A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-MAVZU. O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA‘MURIY-



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

3-MAVZU. O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA‘MURIY-
HUDUDIY TUZILISHI VA ULARNING MINTAQAVIY 
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI 
Reja: 
3.1.O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy hududiy tuzilishi 
3.2. Davlat shakli tushunchasi, uning tarkibiy qismlari 
3.3. Davlat tuzilishi va uning shakllari 
3.4. Mamlakatda ma‘muriy hududiy bo‗linish masalalarini 
huquqiy asoslari 
3.5. Aholi punktlariga shahar maqomini berishning qonuniy 
masalalari va shahar aglomeratsiyasi 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
davlat shakli, monorxiya, boshqaruv 
shakli, respublika, prezidentlik respublikasi, aralash respublika, oddiy – 
unitar hamda murakkab – federativ va konfederativ davlat, davlatlararo 
birlashmalar, shaxsiy uniya, hamdo‗stlik, murakkab davlat, protektor, 
uyushgan 
davlat, 
shaharsozlik, 
aholi 
punktlari,
 
urbanizatsiya, 
aglomeratsiya, bir markazli model, ko‗p markazli model, chiziqli 
submodel, tarqoq submodel, hududiy rivojlanish, mintaqa, aholi 
manzilgohi, yo‗ldosh shahar. 
3.1. O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy hududiy tuzilishi 
O‗zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan bo‗lib, mintaqadagi boshqa 
davlatlar orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat 
hududi o‗ziga xos past-tekislik va tog‗ relefini o‗z ichiga oladi. 
O‗zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) 
pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. 
Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‗ 
(mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643 m) tizmalari joylashgan. 
O‗zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho‗llaridan biri — 
Qizilqum yastanib yotadi. 
Respublika hududining 1/5 qismini tog‗ va tog‗ oldi hududlar tashkil 
etadi. Sharqiy hududi o‗rta va baland tog‗li relefdan iborat. Mamlakat 
hududi G‗arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog‗ 
tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo‗hitangtog‗ va 
Boysuntog‗ tog‗ tizmasi) tog‗ tizmalari yonbag‗rini o‗z ichiga oladi. 


66
Janubdan g‗arbga tomon ular qiyalab boradi va past-tekislikka qo‗shilib 
ketadi. Ushbu tog‗lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon 
va Samarqand vohalari joylashgan. Bularning eng kattasi hisoblangan 
Farg‗ona vodiysi - uzunligi 370 kilometr, kengligi 190 kilometrga etadi. U 
uch tomondan baland tog‗ bilan o‗ralgan va faqat g‗arb tomoni tekislikdir. 
Afg‗oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida joylashgan 
bo‗lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika 
hududi sharqdan g‗arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 
km ni tashkil etadi. 
Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog‗iston, sharqda va 
janubiy-sharqda Qirg‗iziston va Tojikiston, g‗arbda Turkmaniston, janubda 
esa Afg‗oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg‗oniston 
bilan uzunligi — 137 km., Qozog‗iston — 2.203 km., Qirg‗iziston — 
1.099 km., Tojikiston — 1.161 km. va Turkmaniston bilan — 1.621 km. 
Mustaqil davlatimizning ravnaq topishi siyosiy va iqtisodiy jihatdan 
yuksala borishi, milliy iqtisodiyot, davlat qurilishi borasida rahbarlik va 
boshqarish tizimini nazariy va amaliy jihatdan tug‗ri tashkil qilishda 
mamlakat ma‘mypiy hududiy tuzilishini oqilona belgilash katta ahamiyatga 
ega. Shuningdek, u davlat va ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, moliya, 
soliq kabi qator tizimlar faoliyatini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy 
aloqalarni hududlar doirasida ijobiy tarzda rivojlantirish masalalarini 
to‗g‗ri hal etishda ham katta o‗rin tutadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida shunday 
deyilgan: «Ma‘muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‗li bilan 
tartibga solish, O‗zbekiston Respublikasining chegaralarini o‗zgartirish 
O‗zbekiston Oliy Majlisining mutloq vakolatlari jumlasiga kiradi». 
Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga 
o‗tish jadallashib borayotgan hozirgi davrda Respublikamiz oldida 
iqtisodiy, ilmiy, madaniy jihatdan rivojlanishning zarur imkoniyatlari 
mavjud. Bu, eng avvalo, Respublika aholi sonining ko‗paya borayotganligi, 
zarur mehnat resurslarining borligi, tabiiy sharoitning qulayligi, xilma-xil 
tabiiy boyliklar ko‗pligi bilan ifodalanadi. 
Ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib oqilona tarzda amalga oshirilayotgan 
ma‘muriy-hududiy tuzilish mamlakat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy 
maqsad hamda vazifalarni bajarishga o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatadi. 


67
Mamlakatimizning ma‘muriy-hududiy tuzilishi o‗z tarixiga ega. 
Mazkur masala borasida ishlab chiqilgan qonun va qoidalar, tartiblar bir 
necha marta qayta-qayta ko‗rib chiqildi, ular ayrim o‗zgartishlar, yangi 
fikr, mazmunlar bilan boyib bordi. 
Avvalgi 
davrda 
O‗zbekistonning ma‘muriy-hududiy tuzilishi 
masalalarida ayrim hollarda mutasaddi tashkilotlar tomonidan shoshma-
shosharlikka yo‗l qo‗yilgan, ilmiy jihatdan chuqur o‗ylab ko‗rilmagan va 
keng muhokamaga qo‗yilmagan masalalar ilgari surilar edi. Bu ayniqsa 
viloyatlarni tashkil qilish, ularni noo‗rin tugatish, bir viloyatni ikkinchi bir 
viloyatga qo‗shib yuborish, qisqa vaqt o‗tishi bilan o‗sha tugatilgan 
viloyatlarni yana qaytadan tiklash hollari uchrab turardi. Bu haqida 
quyidagi misollarni keltirish mumkin. 
1941 yil 6 martda tashkil topgan Namangan viloyati 1960 yil 25 
aprelda tugatilib, Andijon viloyatiga qo‗shib yuborildi. 1967 yil 18 
dekabrda esa u qayta tiklanadi. Qashqadaryo viloyati 1943 yil 20 yanvarda 
tuzilgan. U 1960 yil 20 yanvarda tutatilib, Surxondaryo viloyati bilan 
birlashtiriladi. 1964 yil 7 fevralda esa Qashqadaryo viloyati yana o‗z asliga 
qaytarildi. 
Qizilqum sahrosida suvsizlikdan qaqrab yotgan yerlarning ma‘lum 
qismini o‗zlashtirish va samara bilan ishga solish maqsadida 1982 yil 20 
aprelda tashkil topgan Navoiy viloyati ham shu yo‗lni bosib o‗tdi. Tashkil 
etilganidan bor yo‗g‗i 4 yil o‗tishi bilan, ya‘ni 1986 yilga kelib bu viloyat 
ham tugatilib Samaqand viloyati bilan qo‗shib yuborildi. Oradan yana to‗rt 
yil o‗tgandan so‗ng Navoiy viloyati 1998 yili qayta tiklandi. 
Bunday noo‗rin, mantiqqa to‗g‗ri kelmaydigan, ilmiy jihatdan 
asoslanmagan masalalarni tayyorlashda qanchadan-qancha kishi band 
bo‗ldi, katta mablag‗ behuda sarf etildi va eng asosiysi - aholi hayoti, uning 
kundalik turmushida uchrab turadigan qator masalalar murakkablashdi. Bu 
esa turli xil noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‗ldi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish