u ham bo‗lsa aglomeratsiya omilidir. 
Transport omiliga mahsulot yoki xom-ashyoning vazni, tashiladigan 
masofa, mehnat resursida ish xaqi, aglomeratsiya omilida esa 
korxonalarning bir joyda to‗planishi hisobga olinadi.
A. Veber ilmiy adabiyotda o‗zining shtandort nazariyasi, «joylashtirish 
omili» va «aglomeratsiya samaradorligi» tushunchalarini kiritganligi bilan 
mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi - bu asl mohiyatiga ko‗ra 
mujassamlashuv (kontsentratsiya) samaradorligi bo‗lib, u hozirgi kunda 
korxonalarning yiriklashuvidan, ya‘ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida 
emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv («xilma-xillik», 
yoki sifat iqtisodi) natijasida erishiladi.
Nemis iqtisodchisi A.Veber «Sanoat shtandorti nazariyasi» nomli 
asarida sanoatni joylashtirishning quyidagi uchta omil yoki yo‗nalishi 
ajratib ko‗rsatadi:
1. Transport yo‗nalishi, ya‘ni mulkdorlar o‗z korxonalarini transport 
xarajatlari eng kam bo‗lgan aholi manzilgohlarida ko‗rishga intiladilar.
2. Ishchi yo‗nalishi, ya‘ni mulkdorlar o‗z korxonalarini eng arzon 
ishchi kuchi mavjud aholi manzilgohlarida qurishga intiladilar.


46
3. Aglomeratsiya, ya‘ni mulkdorlar o‗z korxonalarini boshqa sanoat 
korxonalari to‗plangan hududlarda ko‗rishga harakat qiladilar va bu bilan 
transport yo‗llari, energetika xo‗jaligi, kommunal xo‗jaligi (ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasi tizimi) barpo qilishga 
bo‗lgan xarajatlarini qisqartirishga harakat qiladilar.
A.Veber ta‘limoti keyinchalik O.Englender, T.Palander, A.Lyosh, 
V.Kristallerlar tomonidan rivojlantiriladi. Xususan, V.Kristallerning 
«Markaziy joy» nazariyasi aholi manzilgohlarining joylashishini asoslasa, 
A.Lyosh shtandort nazariyasini takomillashtirish orqali monopol foyda, 
demping, soliq tizimi, davlat chegarasi, xalqaro savdo, texnika taraqqiyoti 
va boshqa tushunchalar mohiyatini ochib beradi. 
I.Tyunen (qishloq xo‗jaligi) va A.Veberning (sanoat shtandorti) 
g‗oyalari abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo‗lsada, 
ularning ilmiy ahamiyati hozirgacha yo‗qolmagan. Bu oqimlarining 
g‗oyalarini «omillar tahlili» shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa 
hududda ayrim joylarni tanlab olish va pirovard natijada hududiy 
mujassamlashuv va hududiy notekisliklarni yoki geografik tengsizlikni 
keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishning ikki asosiy tarmog‗i, ya‘ni qishloq 
xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish bo‗yicha ilmiy g‗oyalar 
yaratildi. Endi navbatida aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko‗rsatish 
sohalarining hududiy tashkil etish muammolariga keldi. Bu haqdagi 
ishlanmalar ham nemis olimi Valter Kristallerga tegishli. U 1930-yillarda 
aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o‗rganib, o‗zining 
«Janubiy Germaniya markaziy o‗rinlari» nomli kitobini yozdi. 
Markaziy o‗rinlar turli yiriklikdagi shahar va boshqa aholi 
manzilgohlari bo‗lib, ular o‗ziga xos ta‘sir doirasi, xizmat ko‗rsatish 
radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi markaziy o‗rinlar geografik 
muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish