F.Perruning «O‗sish qutblari va rivojlanish markazi» nazariyasi
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o‗zlashtirilmagan, xo‗jalik sig‗imi
past va hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o‗sish qutblari va
rivojlanish markazlari to‗g‗risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega.
Uning asoschisi frantsuz olimi Fransua Perrudir.
F.Perru «markaziy o‗rinlar» g‗oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas,
tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta‘siri bo‗yicha
tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U eng avvalo hududiy –
iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutloq
jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to‗la ishondi.
Perru fikricha, uchinchi guruh tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon
hosil qilish salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo‗lib, aynan ana shunday
mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o‗sish
markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda
turdosh korxonalarning ko‗payishi, atrofga bo‗lgan ta‘sir doirasining
kengayishi natijasida o‗sish qutblari vujudga keladi.
O‗sish qutblari g‗oyasi shved olimi -Lund universiteti professori
(Shvetsiya) T.Xagerstrandning
yangiliklar diffuziyasi
nazariyasiga o‗xshab
ketadi. Faqat muallif bu g‗oyani ko‗proq sotsial geografiya bo‗yicha ishlab
chiqqan.
Chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo‗jalik tizimining rivojlanish
tarixi
fan-texnika
yutuqlari,
ilmiy
yangiliklar
va
kashfiyotlar,
innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog‗liq. Tarix nuqtai-
nazaridan yondoshganda, jahon xo‗jaligi rivojlanishida ma‘lum sikllarni
ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi,
tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o‗rniga boshqa innovatsiyalarning
kelishi bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda amerikalik U.Rostouning (XX asr, 58-60-yillar)
iqtisodiy
rivojlanishning
bosqichlari,
stadiyalari,
rus
iqtisodchisi
N.D.Kondratevning 30-yillarda ilmiy-texnika o‗zgarishlariga asoslangan
«uzun to‗lqinlar» nazariyasi mavjud. Shuningdek, amerikalik olim
R.Vernonning (XX asr o‗rtalari) eksport tovarining hayot sikli to‗g‗risidagi
g‗oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan
bog‗liq.
51
Diffuziya (fizikadan olingan) kengayish va tarqalish xususiyatiga ega
bo‗lishi mumkin. Birinchisida yangilikning amaliy tatbiq doirasi asta-sekin
kengayib boradi, ikkinchisida esa bu birin-ketin sodir bo‗ladi, yangilik
biridan ikkinchisiga ko‗chadi. Xuddi shu xususda amerikalik iqtisodchi
M.Porterning
(1993)
markazdan
chetga
kashfiyotlarning,
yangi
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarining ko‗chishi, bir
mamlakatdan ikkinchi, uchinchiga va h.k. darajalarga kaskadsimon o‗tishi,
migratsiyasi xaqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor.
Jahon
xo‗jaligi
tizimi
(bu
tushuncha
asoschisi
amerikalik
I.Vallerstayn), uning taraqqiyotidagi sikllar davriy, tarixiy xususitga ega.
Bunday yondoshuvni tik emas, gorizontal, ya‘ni geografik jihatdan ham
qo‗llash mumkin. Natijada, iqtisodiyot rivojlanishining hududdan-hududga
o‗tishi, bizning iboramizda «geografik konveyr» yoki estafeta ko‗z
oldimizga keladi.
N.D.Kondratev jahon xo‗jaligi dinamikasida 5 ta siklni ajratadi,
ulardan to‗rttasi industriya davriga, oxirgi 5-undan keyingi, ya‘ni
postindustrial davrga to‗g‗ri keladi. Bu davrda elektronika, lazerlar
texnologiyasi, biotexnologiyalar ustuvor ahamiyatga ega. Xuddi shunga
o‗xshash hududiy –iqtisodiy rivojlanishning ketma-ketligini kuzatish
mumkin. Bu o‗rinda I.Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi bosqichlari va
bunda buyuk tarixiy daryolarning roli haqidagi asarini ham e‘tibordan
chetga qoldirmaslik kerak. Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida
daryo, O‗rta dengiz va okean sivilizatsiyalarini ajratadi. Ular bir vaqtning
o‗zida emas, balki turli davrlarda, birining o‗rnini ikkinchisini olishi bilan
yuzaga kelgan.
Darhaqiqat, jahon taraqqiyoti Uzoq Sharq, Yaponiya va Xitoydan
boshlanib, O‗rta va Yaqin Sharqqa, undan O‗rta dengiz va Pireney yarim
oroliga, ulardan Angliya va nihoyat Amerikaga (AQSH)ga ko‗chdi.
Hozirgi davrda tarixni, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni rivojlantiruvchi
mintaqalar «uchburchagi», ya‘ni AQSH-G‗arbiy Evropa-Yaponiya
hisoblanadi. Ayni vaqtda , yetakchi kuchning asta-sekin yana sharqqa
ko‗chishi alomatlari sezilmoqda. Ayni vaqtda buni Yaponiya ta‘siri va
boshchiligida yangi industrial mamlakatlar –janubiy Koreya, Singapur,
Tayland, Malayziya, Indoneziya jadal sur‘atlar bilan rivojlanishida
ko‗ramiz. Demak, bizning nazarimizda, iqtisodiy taraqqiyotning sikl
xususiyatiga ega ekanligi faqat davr, vaqt doirasidagina emas, balki Yer
52
shari, global geografik makonda ham sodir bo‗lmoqda. Bu esa albatta jahon
xo‗jaligining rivojlanish va uning hududiy tarkibiga ta‘sir qiladi.
Shu bilan birga mintaqa iqtisodchilari, iqtisodiy geograflar V.Leontev
va U.Izardlarning tarmoqlararo va hududlararo balansi hamda mintaqaviy
iqtisodiyot fani to‗g‗risidagi ilmiy g‗oyalarini, Zipfa va Styuart,
Dj.Fridman kabilarning shaharlar rivojlanishi, boshqa olimlarning
«dunyoviy shaharlar» haqidagi yangi ishlarini ham bilishlari lozim. Zero
ularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bevosita
bog‗liq.
Biz yuqorida ishlab chiqarishni joylashtirishning ilmiy g‗oyalarini
asoan g‗arb olimlari asarlari bo‗yicha talqin qildik. O‗z-o‗zidan savol
tug‗ilishi tabiiy: nahotki uzoq tarixga, madaniyatga ega bo‗lgan
o‗zimizning yurtimizda bunday ishlar qilinmagan bo‗lsa shubha yo‗q,
albatta bu borada ham o‗lkamiz katta va boy merosga ega. Muammo faqat
ularni tarixiy manbalardan qidirib topish, o‗rganish, targ‗ib va tashfiqot
qilish, amalga tatbiq qilishdan iborat bo‗lmog‗i lozim. Masalan, bu erda,
xususan
dehqonchilikni
rivojlantirish
va
joylashtirish,
sug‗orish
inshootlarni qurish va foydalanish, savdo va hunarmandchilik sohalari,
shaharsozlik to‗g‗risida dunyo ahamiyatiga molik ixtirolar yaratilgani sir
emas. Matematika, tibbiyot va boshqa fanlar tug‗ilgan bu Zamin ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning boshqa sohalariga, jahon madaniyati va tarixiga ham
o‗zining munosib hissasini qo‗shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |