Hamdo‗stlik
deyilganda, odatda, Millatlar hamdo‗stligi (ilgarigi
Britaniya millatlar hamdo‗stligi) tushuniladi. Bu — tarkibiga Buyuk
Britaniya va uning sobiq mustamlakalari bo‗lgan suveren davlatlar kirgan
ittifoq davlatlari konstitutsiyalarida o‗z ifodasini topgan xalqaro-huquqiy
ittifoqdir. Dastlab Hamdo‗stlik printsipi quyidagilardan iborat bo‗lgandi:
Britaniya monarxi Hamdo‗stlik barcha a‘zolari uchun nominal davlat
boshlig‗i hisoblanadi, har bir mamlakatda uning tomonidan tayinlangan
bosh gubernator vakillik qiladi. Biroq hozir umumiy davlat boshlig‗i
instituti Hamdo‗stlikning atigi bir nechta mamlakatida e‘tirof etiladi va u
faqat rasmiyatchilik xususiyatiga ega.
Mustaqil
Davlatlar
Hamdo‗stligi
(MDH)
qisman
millatlar
hamdo‗stligini eslatadi. MDH sobiq ittifoq tarqalib ketgandan keyin tashkil
topgan. Biroq Rossiya davlati boshlig‗i MDH mamlakatlarida nomiga
bo‗lsa-da, davlat rahbari hisoblanmaydi, balki faqat MDH davlatlari
boshliqlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi organning rahbari etib saylanadi.
Protektorat
bir davlat amalda o‗ziga qaram bo‗lgan davlatga tashqi
siyosiy va harbiy homiylik qilishiga asoslangan davlatlararo huquqiy
ittifoqdir. Ichki siyosatda homiylikdagi davlat muayyan ma‘nodagi
mustaqillikka ega bo‗ladi. Bunda homiylik qiluvchi davlatning tegishli
organlari ayni paytning o‗zida himoyadagi davlat vakolatlarini ham
o‗zlashtirib oladi. Protektorat sobiq mustamlakalar va ularning
metropoliyalari o‗rtasidagi munosabatlarning dastlabki bosqichida mavjud
bo‗lishi mumkin.
Uyushgan davlatlar
shaklida yuzaga kelgan davlatlararo munosabatlar
protektorat munosabatlariga o‗xshab ketadi. Chunonchi, Puerto-Riko
«asosiy» davlat — AQSH bilan uyushgan davlat hisoblanadi. Yuridik
jihatdan bunday davlatlar faqat tashqi siyosatlarinigina «asosiy» davlat
bilan kelishib olishlari kerak. Bu ularning tashqi suverenitetini rasmiyat
nuqtai nazaridan cheklaydi. Lekin ular amalda ichki siyosatda ham,
iqtisodiyotda ham «asosiy» davlatga qaramdir.
Bundan tashqari, tantanali ravishda e‘lon qilingan federatsiya aslida
unitar davlat bo‗lib chiqqan holatlar ma‘lum. «Sovet xalqi milliy
sotsialistik davlatchiligining oliy shakli» hisoblangan sobiq ittifoq
federatsiyasi xuddi shunday bo‗lgandi.
Ittifoqdosh respublikalar SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlangan
ixtiyoriy birlashuv asosida yagona ittifoq davlati sifatida SSSRga kiradilar,
deb hisoblanardi. SSR Ittifoqini tuzish haqidagi shartnoma (1922 yil) bu
79
birlashuvning huquqiy asosi bo‗lgandi. Biroq bu faqat qog‗ozdagina
shunday, ya‘ni huquqshunoslar tili bilan aytganda, de jure bo‗lib, amaldagi
siyosat de facto markazdan turib amalga oshirilishi davom etavergan.
Shunga o‗xshash holatni Rossiyada hozir ham kuzatish mumkin.
Chunonchi, bu erda ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarini saylash – shahar va
viloyatlar ma‘muriyatlari boshliqlarini mamlakat prezidenti tomonidan
tayinlanishi bilan qo‗shib olib boriladi. Lekin joylardagi oliy mansabdor
shaxslarni poytaxtdan turib tayinlash va ularning vakolatlarini belgilab
berish federatsiya emas, unitar davlatning belgisidir. Bunda oldingi
xatolarining ham ta‘siri katta. Aytaylik, davlat-hududiy chegaralanishi
davrida sobiq ittifoq millatlar manfaatlari mutlaqo hisobga olinmagandi.
O‗sha vaqtlarda boshqacha bo‗lishi ham mumkin emasdi. Zero, millat,
millatga mansublik qandaydir ikkinchi darajali, asta-sekin barham topib
ketadigan tushuncha deb qaralardi. Faqat birgina «millat» — yagona sho‗ro
xalqigina yashashga haqli edi.
Darhaqiqat, milliy g‗ururi so‗ndirilgan, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat
va qadriyatlari kamsitilgan, haq-huquqlari, izzat-nafsi yerga urilib ruhan
ezilib, umidsizlikka tushgan xalq va millat mustamlakachilar o‗ljasi edi.
Mustabid sho‗ro tuzumi zamonida O‗zbekistonga nisbatan «mamlakat»
atamasi hech qachon ishlatilgan emas. O‗sha davrda kishilarni bevatanlikka
targ‗ib etuvchi, ona yurt, millat tushunchalarini ongdan, yurakdan butkul
chiqarib yuborishga qaratilgan makkorona siyosat olib borilgandi. Ayniqsa,
tarixni, milliy o‗zligimizni anglashga bo‗lgan har qanday intilish
g‗alamislik, millatchilik, feodal o‗tmishni qo‗msash, baynalmilallikning
ildiziga bolta urish sifatida baholanib, qattiq tayziqqa olingandi.
Qolaversa, mustabid sho‗ro tuzumi davrida millatchilik deb atalgan
hodisa aslida tub milliy qadriyatlarni, o‗ziga xos xususiyatlarni, an‘analarni
saqlab qolishga intilish bo‗lib, bu millatning ijtimoiy, ma‘naviy va tarixiy
rivojlanish subyekti sifatida o‗zini saqlab qolishga intilishdan iborat asosli
ehtiyoji edi. «Har qanday millat, u naqadar kichik bo‗lmasin –
insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy
va boshqa xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va
genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»
1
.
Biroq tarix hamma narsani joy-joyiga qo‗yishi yana bir bor o‗z isbotini
topdi: bunday davlat, to‗g‗rirog‗i, davlat tuzilishining bu shakli o‗limga
mahkum bo‗ldi.
80
Insoniyat uchun eng muhim saboqlardan biri shundan iboratki, davlat
tuzilishining har qanday shaklida ham markaz bilan hududiy joylar
o‗rtasida vakolatlar har qanday milliy-etnik mojarolarning kelib chiqish
ehtimolini qariyb yo‗q darajaga olib boradigan omillarni yaratish imkonini
beradigan tarzda taqsimlanishi darkor. Buni, albatta, yodda tutish lozim.
Jumladan, Chechenistondagi voqealar buning yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |