53
Ishlab chiqarishni joylashtirish ma‘lum qonuniyat,
printsip va omillar
asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o‗zaro
aloqadorligi, ishlab chiqdrish korxona va tarmoqdarining ma‘lum hududiy
va
texnologik
majmua
shaklida
tashkil
etilishi, bu tarmoqlar
rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor
iqtisodiyotiga o‗tish davrini o‗zining qonuniyatlari mavjud. Ishlab
chiqarishga nisbatan iste‘mol, taklifga ko‗ra talabning ustunligi, erkin
raqobat,
ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular
jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy
makonning shakllanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuningdek, bu davrda vaqt va mablag‗dan unumli foydalanish,
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlovchi sohalarni jadalroq
rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslarini ishga solish, mintaqalararo
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish
ham katta ahamiyat kasb
etadi. Albatta, bu borada ishlab chiqarishni hom ashyo bazasiga, elektr
manbai va iste‘mol rayonlariga yaqinlashtirish printsipi o‗z kuchini saqlab
qoladi. Biroq unutmaslik lozimki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini bir
vaqtning o‗zida ham xom ashyo, ham ishchi kuchi, ham iste‘mol rayoniga
yaqinlashtirish qiyin (yo unisi, yoki bunisiga yaqinlashtirish mumkin,
ammo hammasiga emas!). Binobarin, bu tamoyilni har xil tarmoqqa
nisbatan aniq qo‗llash talab qilinadi.
Tabiiyki, iqtisodiyot tarmoqlari hamda mintaqalarning rivojlanishi turli
xil omil va sharoitlarga ham bog‗lik bo‗ladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini
joylashtirishda xom ashyo, yoqilg‗i,
elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste‘mol va
transport, iqtisodiy geografik o‗rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti
omillarining bu boradagi roli ham oshib bormoqda.
Ko‗rinib turibdiki, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta‘sir
etuvchi omillar juda ko‗p. Modomiki bu omillar ko‗p ekan, demak:
• ularning ta‘sir darajasi har xil bo‗ladi;
• bu omillarni guruhlash talab etiladi;
• omillar va ishlab chiqarishni joylashtirishni o‗rganishda kompleks
(ya‘ni har tomonlama) yondoshuv zarur.
U yoki bu omilning ta‘sir darajasi uning mahsulot chiqarishdagi
«solishtirma og‗irligi» bilan o‗lchanadi yoki uning
mahsulot birligi bilan
nisbati hisobga olinadi. Albatga, jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika rivoji va
54
boshqa sabablar tufayli omillarni ta‘sirchanligi O‗zgarib boradi.
Chunonchi, agar ilgari tabiiy sharoit, xom ashyo, ishchi kuchi kabilarning
ahamiyati katta bo‗lgan bo‗lsa, hozir ilmiy-texnika taraqqiyoti, ekologiya,
bozor, iste‘molining kuchayishi va turlanishi muhimroq bo‗lib
qolmoqda,
ishlab chiqarish ko‗proq mablag‗ talab va ilmtalab bo‗lib bormokda.
Shu bilan birga ma‘lum omilning ta‘sirchanligi, ya‘ni uning ko‗p
sarflanishi asta-sekin kamaytirilib boriladi. Masalan, mahsulot birligiga
nisbatan sarflanadigan xom ashyo, yoqilg‗i, elektr quvvati, ishchi kuchi va
boshqalar muntazam ravishda tejaladi. Bu esa ishlab chiqarish
samaradorligining oshib borishiga olib keladi.
Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, «ko‗p sarflanadi» degan so‗z o‗z-o‗zidan
isrofgarchilikni va binobarin, atrof-muhit ekologiyasiga ham salbiy ta‘sirni
anglatadi. Jumladan, hom ashyo ko‗p sarflanadigan yoki «suv talab»
korxonalarda shunga mos ravishda xom ashyoni to‗la ishlatilmasligi, uning
chiqindiga ketishi, suvning ifloslanishi kabi holatlar yuz beradi. Demak, bu
borada tejamkorlik ham iqtisodiy, ham ekologik ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar,
omillardan kelib chiqiladi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda
hamma omil emas, ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol
o‗ynaydi. Buning uchun yaratiladigan
mahsulot birligiga, masalan, suv
yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini aniqlash
talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, «kasr maxrajida» mahsulot birligi,
uning suratida esa alohida-alohida omillar (masalan, 1 tonna shakar olish
uchun xom ashyo, ya‘ni qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki
mehnat sarflanadi va hq) turadi. Qaysi omil bo‗yicha yirik son chiqsa,
uning ahamiyati shuncha yuqori bo‗ladi va u qo‗rilayotgan ishlab chiqarish
tarmog‗ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o‗taydi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg‗i,
elektr energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste‘mol
va transport,
iqtisodiy-geografik o‗rin kabi omillar e‘tiborga olinadi. Shuningdek,
ekologiya, ITT va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati
ham oshib bormoqda.
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga
birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta‘sirchanligi jamiyat
rivojlanishi bilan o‗zgarib turadi. Ayni paytda ijtimoiy va ekologik omillar
ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti munosabatlari
asosida tashkil etishda
ustuvor o‗ringa ega bo‗lmoqda.
55
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar
hisobga olinishi zarur, lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda
barcha omillar emas, balki ulardan ayrimlarigina yetakchi rol o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: