A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Aholi punktlariga shahar maqomini berishning qonuniy



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

3.5. Aholi punktlariga shahar maqomini berishning qonuniy 
masalalari va shahar aglomeratsiyasi 
Mamlakatimizda shahar maqomini berish «Shaharsozlik» kodeksi bilan 
tartibga solinadi. Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning 
asosi bo‗lib, ular O‗zbekiston Respublikasi va uning qismlari hududlarini 
rivojlantirish va qurishni rejalashtirish, binolar, inshootlar hamda boshqa 
obyektlarning loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruktsiyasi, binokorlik 
materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohalardagi normalar va 
qoidalarni belgilaydi. 
Aholi punktlari shaharlar, shahar posyolkalar va qishloq aholi 
punktlariga (qishloqlar, ovullar) bo‗linadi. 
Aholi soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo‗linadi: 
eng yirik aholi punkti
- aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan 
iborat; 
yirik aholi punkti
- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir 
milliongacha kishidan iborat; 
katta aholi punkti
- aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik 
minggacha kishidan iborat; 
o‗rtacha aholi punkti
- aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha 
kishidan iborat; 
kichik aholi punkti
- aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat. 
Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga 
bo‗linadi: 
yirik aholi punkti
- aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan 
iborat; 
katta aholi punkti
- aholisining soni uch mingdan besh minggacha 
kishidan iborat; 
o‗rtacha aholi punkti
- aholisining soni bir mingdan uch minggacha 
kishidan iborat; 
kichik aholi punkti
- aholisining soni bir minggacha kishidan iborat. 


84
Urbanizatsiya dunyo bo‗ylab jadal sur‘atlar bilan rivojlanib borayotgan 
jarayon bo‗lib, uni harakatlantirayotgan kuch mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan yuksalayotganligidir. Yer yuzida shaharlar va ular 
aholisining soni o‗sib, maydoni kengayib bormoqda. Turli miqyosdagi 
shaharlarning 
mamlakatlar 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishidagi 
ahamiyatining kundan-kunga ortib borayotganligi ham sir emas. Shaharlar
nafaqat kengaymoqda, balki ularning o‗z atrofidagi boshqa shaharlar bilan 
integratsiyalashuvi kuchayib, o‗zaro aloqadorlikda rivojlanuvchi aholi 
manzilgohlari guruhlari paydo bo‗lmoqda. Bu holat aglomeratsiyalarni 
vujudga keltiradi.
Shaharlar aglomeratsiyalari murakkab tuzilishga va hududlarning 
iqtisodiy rivojlanishiga katta ta‘sir kuchiga ega. Shu sababli, urbanizatsiya 
jarayonining 
jadallashib 
borayotganligi 
aglomeratsiya 
hodisasini 
o‗rganishni taqozo etadi. Aglomeratsiya katta miqdordagi aholi istiqomat 
qiluvchi yirik hududlarni kompleks ravishda o‗zlashtirish usullaridan biri 
bo‗lganligi sababli, hozirgi kunda geosiyosiy ta‘sir markazlarini 
shakllantirishning muhim dastaklaridan biriga ham aylanib ulgurgan. 
Ushbu jarayonni o‗rganishga bo‗lgan qiziqishning ortishiga yana bir sabab 
dunyoning ko‗pchilik mamlakatlarida iqtisodiy o‗sish va rivojlanish 
ko‗rsatkichlari barqarorligining pasayib borishidir. Hududiy rivojlanishning 
samarali modellarini amaliyotga joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning 
barqarorligini oshirish vositalaridan biri hisoblanadi.
Umuman olganda, hududiy rivojlanishni ta‘minlash masalasi barcha 
mamlakatlar, xususan, O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ham 
asosiy yunalishlaridan biridir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga muvofiq tasdiqlangan 
«2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‗yicha «Harakatlar strategiyasi»ning asosiy ustuvor yo‗nalishlaridan biri 
viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish etib 
belgilangan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 
olib borilayotgan mintaqaviy siyosat hududiy muvozanatlilikni ta‘minlash, 
urbanizatsiyalashuv va hududlararo integratsiyalashuvni jadallashtirish 
yo‗li bilan mintaqalar iqtisodiyotining kompleks rivojlanishiga erishishga 
qaratilgan. Bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan to‗g‗ri tashkil 
etishning naqadar dolzarb masala ekanligining isbotidir.


85
Inson hayot kechirishi uchun qulay makon yaratish usuli sifatida 
aglomeratsiya murakkab va fanlararo tushuncha bo‗lib, iqtisodiyot, 
arxitektura, qurilish, sotsiologiya, psixologiya, madaniyat va boshqa 
sohalarga oid bilimlarni talab qiladi. Shu sababli, zamonaviy fanda 
«aglomeratsiya» tushunchasining umume‘tirof etilgan ta‘rifi mavjud emas. 
Aglomeratsiyaning normativ-huquqiy hujjatlarda ham ta‘rifi keltirilmagan. 
Bu masaladagi munozara hanuz davom etmoqda. Dunyo olimlari 
aglomeratsiyaning modellari, ularning afzallik va kamchiliklari, ijobiy va 
salbiy oqibatlari xususida hamon bahs olib bormoqdalar, Shundan kelib 
chiqib, ushbu munozaralardagi ayrim muammoli savollar ustida 
to‗xtalishga qaror qildik.
Aglomeratsiya (lot. agglomerare - birlashtirmoq, to‗plamoq) yaqin 
hududdagi shaharlarning o‗zaro «tortilishi», hudud aholisining mehnat va 
turmush jarayonlaridagi aloqadorligining ortishi hisobidan vujudga kelgan 
hodisadir. O‗zbekiston Milliy Entseklopediyasida keltirilgan ta‘rifga ko‗ra, 
aglomeratsiya - bu aholi manzilgohlari, asosan shaharlar, shuningdek 
qishloqlarning intensiv ho‗jalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda 
rekreatsion aloqalar bilan bog‗lanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt 
hududli guruhidir
19
. Rus geograf olimi A.N.Lola ushbu atamaga «ishlab 
chiqarish, mehnat, madaniy maishiy, rekreatsion va boshqa sohalarda 
o‗zaro aloqador bo‗lgan shahar, qishloq va dala hovlilar joylashgan 
manzilgohlarning hamda landshaftlarning bir butun tizimidir» deb ta‘rif 
bergan
20
. Rus mintaqashunos olimi V.N.Petrov esa aglomeratsiyalarga «bir 
hududda to‗plangan shahar va boshqa aholi manzilgohlarining to‗planishi 
bo‗lib, ular o‗sish jarayonida o‗zaro yaqinlashadilar va ular orasida 
xo‗jalik, mehnat va madaniy-maishiy aloqalar kuchayib boradi» deb ta‘rif 
bergan.
Xulosa o‗rnida, aglomeratsiya murakkab hududiy dinamik tizim bo‗lib, 
uning elementlari ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy va xo‗jalik 
aloqalarida, shuningdek infratuzilma va resurs salohiyatidan foydalanishda 
bir butunlikda namoyon bo‗ladi. Bu bir butunlik hududda mujassamlashgan 
resurslardan 
yanada 
samaraliroq 
foydalanish 
imkonini 
beradi. 
Aglomeratsiyalarning hosil bo‗lishi sanoatning hamda urbanizatsiya 
jarayonining rivojlanishi bilan bog‗liq. Boshqa tomondan, aksariyat 
19
O‗zbekiston Milliy Entsiklopediyasi, A-harfi. T.:Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. Б.149. 
20
Lola A.M. Osnovo gradovedeniya i teorii goroda. M.: Izd- vo:«KomKniga », 2005. Sтr.202. 


86
hollarda 
shaharlar 
sonining 
ko‗pligi, 
yirik 
shahar 
va 
shahar 
aglomeratsiyalarining mavjudligi hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining 
yuqoriligini ko‗rsatadi
21
. Demak, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, 
urbanizatsiya va aglomeratsiya tushunchalari doimo yonma-yon yuradi va 
biri ikkinchisini taqozo etadi. Aglomeratsiyalar dunyoning barcha 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida shakllangan. Bombey 
(Hindiston) shahar aglomeratsiyasida 20 million, Rio-de Janeyroda 
(Braziliya) 12 million, Myunxen (Germaniya) aglomeratsiyasida esa 2 
million aholi istiqomat qiladi. O‗zbekiston Respublikasi mintaqalarida ham 
o‗nlab aglomeratsiyalar mavjud. Ular orasida eng yiriklari Toshkent, 
Samarqand, Farg‗ona-Marg‗ilon, Andijon, Namangan aglomeratsiyalaridir. 
Masalan, Toshkent aglomeratsiyasi aholisi soni bugungi kunga kelib 4 
milliondan oshib ketdi. Bu mamlakatdagi eng yirik aglomeratsiya bo‗lib, 
ishlab chiqarish salohiyati ham eng yuqoridir. Aglomeratsiyalarni 
aniqlashning umume‘tirof etilgan yagona usuli mavjud emas. Jahon 
amaliyotida asosiy ko‗rsatkich sifatida aglomeratsiya markazining aholisi 
soni (100 mingdan kam emas), shahar atrofidan shaharga etib olish uchun 
sarflanadigan vaqt (1,5 soatdan 2 soatgacha), aglomeratsiya zonasi aholi 
manzilgohlarining soni (kamida 3 ta), yo‗ldosh shaharlar aholisi soni (50 
ming kishidan kam emas), aglomeratsiya aholisining soni (kamida 110 
ming kishi), shahar aholisining 
ulushi (kamida 10 foiz) va 
aglomeratsiyaning yetuklik koeffitsienti kabilardan foydalaniladi. Rus 
olimi P.M.Polyan tomonidan taklif etilgan aglomeratsiyaning yyetuklik 
darajasini aniqlash formulasi quyidagi shaklga ega:

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish