A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Xom ashyo omili
. Ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo 
ko‗proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin 
joylashtiriladi. 
Xom 
ashyoga 
asoslangan 
sanoat 
tarmoqlarining 
geografiyasini o‗rganish eng avvalo, mamlakat tabiiy sharoiti va 
boyliklarini bilishni talab etadi. 
Yoqilg‗i-omili
.
Issiqlik 
elektr 
stantsiyalari 
qora 
metallurgiya 
sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol o‗ynaydi. Ammo 
uning ta‘siri har doim yetakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft va uning 
mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini 
qurishga taalluqli bo‗ladi. 
Elektroenergiya omili.
Bu sohaning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u 
yaratgan mahsulot - elektr quvvatini jamg‗arib, omborxonalarda yig‗ib 
bo‗lmaydi, undan ayni paytning o‗zida foydalanish kerak. Bundan tashqari 
elektr quvvati yuqori kuchlanishli bo‗lib, tarmoqlar orqali uzoq 
masofalarga berilishi mumkin. Xuddu shu maqsadda yirik ko‗mir 
havzalarida yirik yoqilg‗i energetika majmualari barpo etilgan. Odatda, 
elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng 
avvalo, uning arzon turiga ustunlik beriladi. Arzon elektr quvvati 
gidroelektro-stantsiyalaridan olinadi, chunki bunda suv keyin ham 
suvligicha qolaveradi, yoqilg‗i elektr stantsiyalarida esa ko‗mir, mazut yoki 
tabiiy gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish 
kifoya: 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun 40-50 ming kvt-s, shuncha 
alyuminiy ishlab chiqarish uchun 17-19 ming kvt-s, misni tozalash, temir 
qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po‗lat eritish uchun 
ularning har bir tonnasiga 8-10 min kvt-s atrofida elektr quvvati sarflanadi. 
Tabiiyki, bunday korxonalarning arzon elektr quvvati manbalariga yaqin 
joyda qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗ladi. Demak, elektr 
quvvati bir qator sanoat korxonalarini o‗z atrofiga omil sifatida «yig‗ar» 
ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga ega. 
Suv va iqlim 
sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda 
katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa kimyo, yog‗och-selyo‗lyuza, 
metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiladi. 


56
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham 
e‘tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati qishloq xo‗jaligi uchun muhim 
hisoblanadi. 
Chunonchi, 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
an‘anaviy 
dehqonchilik issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun‘iy sug‗orish 
asosida olib boriladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish