A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Davlatlararo 
birlashmalar. 
Davlatning 
hududiy 
tuzilishdan 
davlatlararo birlashma (tuzilma)ni farqlash kerak. Bunday birlashma 
davlatlarning shunday ittifoqini bildiradiki, uning doirasida umumdavlat 
yoki davlatlar ustida turuvchi organlar mavjud bo‗ladi. Lekin, ayni paytda, 
birlashadigan davlatlar o‗z suverenitetlarini saqlab qoladi. Shu mazmunda 
shaxsiy va real uniyalar, protektorat va uyushgan davlatlar, konfederatsiya, 
hamdo‗stlik va boshqa shakllarni ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Shaxsiy uniya — 
bu boshqaruv monarxik shakli oqibatida yuzaga 
keladigan davlatlararo birlashishning eng oddiy tuzilishidir. U yo tasodifan 
to‗g‗ri kelib qolgan taxtning merosxo‗ri sifatida yoxud bir davlat tojdorlik 
huquqini boshqa davlatga topshirishi tufayli monarx boshqa davlat tojini 
egallash huquqiga ega bo‗lganda yuzaga keladi. Bunda boshqa mamlakat 
monarxi 
davlat 
boshlig‗i 
bo‗lishi 
konstitutsiyaviy 
huquq 
bilan 
o‗rnatilmaydi. Natijada bir shaxsning o‗zi ayni paytda mutlaqo mustaqil 
davlat boshlig‗i lavozimini egallagan bo‗ladi. Shuning uchun ham shaxsiy 
uniya ikki davlatning yuridik ittifoqini anglatmaydi hamda umumdavlat 
organlarining tashkil etilishiga olib kelmaydi. Shu davlatlar taxtlarini 
boshqa shaxslar egallashi bilan u barham topadi. Shaxsiy uniyaga Polsha 
tojini qudratli Avgustga topshirish natijasida tashkil topgan Saksoniya bilan 
Polsha o‗rtasidagi uniya (1697-1763 yillar), shuningdek, Buyuk Britaniya 
bilan Gannover o‗rtasdagi uniya (1714-1837 yillar) misol bo‗la oladi. 
Bunday misollarni ko‗plab keltirish mumkin. 
Shaxsiy uniyaga qarama-qarshi o‗laroq 
real uniya
davlat boshlig‗i 
umumiy instituti – monarx va davlat hokimiyatining boshqa umumiy 
organlarini tashkil etish asosidagi davlatlarning huquqiy ittifoqini bildiradi. 
Real uniya doirasida ittifoq davlatlarining suvereniteti saqlanib qolishi 
mumkin. Shunday ittifoqqa Shvetsiya bilan Norvegiya uniyasi (1814-1905 
yillar)ni misol qilib keltirish mumkin bo‗ladi. Bu erda umumiy monarxdan 
tashqari faqat tashqi aloqalar organlari umumiy bo‗lgan. Aksincha, 
Avstriya-Vengriya uniyasi (1867-1918 yillar)da imperatordan tashqari 
tashqi siyosat idorasi, moliya va Qurolli Kuchlar umumiy edi. 


78

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish