K
etuk
— R
x
(M
x
m Q N
x
n)
Bu erda:
K
etuk
- aglomeratsiyaning yyetuklik koeffitsienti;
R - aglomeratsiyaning shahar aholisi soni;
M va N - mos ravishda, shaharlar va shaharchalar soni;
m va n - ularning aglomeratsiya shahar aholisi sonidagi ulushi.
Formula muallifining fikriga ko‗ra, aglomeratsiyaning shakllanganlik
mezoni K ning 1 ga teng bo‗lgan holatidir
22
. XXI asrda hududlarning
rivojlanishini mintaqashunos olimlar asosli ravishda oqilona amalga
oshirilgan mintaqaviy siyosat bilan bog‗laydilar. Bunday mintaqaviy
21
A.Soliev. O‗zbekiston geografiyasi (O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi). T.: ―Universitet‖, 2014. Б.26.
22
Lappo G., Polyan P., Selivanova T. Administrativno territorialnoe preobrazovaniya i razvitie aglomeratsiy. M.:
Izdvo:«KomKniga», 2011. Sтr.123.
87
siyosat aglomeratsiyalar doirasida aholi uchun qulay turmush va mehnat
sharoitlari yaratib berilishini nazarda tutadi. Aglomeratsiya hududiy
rivojlanish nazariyasida yangi tushuncha bo‗lmasada, ilm-fan taraqqiyoti
bilan uning yangidan-yangi qirralari ochilmokda, zamonaviy modellari
yaratilmoqda. Ushbu modellar mintaqashunos olimlarning aholi turmush
darajasi, shaharsozlik siyosati, hududiy rejalashtirish va sanoatning
rivojlanishi borasidagi tasavvurlarini ro‗yobga chiqarish imkonini beradi.
Aglomeratsiyalarning makondagi rivojlanishining bir qator modellarini
ajratib ko‗rsatish mumkin:
• Bir markazli;
• Ko‗p markazli;
• Tarqoq;
• Chiziqli.
Bir markazli model «markaz-yo‗ldosh shaharlar» tizimi shaklida
bo‗lib, rivojlanish jarayoni markazda jadal kechadi. Bu model ilk bor
Kristallerning markaziy o‗rinlar nazariyasida asoslab berilgan. Bunda
markaziy shahar yetakchi bo‗lib, yo‗ldosh shaharlarni muhim xizmatlar
bilan ta‘minlaydi. Modelning afzalligi shundaki, aglomeratsiya doirasida
resurslarning mujassamlashuvini ta‘minlash va ularni mahalliy hududlar
rivojiga yo‗naltirish mumkin. Bunda kichik turur-joy va sanoat zonalari,
transport va infratuzilmaning samarali tarmoqlari barpo etilishini kuzatish
mumkin. Modelning kamchiligi shundaki, dolzarbligini yo‗qotgan yo‗ldosh
shaharlar resurslarning boshqa hududlarga «oqib» chiqib ketishi natijasida
rivojlanmay qoladi. Bu modelda aholi manzilgohlarining notekis
rivojlanishi natijasida mahalliy mehnat migratsiyasi kuchayadi. Model
ko‗proq rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan O‗zbekistonga ham xosdir
(Buxoro,
Samarqand,
Navoiy,
Qo‗qon
va
boshqa
shaharlar
aglomeratsiyalari).
Ko‗p markazli (tarmoqli) modelda aglomeratsiya tarkibidagi qo‗shni
shaharlar teng huquqli bo‗lib, barcha masalalarda bir-birini to‗ldirib
turadilar va mintaqaviy hamkorlikda rivojlanadilar. Bunda har biri biror
tarmoqqa ixtisoslashgan mustaqil markazlar tarmog‗i shakllanadi.
Gorizontal mehnat taqsimotining rivojlanishi natijasida uncha katta
bo‗lmagan migratsion yo‗qotishlar bo‗lishi mumkin. O‗zbekistonda ushbu
model asosida Angren-Olmaliq, Farg‗ona-Marg‗ilon kabi shaharlar
aglomeratsiyalari rivojlanmoqda. Masalan, Angren-Olmaliq shahar
aglomeratsiyasida markaz shaharlarning biri yoqilg‗i-energetika (Angren),
88
boshqasi rangli metallurgiya (Olmaliq) tarmog‗iga ixtisoslashgan. Ushbu
shaharlar va ularga yondosh boshqa aholi manzilgohlari orasida ishlab
chiqarish kooperatsiyasi, mehnat munosabatlari, xususan, mayatnikli
migratsiya va savdo aloqalari yaxshi rivojlangan.
Tarqoq va chiziqli aglomeratsiya modellarini tadbiq qilish biroz
munozarali masala hisoblanadi. Tarqoq model aholini tovar va xizmatlar
bilan ta‘minlovchi markazlarning aglomeratsiya hududi bo‗ylab bir tekisda
taqsimlanishini nazarda tutadi. Bu model qishloq aholi manzilgohlarini
joylashtirish uchun qulay bo‗lib, qishloqlar yoki fermalarning bunday
tarqoq
joylashuvi
AQSH,
Kanada,
Avstraliya
va
Boltiqbo‗yi
mamlakatlariga xos. Chiziqli modelda aholi manzilgohlari transport
magistrallari bo‗ylab o‗ziga xos «nur»lar hosil qilgan holda joylashadilar.
Bunda aholi manzilgohlarining o‗zaro emas, markaz bilan aloqalari yaxshi
rivojlangan.
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, aglomeratsiyalar tarkibiy
tuzilishining ikki modeli mavjud: bir markazli va ko‗p markazli. Tarqoq va
chiziqli submodellar alohida model hisoblanmay, yuqoridagi modellar
tarkibida uchraydi. Aglomeratsiyaning qaysi model asosida rivojlanishi
uning tarkibidagi shahar va qishloq aholi manzilgohlarining joylashuvi,
hududiy mehnat taqsimotidagi o‗rni va ixtisoslashuvi hamda o‗zaro
aloqalarning mazmunidan kelib chiqadi. Aglomeratsiyalarning rivojlanishi
ham ijobiy, ham salbiy natijalarga olib keladi. Hududning aglomeratsiya
shaklida rivojlanishining ijobiy jihatlariga yuqori malakali kadrlarni jalb
qilish uchun qulay sharoit yaratilishi, aholi turmush darajasining o‗sishi
kabilarni kirg‗izish mumkin Salbiy jihatlari sifatida aholi migratsiyasi
natijasida ba‘zi aholi manzilgohlarining bo‗shab, rivojlanmay qolishi va
mahalliy boshqaruvning susayishini e‘tirof etish mumkin. Shuni ta‘kidlash
lozimki,
bugungi
kunda
aglomeratsiyalarning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini ta‘minlash va hududiy boshqaruvni samarali tashkil etish
jihatidan ko‗p markazli model ancha qulay. O‗zbekistonda ham bir
markazli aglomeratsiyalarning ulushi ancha yuqori. Ularning ko‗pchiligida
yo‗ldosh shaharlar iqtisodiyotini yuksaltirish imkoniyatlari mavjud.
Masalan, Andijon aglomeratsiyasi tarkibidagi Andijon-Asaka-Shahrixon
uchburchagi ancha yaxshi shakllangan bo‗lib, Asaka va Shahrixon
shaharlarining rivojlanishiga biroz turtki berilsa, aglomeratsiyaning
Farg‗ona mintaqasi iqtisodiyotidagi ahamiyati yanada ortishiga erishiladi.
Bu taklifni Samarqand, Kattaqo‗rg‗on va Jomboy shaharlariga nisbatan
89
ham qo‗llash mumkin. Shu o‗rinda modelning bir kamchiligini ham
ta‘kidlab o‗tish lozim: ko‗p markazli aglomeratsiyalarning faoliyatini
tashkil etishda infratuzilmani barpo etish xarajatlari ancha yuqori bo‗ladi.
Shunga qaramay, ushbu model hududda ishlab chiqarish korxonalari va
infratuzilma obyektlarini oqilona va qulay joylashtirish, insonlarning
mehnat qilishi, yashashi va dam olishi uchun munosib sharoit yaratish yo‗li
bilan aholi turmush darajasi o‗sishini ta‘minlash imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |